O’.I.B.D.O’._____________________________
Sana:__________________ Sinf:________
Mavzu: Qushlarning ichki tuzulishi va sezgi organlari. 49 §
Darsning maqsadi:
a) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda estetik didni oshirish
b) ta`limiy maqsad: Qushlarning ichki tuzulishi va sezgi organlari haqidagi umumiy ma’lumot, handa eng muhim tarkibiy qismlarining tuzilishi va vazifalari to’g’risida tushuncha berish.
v) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda shaхsiy, psiхologik-gigiyenik хususiyatlarini shakillantirish.
Dars jarayonida qo’llaniluvchi metodlar: an`anaviy va interfaol metodlar, modellashtirish.
Dars jihozlari: mikroskop, o’simlik, hayvon va inson organizmi hujayralarining mikropreparatlari, o’quv filmlari, jadvallar.
Dars turi: munozara
Darsning uslubi: Muammoli ta’lim elementlarini o’z ichiga olgan noan’anaviy dars;
Darsning bогishi:
1. Tashkiliy qism
O'quvchilar bilan salomlashish, navbatchilikni yo`lga qo'yib, davomatni aniqlash, sinf xonasining gigiyenik holatini nazorat qilish.
2. O’tgan mavzular yuzasidan savollar.
Skelet tuzilishining qaysi xususiyatlari qushlarning uchishga moslashganligi bilan bog'liq?
Bosh skeleti qanday suyaklardan iborat?
Qaysi suyaklar ko'krak qafasini hosil qiladi?
Qanotlar skeleti qanday suyaklardan iborat?
Oyoq skeleti qanday suyaklardan iborat?
Qushlarning qaysi muskullari kuchli rivojlangan?
3. Yangi mavzu bауоni
Hazm qilish sistemasi. Qushlar oziqni tumshug'i bilan cho'qilaydi. Tumshug'ining tuzilishi oziq xiliga va oziqlanish usuliga bog'liq. Tishlari bo'lmaganligi uchun qushlar oziqni bu-tunligicha yutadi. Birmuncha yirikroq oziqni tumshug'i bilan cho'qilab, uzib olib yutadi. Donxo'r qushlar (masalan, кар-tar)larda qizilo'ngachning keyingi qismi kengayib, zaxira oziq saqlanadigan organ jig'ildonga aylangan (84-rasm). Qushlarning oshqozoni ikki bo'limdan iborat. Oldingi bezli bo'limidan ajralib chiqayotgan oshqozon shirasi ta'sirida oziq yumshaydi. Oshqo-zonning muskulli ikkinchi bo'lmasida oziq maydalanadi. Qushlar yutadigan mayda toshlar oziqni maydalashga yordam beradi.
Qushlar tanasida haroratning doimiy bo'lishi va ularning uchishi juda katta energiya talab qiladi. Shuning uchun qushlar tez-tez oziqlanib turadi; hayotining ko'p qismini oziq topish uchun sarflaydi. Oziq ularning ichagida tez hazm bo'ladi.
Qushlar ichagi kloakaga ochiladi. Kloakaga jinsiy organlarning chiqarish yo'li va siydik yo'li ham ochiladi. Kloakada siydik axlat bilan aralashib tashqariga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |