Bitiruv malakaviy ishini bahosi: (maksimal ball - 100 ball) 84 ballga baholayman.
Bitiruv malakaviy ishi rahbari: ___________ Sh.Xushimov
___________ 2019 yil.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
Kompyuter injiniringi fakulteti “Dasturiy injiniring” ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Namozov Doston Rayhon o’g’lining bitiruv malakaviy ishiga
Т А Q R I Z
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi: Zamonaviy frameworklardan foydalanib web sayt yaratish(“Alfa” o’quv markazi misolida)
Bitiruv malakaviy ish hajmi: _______bet
а) Yozma izoh qismi: varaqlar soni: _________ betdan iborat.
б) Grafik qismi: chizmalar soni: ______ ta rasm, tasvirlardan iborat.
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa mosligi: Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, Web texnlogiyalardan foydalanib dasturlash, zamonaviy frameworklardan biri bo’lgan PHP Yii2 framework imkoniyatlaridan foydalanish, PHP Yii2 frameworkda ishlashini mukammallashtirish, “Alfa” o’quv markazi faoliyatini o`rganib chiqish va uni ishini avtomatlashtirish. Berilganlar bazasini boshqarish tizimini o`rganish va unda loyihasini shakllantirish. Bitiruvchi talaba Namozov Dostonning ishi bugungi kunda Internetning ahamiyati oshib borayotgan bir davrda dolzarb ishlardan biri hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi o’quv markaz, ya’ni “Alfa” o’quv markazi web saytini yaratish bo`yicha berilgan topshiriqlarga to`la mos keladi.
Bitiruv malakaviy ishning yozma va grafik materiallarining tarkibi va bajarilish sifati: Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita asosiy bob va ularda kamida ikkitadan paragriflar, hayot faoliyati xavfsizligi, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, talab darajasida bajarilgan.
Bitiruv malakaviy ishda ilmiy manbalar, fan-texnika yutuqlari va ilg’or tajriba natijalaridan foydalanilganligi: Bitiruvchi talaba bitiruv malakaviy ishida zamonaviy web texnologiyalarga oid ilmiy manbalardan, shu sohaga oid so’nggi yangiliklar va natijalardan samarali foydalangan.
Bitiruv malakaviy ishning ijobiy tomonlari va amaliy ahamiyati: Web texnologiyalar, web sahifalar va web sayt yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar hamda dasturiy vositalar imkoniyatlari keng yoritilgan, ob’ektlarni hususan korxonalar web saytini yaratish algoritmi, HTML kodlari va dizaynlari keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishdagi kamchiliklar: Bitiruvchi Namozov Dostonning ishida kamchiliklar ham bor, masalan u yaratgan saytda animatsion effiktlardan kam foydalanilgan. Saytda ob’ekt sifatida olingan markazning ma’lumotlari unchalik ko’p emas. Taklif sifatida saytda interaktiv xizmatlarni kiritishni aytib o’tish mumkin.
Bitiruv bitiruv malakaviy ishining bahosi (maksimal ball - 100 ball) va bitiruvchiga unga mos yo’nalish bo’yicha “Bakalavr darajasi” berilishi mumkinligi to’g’risida xulosa:
Bitiruv malakaviy ishi “Dasturiy injiniring” yo’nalishiga qo’yilgan talablarga to’liq javob beradi va bitiruv malakaviy ishini 80 ballga baholash mumkin.
Bitiruvchiga “Dasturiy injiniring” yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini berish mumkin.
Taqrizchi: ____________ QDU Amaliy matematika kafedrasi katta o`qituvchi Eshboyev E.A.
__________ 2019 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |