Bitiruvchining umumtexnik va maxsus tayyorgarligi tavsifi: Bitiruvchi kompyuter texnikasi va texnologiyalarini yaxshi o’zlashtirgan. Web texnologiyasi bo’yicha yaxshi nazariy va amaliy ko’nikmalarga ega. Informatika va axborot texnologiyalari, shuningdek web texnologiyasi sohasida maxsus nazariy va amaliy tayyorgarligi talabga javob beradi.
Bitiruvchi talabaning mustaqil ishni bajarish layoqati, maxsus adabiyotlardan foydalanish qobiliyati va shaxsiy xususiyatlari: Talaba bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida o’quv va maxsus adabiyotlardan foydalana olish, mavzuga tegishli Internet materiallarini izlab topish va undan foydalana olish qobiliyatiga ega ekanligini shuningdek maxsus mutaxassislik fanlaridan yaxshi bilimga ega ekanligini ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |