Kompakt-disk
(«CD», «Shape CD», «CD-ROM», «KD PZU»)lar — optik
axborot tashuvchi disk shaklidagi, markazida teshikchali, axborotlar lazer
yordamida o‘qiladigan qurilmalardir. Kompakt-disklar boshidanoq audioni raqamli
o‘qishga moslashtirilgan (Audio-CD), biroq hozirgi vaqtda katta hajmli
axborotlarni saqlash qurilmasi sifatida qo‘llaniladi (CD-ROM). Audio-kompakt-
diski formati bo‘yicha ma’lumotlar uchun kompakt-disklardan farq qiladi va CD-
pleyerlarda o‘qiladi.
CD disklar — bu kompakt disk so‘zlarining bosh harflaridan olib,
nomlangan disklar bo‘lib, axborotlarni saqlash uchun optik yuzadan iborat, disk
ko‘rinishidagi axborot tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar 700 Mbayt hajmga
ega bo‘lib, ma’lumot qurilmaning lazer nuri yordamida yoziladi va o‘qiladi. DVD-
disklar — bu dijital video disk so‘zlarining bosh harfidan iborat qisqartma bilan
nomlangan disklar hisoblanadi. Bu disklar 4,5 Gbayt hajmga ega bo‘lib, CD
disklarga nisbatan 7 barobar ko‘p axborot sig‘dirishi mumkin. Har ikkala turdagi
disklar ham optik rejimda ma’lumotlarni yozish, o‘qish va saqlash xususiyatiga ega
bo‘lib, ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni tashish imkoniyatiga ega. Hozirgi davrda
ushbu disklarning yangi avlodlari ishlab chiqarilmoqda, ular CD-RW va DVD-RW
ko‘rinishida belgilanadi. Bunday turdagi disklarga axborotlarni yozish, o‘chirish va
qayta yozish mumkin.
Optik disklarga yozish jarayoni lazer yordamida amalga oshirilganligi
sababli yozuvlar zichligi magnitli usulda yozuvlarni amalga oshirishdan ham
yuqori darajada bo‘ladi. Optik diskning axborot sig‘imi (disk diametri 130 mm.
bo‘lganida) 1 Gbayt va (disk diametri 300 mm. bo‘lganida) 2–4 Gbaytni tashkil
etishga mo‘ljallangan. O‘tgan asr 90-yillarining oxirida yangi, hujjatlarni saqlash
uchun yanada istiqbolli, raqamli-universal DVD-ROM turidagi DVD (Digital
Versatile Disk), DVD-RAM, katta sig‘imli (17 Gbayt) DVD-R videodisklari paydo
bo‘ldi. Optik, magnitooptik va raqamli kompakt-disklar texnologiyasi bo‘yicha 3
asosiy turda qo‘llaniladi:
1. Axborot o‘chirilmaydigan disklar (CD-ROM). CD-ROM odatda raqamli,
ovozli dasturlar hamda dasturiy ta’minotni saqlash va uzatish uchun
qo‘llaniladigan
650
Mbayt
sig‘imga
ega
bo‘lgan.
2. Bir marta yozish va ko‘p martalik o‘qishga mo‘ljallangan, biroq o‘chirish
imkonini bermaydigan disklar (CD-R; CD-WORM — Write-Once, Read-Many —
bir marta yozib, ko‘p marta o‘qish mumkin). Ulardan elektron arxivlar va bank
ma’lumotlarini saqlashda foydalaniladi.
3. Ko‘p marta qayta yozish/o‘chirish imkonini beruvchi reversiv optik
disklar (CD-RW; CD-E). Bunday disklarni ishlab chiqish texnologiyasi murakkab
bo‘lganligi bois, ularning narxi ancha yuqori. Hozirgi davrda raqamli usulda
yozilgan optik (lazerli) disklar hujjatli axborotlarni saqlashda eng ishonchli vosita
hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda, axborotni saqlashda nanotexnologiyalardan
foydalanib, yanada ixcham axborotni saqlash, uzatish qurilmalarini yaratish ustida
ishlar olib borilmoqda. Nanotexnologiyalar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan
jahon olimlari kelajakda shunday qurilmalar ishlab chiqilib, ular minglab lazer
disklari o‘rnini bosishi mumkinligi haqida xabar bermoqdalar.
Tabiiyki, sahifalarimizda insoniyat tarixida yaratilgan barcha axborot
tashuvchi vositalar (masalan, CD-R, Blue Ray, magnit barabanlari va boshqalar)
haqida so‘z yuritishning imkoni yo‘q, bu juda ko‘p vaqtni talab etgan bo‘lardi.
Sohaga qiziquvchilar uchun mazkur qurilmalar haqida ixtisoslashgan darslik va
o‘quv qo‘llanmalarida barcha ma’lumotlar bayon etilgan, shuningdek, «Aloqa
tarixi muzeyi»ga tashrif buyurib, ulardan namunalar va zarur ma’lumotlar bilan
tanishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |