Uchish masofalari, yo‘lovchilar sig’imi va yuk ko‘tara olishiga qarab, yo‘lovchilar tashuvchi samolyotlar magistral va mahalliy havo trassalarida uchuvchi samolyotlarga bo‘linadi
Vertolyotlar
Insonni osmonga ko’tara oluvchi qurilma yaratish qadimgi ko’plab olimlarni diqqatini tortgan. Shulardan biri Leonardo da Vinchi bo’lib, u 1500-yilda ulkan vint loyihasini chizib qoldirgan. U vertolyot qurishga urnib ko’rmagan, chunki o’sha davrda motor ham bo’lmagan. 1793-yilda Fransiyada ‘xitoycha pildiroq’ deb nomlangan o’yinchoq paydo bo’ldi. Hozirgacha uning ixtirochisi noma’lum. 1796-yilda Jon Keyli bug’ dvigateli bilan haraketlanuvchi vertolyotni yasadi. Bu vertolyotning yetarlicha ko’tarilish kuchi bo’lmagani bois ucha olmadi. Shundan keyin ko’p vaqt davomida odamlar vertolyot yasash bilan shug’ullandi. Dunyoga kelgan vartolyotlardan ba’zilari fantastic darajada murakkab, boshqa birlari esa soddagina qurilgan edi. Lekin ulardan juda oz qismi ucha oldi. Ular uchgandayam faqat o’z og’irligini ko’tara olgan. Eng muhim muammo shuki, kuchli, ammo yengil dvigatel yo’q edi. Bunday dvigatel birinchi jahon urushi paytlarida yaratildi. Bunday dvigatel vertolyotni osmonga ko’tarilishiga sharoit yaratdi. 1909 va 1910-yillarda Igor Sikorskiy ikkita vertolyot yasadi. Ulardan biri yerdan faqat o’zining og’irligini ko’tara olgan, xolos.
1917-yilning oxirida avstro-vengriyalik ikki ofitser bog’lanma kuzatish aerostatini almashtiruvchi vertolyotni yasadilar. Bu vertolyot balandlikka bir necha marta parvoz qildi, biroq u erkin burilib- qayrilolmas edi. Vertolyotni takomillashtirish ustida bir necha mamlakatlarda ish olib borildi. Lekin birortasi ham mashina konstruktorlar umidini oqlamadi. 1936-yilda Germaniyadan Fokke-vulf kompaniyasida vertolyotning muvaffaqiyatli qurilmasi yaratildi, degan xabar tarqatildi. 1937-yilda bu vertolyot mamlakat ustidan 335 metr balandlikda 70mil/soat tezlikda uchib o’tdi. AQShga emigrant bo’lib brogan rus muhandisi Igor Sikorski (1889-1972) 1940-yilda o’zining birinchi harakatchan vertolyotini namoyish etdi. Bu vertolyotni “YS-300”deb nomladi. Bu vertolyot AQSh armiyasi tomonidan harbiy texnik qurol sifatida qabul qilindi. Hozirgi kunga kelib bu turdagi harbiy vertolyotlar turli xilda keng tarqalgan. Harbiy vertolyotlar havoning boshqa transportlariga qaraganda ushish va turli harbiy mashg’ulotlarni olib borishda juda qulay hisoblanadi.
Aeroportlar.
Aeroportlar havo transporti korxonalaridan biri bo‘lib, yo‘lovchilar, yuk va pochta jo‘natish va qabul qilish hamda samolyotlarni uchishga tayyorlash va uchishni tashkil qilish ishlari bilan shug’ullanadi. Aeroportlar tarkibiga havo roboti, vokzal, maxsus injenerlik bino va inshoolari hamda vertolyotlar qo‘nish maydonlari kiradi.
Aeroport hududida har-xil injenerlik kommunikatsiyalari, kanalizatsiya, elektr va bosimli havo ta’minoti, yoritish va aloqa tarmoqlari ham bo‘ladi.
Aeroportlar o‘z vazifalari bo‘yicha xalqaro aeroportlarga, mamlakat ichi magistral trassasida uchishga xizmat qiluvchi va mahalliy trassalarda uchishga xizmat qiluvchi aeroportlarga bo‘linadi.
Xalqaro va mamlakatimiz magistral trassalariga xizmat qiluvchi aeroportlar murakkab meteorologik sharoitlarda ham muntazam va kechayu -kunduz ishlashga mo‘ljallangan bo‘ladi
Yo‘lovchilar oqimi yillik xajmiga qarab aeroportlar besh sinfga bo‘linadi. 7 mln dan ortiq yo‘lovchilar oqimiga xizmat qiluvchi aeroportlar sinfdan yuqori aeroportlar deb ataladi. Bir yilda 25 mingdan kam yo‘lovchilar oqimiga xizmat qiluvchi aeroportlar xam sinfli aeroportlarga kirmaydi. Aeroportlarning ahamiyati va sinflariga qarab texnik rivoji, jihozlar miqdori va darajasi belgilanadi. Aeroportlarning eng muhim va asosiy qismi havo rabotidir. Xavo raboti samolyot va vertolyotlarning xavf-xatarsiz uchishi va qunishi uchun yo‘llar (tasmalar) hamda ularga texnika xizmati kursatish uchun maxsus tayyorlangan er uchastkalaridir.
Vertolyotlar qo‘nishi yoki uchishi uchun maxsus tayyorlangan maydonchalar - uchish, qo‘nish va burilish uchun tegishli ravishda jixozlangan bino va inshootlar bo‘lib, ular vertolyotlarda yuk va yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Havo raboti o‘z vazifalariga ko‘ra transport samolyot va vertolyotlarni qabul qiluvchi havo rabotlari, maxsus havo rabotlar, zavod poligon-havo rabotlari, o‘quv xamda sport klublari havo rabotlariga bo‘linadi.
Aeroportlar
Hozirgi vaqtda aeroportlarda samolyotlarni qo‘ndirish va uchirish ishlarida EHM dan foydalaniladi. Murakkab sharoitlarda EHM samolyotlarning uchish traektoriyalari va boshqa zarur shartlarini hisoblab chiqib, samolyot boshqaruvchi uchuvchiga tayyor ma’lumotlar etkazib beradi.
Havo transportini rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlardan biri maksimal uchish tezligini oshirishdir. Uchish tezligini oshirish insoniyatning azaliy orzusidir. Hozirgi 1000 km/soat tezlik bilan uchish yuqori pog’ona bo‘lmay qoldi. Endilikda O‘zbekiston Respublikasida va boshqa mamalakatlarda tovush tezligidan (1200 km/soat) tez uchadigan yo‘lovchi samolyotlari qatnab turibdi. Bular qatoriga TU-144 samolyoti (uchish tezligi 2500 km/soat) kiradi.
Hozirgi kunda soatiga 6500 km tezlik bilan uchadigan eksperemental samolyot yaratilgan. Bunday tezlikda uchuvchi apparatlar gipertovushli samolyotlar deb ataladi.
Ish muddatlari va xarakteristikalariga ko‘ra havo rabotlar muntazam ishlovchi havo rabotlar, mavsumiy ishlovchi havo rabotlar, tezkor topshiriqlarni bajaruvchi havo rabotlar tarzida tasniflanishi mumkin.
Havo rabotlar vazifalariga ko‘ra boshlang’ich va eng so‘ngi punktlaridagi asosiy havo rabotlar, oraliq punktlaridagi havo rabotlar va zaxiradagi havo rabotlar ixtiyorida bo‘ladilar. Samolyot va vertolyotlar hamda uchuvchi komandalar asosiy havo rabotlar ixtiyorida bo‘ladilar. Boshlang’ich yoki eng so‘nggi havo rabotlardan samolyotlar uchishni belgilangan trassalar bo‘yicha boshlaydilar yoki tamomlaydilar. Oraliq punktlaridagi havo rabotlarda samolyotlar jadvallar buyicha yo‘lovchilar bir qismini tushirishadi yoki chiqarishadi hamda texnik qarovdan o‘tkaziladi va yoqilg’i zapaslarini oladi. Favqulodda xollarda samolyotlarni yo‘lda qo‘nishi uchun ham zaxira havo rabotlari bo‘lishi kerak. Havo rabotlari uchish, texnik xizmat ko‘rsatish va turar joy zonalaridan iborat bo‘ladi.
Aerodromlar
Havo transportining afzalligi tez va baland ucha olishi bilan aloqani tezda amalga oshirishidir. Muayyan punktlar orasida aloqa o‘rnatish uchun havo yo‘llari, aeroport va yangi avialiniyani radiotexnika vositalari bilan jihozlashning o‘zi kifoya qiladi. Aeroportlarni boshqa transport turlari bora olmaydigan tumanlarga qurish mumkin. Havo yo‘li samolyot xizmati uchun hamma vaqt tayyor. Uni avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar kabi qurish yoki suv magistrali kabi chuqurlatish va kengaytirish talab etilmaydi. Mana shuning uchun ham fuqoro aviatsiyasi transportning boshqa turlariga qaraganda juda qisqa muddatlarda yangi aloqa yo‘llarini tashkil qilishga qodir. Juda ko‘p vaqt to‘xtamasdan, to‘g’ri bora oladigan aloqa marshrutlari tashkil qilish - havo transportining ya’na bir afzalligidir. Fuqoro aviatsiyasi juda qisqa va to‘g’ri havo trassalaridan foydalanib, transportning boshqa turlarida borib bo‘lmaydigan har qanday punktlar oralig’iga qo‘nmasdan yuk va yo‘lovchi tashib bera oladi
Havo transportning kamchiliklaridan biri transportining boshqa turlariga nisbatan yuk va yo‘lovchilar tashish tannarxining bir necha marta kattaligidir. Tashish tannarxining yuqori darajada bo‘lishi sabablari birinchidan, samolyot uchishi uchun kerak bo‘lgan zarur yukning katta vaznliligi, ikkinchidan yuk kutarish birligiga tug’ri keladigan dvigatel quvvatining kattaligidirki, bu o‘z navbatida yonilg’ining ko‘p sarflanishiga olib keladi.
Havo transportining yana bir kamchiligi uning ushishiga ob-havo sharoitining ta’sir qilishidir. Yuqorida bayon qilingan kamchiliklar havo transportining yo‘lovchilar va yuk tashishdagi katta mohiyatini sira kamsitmaydi. Uchish xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor beriladi. Xavfsizlik muammolari ikki yo‘nalish - uchish apparatlari puxtaligi va mustahkamligini oshirish va erdan turib samolyotlarni har qanday murakkab sharoitlarda boshqarib borish vositalarining aniq ishlashi bo‘yicha olib boriladi. Uchish xavfsizligi ko‘p hollarda harakatni boshqarish tizimlariga bog’liqdir. Ayniqsa bu masala uchish oqimlari ko‘p erlarda katta ahamiyatga ega va bunday hollarga samolyotlar to‘qnashmasligi uchun ularning uchish balandliklari va intervallarini eshalonlarga bo‘lish lozim. Har xil turdagi samolyotlar uchun maxsus uchish koridorlari ham belgilanadi. Ko‘rsatilgan koridorlardan samolyotlar ruxsatsiz chetga chiqmasliklari kerak.