Mavzu: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi. Bobur lirikasi. Reja



Download 20,27 Kb.
bet2/3
Sana29.12.2021
Hajmi20,27 Kb.
#79620
1   2   3
Bog'liq
Bobur lirikasi

Jismimda isitma kunda mahkam bo’ladur,

Ko’zdin o’chadur uyqu chu axsham bo’ladur.

Har ikkalasi g’amim bila sabrimdek,

Borg’on sayi bu ortadur, ul kam bo’ladur.
Bobur 1530 yilning 26 dekabrida Agrada o’zi obod qilgan Zarafshon chorbog’ida vafot etdi. Keyinchalik chevarasi Shohijahon uning xokini Qobulga (shaharning chetiga) ko’chirib, maqbara qurdirdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur faqat yirik davlat arbobi va mohir lashkarboshigina bo’lib qolmay, balki, shu bilan birga, buyuk shoir, adib, tarixchi olimdir.

Arab alifbesining o’zbek tili va talaffuz xususiyatlariga u qadar muvofiq emasligini ko’rgan Bobur bu alifbeni isloh qildi. 1503-1504 yillarda “Xatti Boburiy” deb atalgan alifbeni yaratdi. Shu bilan birga u aruz vazni va qofiya masalalari haqida “Mufassal” degan asar yaratdi, musiqaga doir “Musiqiy ilmi” degan bir bir risola yozdi. Mohir sarkarda Bobur “Harb ishi” nomli asarini yozib bitirdi. Musulmonlik qoidalari, oliq-soliq masalalari va shariat haqida 1522 qilda “Mubayyin” (“Bayon etilgan”) nomli she’riy asarini yozdi. U 1528 yilda Xo’ja Ubaydulla Ahrorning “Volidiya” risolasini forc-tojik tilidan o’zbek tiliga she’r bilan tarjima qildi.

Bobur 16-17 yoshlaridan boshlab badiiy ijodiyot bilan shug’ullanadi. U “Boburnoma” da 905-906 (1499-1500) yillar voqeasi haqida so’zlar ekan, “ul fursatlarda biror-ikkiror bayt aytur erdim, vale g’azal tugatmaydir edim” deydi.

Boburning o’zbekcha devonining uch qo’lyozma nusxasi borligi ma’lum. Bularning biri Parijda, ikkinchisi Hindistonda, uchunchisi esa Tehronda saqlanadi.

Z.M.Bobur devoni lirik turning har xil janrlarida yozilgan she’rlarni: g’azal, ruboiy, tuyuq masnaviy, qit’a, fard va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bobur devoni uning asosan o’zbek tilidagi she’rlaridan tashkil topgan. Biroq shu bilan birga, unda fors-tojik tilida yozilgan bir necha she’r ham bor.

Hayotga muhabbat va quvnoqlik, yor va diyor sevgisi, hijron va g’urbat dardi, badbinlik va tarkidunyochilik ustidan kulish, yaxshi xulq-odob va ma’rifat targ’bi, g’alabalar nashidasi va mag’lubiyat alami, “taqdir”dan nolish va unga tobe bo’lish, afsus va nadomat va boshqalar-Bobur lirikasining tematik doirasi mana shulardan iborat. Murakkab va ziddiyatli hayot va kurash yo’lini bosib o’tgan, turli xil fazilatlarga ega bo’lgan shoir-Boburning o’zi bu lirikaning markaziy qahramonidir.

Bobur hayot, sevgi va shodlik kuychisidir. U sevgiga inson hayotining tabiiy bir xossasi deb qaraydi, hijrondan iztirob chekadi, yor visoliga oshiqadi.

Oshiq shoir yorni butun qalbi bilan sevadi, unga samimiy ehtirom ko’rsatadi va kamtarlik bilan o’zini sevgi bobida zabun va ma’shuqa oldida ojiz deb biladi:

Sen gulsenu men faqir bulbuldurmen,

Sen shu’lasenu ul shulag’a men quldurmen.

Ilm-ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan shoir ilm o’z-o’zidan bunyod bo’lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo’la oladi deydu:



Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,

O’rgangali ilm tolibi ilm kerak.

Men tolibi ilmu tolibi ilm yo’q,

Men bormen ilm tolibi ilm kerak.
Yaxshi xulq-atvor, kishilarga yaxshilik qilish ezgu xislat va olijanob fazilatdir:

Xulqingni rost etgil har sorig’aki borsang,

Ahsanta” der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang.



Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo’q,

kim degaylar dahr aro qoldi, falondin yaxshilig’.

Bobur xalqimizning „qilmish-qidirmish“ degan gapiga amal qilib, yaxshi kishi yaxshilik, yomon kishi yomonlik ko’radi mazmunidagi misralarni bitadi:



Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,

har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz,

har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur.

Shoirning lirikasidagi vatan ishtiyoqi, g’ariblikning hasrat va nadomat motivlari ham bevosita uning murakkab hayoti va kurash yo’li, shodyona va alamli sarguzashtlari bilan bog’liq.

Bobur temuriylar sulolasining hukmronligini halokatdan qutqarib qolmoqchi bo’ldi, biroq bunga erisholmadi. U Movarounnahrda yirik mustahkam davlat vujudga keltirmoqchi bo’ldi, biroq orzu-umidlari barbod bo’ldi.


Download 20,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish