Tog’ rayhoni (Kimyoviy tarkibi)
Tog’ rayhoni o’tida 0,6% efir moyi, urug’larida 25%-gacha yog’li moy, shuningdek 10,7% gacha qatron moddalar, 0,7% triterpen kislotalar, 1,35% kumarinlar, 11,06% polifenol birikmalar, 3,2% flavonoidlar bor
Tog’ rayhoni (ta’siri va ishlatilishi)
Xalq tabobatida tog’ rayhon qaynatmasi va damlamasi podagrada bo’gin og’riqlarida davo qilish uchun nafas organlarining yallig’lanish kasalliklarida, shuningdek har xil nevrozlarda tinchlantiruvchi vosita tariqasida ishtaha ochish uchun qo’llaniladi,yiringli yaralarni,chipqonlarni chayish,yuvish uchun ishlatiladi.
Tog’ rayhoni (ta’siri va ishlatilishi) - 2 osh qoshiq yog’ rayhon o’ti ustiga qaynab turgan 400-ml suv quyilib, 20-30 minut damlab quyiladi, keyin suzib olinadi-da, o’t haydovchi vosita tariqasida ovqatdan oldin 1-2 osh qoshiqdan kuniga 3-4 marta ichiladi.
- 2 osh qoshiq tog’ rayhoni ustiga qaynab turgan 300-ml suv quyilib,3-4 soatdamlab quyiladi,suzib olinadi-da, quyonchiq kasalligiga uni 3 ga bo’lib ichiladi. Davo kursi 3 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |