Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 39,5 Kb.
Sana10.04.2022
Hajmi39,5 Kb.
#541499
Bog'liq
OLTINOY 4


4- amaliy dars.
Mavzu: Sharq va ǵarb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari .

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.

1. Fozil shaharni boshqaradigan Hokim qanday xislatlarga ega bo lmoǵi lozim?
2. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki tarbiyachi tar- biyalashi lozim degan fikrni aytadi?
3. Abdulla Avloniyniung yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari?
4. K.D.Ushinskiy ona tilini birlamchi óqitishning uchta asosiy maqsadlarini shakllantirgan. Ularni sanab óting.
5. Bolalarga ona tilini birlamchi órgatish asoschisi kim?

Javoblar.


1. Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
2.Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.
Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir.
Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi.

3. Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir.Tarbiya-pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qilmoģi lozimdir.Tarbiyani tug`ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim.


Tug`ib tashlash bilan bo`lmas bola, bo`lg`ay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa bo`lur ul rahnamo sizga Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo`lur olim, Buzilsa xulqi, Luqmon o`g`li bo`lsa, bo`lg`usi zolim.
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar, olmosday bo’lur o’tkir.
Эng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilar-dir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo`lib amalsiz bo`lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta`sir ko`rsatadi.
Maktab misni tillo qilur, Maktab sizni mullo qilur
Bargi daraxton sabz dar nazari hushyor, Har varaqash tabiati ro`zg`or
Kerak tarbiyat yoshlikdan kerak, Ulug‘ bo‘lsa lozim kelur g‘am yemak.
Dangasalik har vaqt insonni xor qilur.
Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidurlar.
G’azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir.
Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlikdir.
Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir.
Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadur.

4.K.D.Ushinskiyning tarbiya nazariyasi falsafa, filologiya, pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, tarix fanlari qonuniyatlariga asoslanadi.


Uning fikricha, tarbiyaning vazifasi yoshlarni har tomonlama rivojlantirishdan iborat: tarbiyachi va o'qituvchilar tarbiyaning prinsipini, qoidalarini o'rganishlari kerak va shu bilan birga ana shu qoida va qonunlarni amaliyotga qo'llay bilishlari kerak.
Ushinskiy “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqdi. Bu asar pedagogik-psixologik asardir. Chunonchi, sezgilarning fiziologik asoslari: xotira, idrok, nutq, tafakkur kabi psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi yoritilgan. Bu asarda psixik hodisalarning ro'y berishi haqida xulosalar chiqariladi.
K.D.Ushinskiy pedagogik tizimga xalqchillik prinsipini asos qilib olgan. Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi degan iborani xalqning barcha bolalarini maktabda o'qitish, ona tilini ta`limning asosi qilib olish, bolalarga o'z vatanlari tarixidan, geografiyasidan, tabiatidan keng bilim berish deb bildi. Xalq ruhi bilan sug'orilgan tarbiya bolalarga vatanga muhabbat, vatan oldidagi burchlarini sezish hissini o'stirish va butun kuchlarini vatan, xalq xizmatiga qaratilgan bo'lishi lozim.
Har bir avlod o'z xis tuyg'ularini, tarixiy voqialar, diniy e`tiqod, maslak natijalarini, boshidan kechirgan qayg'u va xursanchiliklarini ona tili xazinasiga qo'shadi. Xalq butun ma`naviy xayoti natijalarni ehtiyot qilib o'z tilida saqlab keladi. Til bor ekan, xalq ham bor, xalqning hayot ekanligini til orqali bilish mumkin.
Bola ona tilini o'zlashtirganda tovush va birikmalarni bilibgina qolmasdan tushunchalar, fikrlar va tuyg'ular badiiy obrazlarni ham o'zlashtiradi.
Ushinskiy kishi kаmоlgа еtgаn bo’lishi uchun uning аqliy, jismоniy vа аxlоqiy o’sishi bir-birigа uyg’un bo’lishi kеrаk dеb bildi.
Ushinskiyning fikrichа аxlоqiy tаrbiyaning vоsitаlаri qo’yidаgilаr: 1. Ta`lim; 2. O'qituvchining shaxsiy namunasi yoshlar qalbiga quyosh nuridek ta`sir etadi. 3. E`tiqod bolalarda-e`tiqodni tarbiyalamay turib ular qalbini rivojlantirib bo'lmaydi. 4. O'qituvchining mohirligi bilan munosabatda bo'lishi (pedagogik odob). 5. Ogohlantirish. 6. Qiziqtirish va jazolash.
Ushinskiy insonning to'g'ri rivojlanishida zarur shart mehnat deb biladi. Mehnat moddiy boylik yaratadi, insonning aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan takomil-lashtiriladi, qadr-qimmatini oshiradi. U jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatning birlashtirilishini talab qildi. “O'qish ham mehnatdir va mehnat bo'lib qoladi, ammo to'la ma`noli mehnat bo'lishi lozim” – deb hisoblaydi. 
K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi 
Ushinskiy didaktika sohasidagi qarashlarini “Ona tilini o'qitish yuzasidan qo'llanma, “Maktab-maorif ishlarini o'rganish uchun Shveysariya bo'ylab sayohat” maqolalarida bayon etdi.
Ushinskiyning fikricha ta`lim tamoyillari quyidagilar: 1) ta’lim bolalarning kuchi etadigan bo'lishi; 2) izchillik; 3) ko'rsatmalilik; 4) puxta va mustahkamlilik.
Ushinskiy ko'rsatmalilik prinspini kishining yoshi va psixologiyasidagi xususiyatlar nuqtai nazaridan asosladi. U ko'rsatmali vositalariga suratlar, kolleksiyalar, modellar va hokozolarni kiritgan.
Ushinskiy o'quv materialni anglab, puxta va mustaxkam o'zlashtirishga katta e`tibor berdi. O'quv materiallarini takrorlashga doir metodikani ishlab chiqdi.
Ushinskiy ta`lim jarayonida ikkita bosqich borligini ko'rsatdi: birinchidan, bolalar o'qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa xaqida umumiy tushuncha xosil qiladilar. Buning o'zi uchga bo'linadi: 1. Bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani bevosita o'zlashtiradilar. 2. O’qituvchining rahbarligida o'rganilayotgan buyum yoki hodisa to'g'risida olgan tasavvurlarini bir-biridan ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko'radilar ular to'g'risida tushuncha xosil qiladilar. 3. O’qituvchi o'zi izoh berib, bolalar olgan tushunchalarni to'ldiradi, asosiy jihatlarini ikkinchi darajali jihatlardan ayirib, tushunchalarni bir tizimga soladi.
Ushinskiy “Rus tilining dastlabgi o'qitish” nomli maqolasida zarur metodik ko'rsatmalar berdi. Uning fikricha o'qitishning uch vazifasi bor: 1. Bolalarning nutqini o'stirish. 2. Bolalarni o’z tilidan foydalanishga o'rgatish. 3. Tilning mashqini o'zlashtirish. Bu vazifalar bir vaqtda bajariladi.
K. D. Ushinskiy o'qitish prinsipiga asoslangan holda boshlang'ich ta`limga doir darsliklar ham tuzdi:
1. Ona tili darsligi – bu alifbedan boshlanadi, bunda bolalarning fikrini o'stirish va tasavvurlarini kengaytirish ko'zda tutilgan.
2. Bolalar dunyosi darsligi – bu 3-4 sinfga mo'ljallangan bo'lib, bunda bolalarga geografiya va tabiyotdan boshlangich ma`lumot berishi ko'zda tutilgan.
Ushinskiyning fikricha, o'qituvchi xalq orasida chiqqan bo'lishi kerak: u pedagogika va psixologiyani bilishi, pedagogik odob va mahoratlarga ega bo'lishi kerak. O'qituvchi o'z ustida mustaqil ishlab, ongini turli yangiliklar bilan boyitib borishi lozim.
Ushinskiy 1861 yilda “O’qituvchilar seminariyasining proekti” maqolasida boshlangich maktablar uchun o'qituvchilar tayyorlash tizimini taklif etdi. Xulosa qilganimizda, Ushinskiy Rossiyada maorif sohasida ko'p xizmat qildi. U «Rus dumboqchalarining do'sti»,“Rus muallimlarining muallimidir”.
5.Rus pedogogi K. D. Ushinuskiy maktabgacha pedogogikaning asoschi hisoblanadi. U bolalarni tarbiyalash nazaryasi va amaliyoti masalalari boshlanģich ta'lim muommasi bn boģlanadi. Ushiniskiy pedogogika tizimining asosiy yetakchi
ģoyasi xalqona tarbiya shart sharoitlari bn boģliq unda har bir xalqning u yashaydigan va mehnat qiladigan tarixiy tabbiy shart - shroitlari bilan boģliq bòlgan òziga xosligini tushunadi.
Ushiniskiy ona tili- xalqlikni eng yaxshi ifodasini tan olgan hamda ta'lim va tarbiya ishida oba tili asosiy òrin deb hisoblagan.
Download 39,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish