Poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi Abdulla Qahhor mahallasi yuzlab oddiy
mahallalardan biri — hovli joylar va yigirmadan ziyod ko‘p qavatli uylardan iborat,
besh mingga yaqin aholisining ham el qatori tashvishu xursandchiliklari bor. Ular
ertalab ishga, kechqurun esa uylariga oshiqadilar. Yo‘li mahallaning Xumo tor
ko‘chasidan o‘tadiganlar
«Bu uyda 1959-1994 yillar O‘zbekiston xalq yozuvchisi
O‘lmas Umarbekov yashab, ijod qilgan»
lavhasini ko‘rib, nurli xotiralarini yodga
olsalar ajab emas. Tengdoshlari uning go‘zal
suhbatlarini, yoshlar esa
maslahatlarini, shu bilan birga amaliy yordamini esga olishadi.
Hozir bu xonadonning chirog’ini yozuvchining rafiqasi yoqib o‘tiribdi.
Filologiya
fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar
murabbiyi Zuhra Umarbekova bilan suhbatimiz ularning
tanishuvi mavzusidan
boshlandi.
Yaqindagina «O‘lmas Umarbekov zamondoshlari xotirasida» nomli to‘plam
nashrdan chiqdi. Kitobni O‘lmas Umarbekovning qizi Umida chop ettirdi, yozuvchi
Omon Muxtor materiallarni to‘plash va saralashda xolis xizmat qildi.
O‘lmas «O‘zbekfilm» kinostudiyasi rahbari edi. Bir kuni oshxonamizdagi kran
quvuri yorilib, suv toshib ketdi. Bosim juda kuchli edi. U kishiga qo‘ng’iroq qildim,
darhol ishxonalaridan odam jo‘natdilar.
Ustalar qaytib borgach, xodimlar ularni
o‘rtaga olishibdi.
...O‘lmas Umarbekov Moskvada davolanayotgan
kezlarida qiziga yozgan
maktublaridan birida unga nasihat-maslahatlarini aytadi. Jumladan, «bu yog’i oying
bilan bor imkoniyatga qarab yasha, sendan sharoiti yaxshi hech kimga rashk bilan
qarama, birovni ko‘rolmaslik hech qachon odamga baxt keltirmagan» deb yozar
ekan, oxirida qo‘shib qo‘yadi:
Nutq tugashi bilan boshlangan telefon qo‘ng’iroqlari hali ham davom etyapti.
Qarindosh-urug’, tanish-bilishlar uni tabriklayapti. O‘lmas
Umarbekovning umr
yo‘li, insoniylik fazilatlari yana qayta-qayta tilga olinyapti.
Bittagina farzandidan o‘zini unutmasligini xokisorlik bilan so‘ragan bu buyuk
insonga xalqning ehtiromi sababini qisqagina izohlash mumkinmikan? To‘g’ri, adib
el ko‘nglidan joy olgan asarlar yaratdi, turli vazifalarda ishlaganda el koriga yaradi.
El ehtiromining yana bir boshqa sababi ham bor. Buni yana «Qizimga maktublar»
dagi mana bu oddiygina so‘zlardan ilg’ab olish qiyin emas
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
2. Matnni uslub jihatidan tahlil qiling.
3. Matn yuzasidan xronologik jadval tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: