3-topshiriq
.
Gaplarni diqqat bilan o‘qing. Noto‘g’ri qo‘llanilgan so‘zlarni
aniqlab, ma’nosiga ko‘ra mos so‘z bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring.
1.So‘zlovchining o‘z fikrini qisqa va batafsil ifodalab, tinglovchiga yеtkazish
ham o‘ziga xos san’atdir. 2. So‘zga Benazir kishi mayda bir maqsadni uzoq
so‘zlab bayon qiladi. 3. Nojo‘ya so‘z yurak ko‘zgusini parchalashi, tag’in
insonni vayron qilishi mumkin ekanligini yodda tuting. 4. Nutqi asal kishining
mehribon odamizoti ham ko‘p bo‘ladi. 5. Shirin so‘z, go‘zal til inson dilini
qanchalik xushnud etsa, aksincha, achchiq so‘z, beso‘naqay gap insonni dilini
shunchalik noxush qiladi, dil piyolasini parchalaydi. 6. Mashq sababli
so‘zlash qobiliyatini, nutq madaniyatini, notiqlik san’atchiligini odamlar
olqishlaydigan saviyada egallash mumkin. 7. Tilda uni nomlovchi suxan
bo‘lmasa, bunday so‘zni hamsoya tildan olish mimkin. Ammo tilda turgan
so‘zlar o‘rnida boshqa suxanni qo‘llash falokatdir.
4-topshiriq
Nyuton halqasi
Shisha plastinkaning yassi sirtiga tegib turgan yassi qavariq, linzadan
oʻtayotgan yorugʻlikning qaytishi (sinishi) dan hosil boʻlgan interferension
halqasimon yoʻllar. Birinchi marta 1675 yilda I. Nyuton kashf qilgan. Halqalar
diametri kattalashgan sari ularning zichligi ortadi va halqalar polosasi kengligi, yaʼni
ikki qoʻshni halqa orasidagi masofa kichiklashadi (1-rasm). Nyuton halqasi maxsus
mikroskopda kuzatilgan.
Mikroskop stolida yassi shisha plastinka joylashgan, uning ustiga egriligi
kichik qavariq linza qoʻyilgan. Mikroskopda shisha plastinka tekisligiga
perpendikulyar yoʻnalishda kuzatish olib boriladi. Manba L dan chiqayotgan
yorugʻlik shisha plastinka tekisligiga perpendikulyar tushishi uchun MM shisha
plastinkani mikroskop oʻqiga 45° burchak ostida qoʻyiladi. Shunday qilib,
interferension manzara shu shisha plastinkadan kuzatiladi. Plastinka Nyuton
halqasini kuzatishga xalaqit bermaydi, chunki undan yеtarli darajada yorug’lik
oʻtadi. Nyuton halqasi sferik va yassi sirtlarning shaklini toʻgʻrilashni tekshirish va
boshqalarda qoʻllaniladi.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnga savollar tuzing. Uning mazmunini kengaytirib so‘zlab bering.
2. Jahondagi qaysi buyuk olimlarni bilasiz? Ularning hayot yo‘llari haqida
konspekt yozing.
5-topshiriq.
Terminologik lug’atdan foydalanib mutaxassisligingizga oid
kichik atamalar lug’atini tuzing. Ularning ma’nosini izohlang.
Nazorat savollari
1.
Tezis – bu ……
2.
Tezis necha xil bo‘ladi?
3.
Konspekt turlarini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |