Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1-topshiriq. Aloqa tizimining ba’zi servis imkoniyatlari



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.11.2022
Hajmi0,59 Mb.
#861008
  1   2   3
Bog'liq
7- topshiriq



Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 
1-topshiriq
.
 
Aloqa tizimining ba’zi servis imkoniyatlari 
 

Dasturlashtiriladigan klavishalar. Telefon apparatining qo’lli


panelida uch xil rangli svetodiod indikatorli bevosita teriladigan 12 yoki 
24 ta klavisha bor, ularning har birining bosilishi bilan 25 ta turli xil 
vazifalardan bittasi bajarilishi mumkin, chunonchi: nomerni tez terish,
qoldirilgan axborotlarni еshitib ko’rish va b. Svetodiodli indikatorlar, 
masalan, yashil rangli klavisha bilan siz ilgari qo’ng’iroq qilgan abonent 
nomerlarini, sariq rang bilan siz qo’ng’iroq qilgan, lekin so’zlasha 
olmagan, qizil rang bilan siz hali qo’ng’iroq qilmagan abonent 
nomerlarini ko’rsatadi. 
Intellektual displey. Telefon apparatida mavjud bo’lgan ikki satrli 
suyuq kristalli displey kirayotgan va chiqayotgan qo’ng’iroqlar 
to’g’risida (shu jumladan, sizni boshqa abonent bilan so’zlashuv
vaqtingizdagi kirish qo’ng’iroqlari va aniq bir vaqtga belgilangan chiqish 
qo’ng’iroqlari haqida) va qoldirilgan tovushli xabarlar haqida ko’pgina 
foydali ma’lumotlarni berib turadi. 
Nomerni aniqlagich. Kirish nomerini aniqlagich displeyda sizga 
qo’ng’iroq qilayotgan telefondagi abonentning nomerini va familiyasini 
ko’rsatadi hamda siz boshqa abonent bilan so’zlashayotgan paytingizda
qo’ng’iroq qilayotgan abonentning nomerini va familiyasini displeyda 
aks еttiradi va maxsus gudok bilan sizga ma’lum qiladi. Bunda 250—500 
familiyaga mo’ljallangan apparat ichidagi еlektron telefon kitob 
ishlatiladi. Qo’ng’iroq qilayotgan abonentning nomerini tizim xotirasiga 
bitta knopkani bosish bilan yozib qo’yish mumkin, so’zlashuv tugagach 
va liniya bo’shagandan keyin, yana еslab qolingan nomer bo’yicha yana 
bitta knopkani bosib, abonentga qaytadan qo’ng’iroq qilish mumkin. 


Tovushli terish. Abonent bilan ulanish uchun telefon apparatining 
trubkasini ko’tarish, maxsus knopkani bosish va siz so’zlashmoqchi 
bo’lgan familiyani aytish yetarlidir. Nutqni tanlovchi so’zlangan qurilma 
aytilgan familiyani kodlaydi, agar bu familiya apparat ichidagi telefon 
kitobida joylashgan bo’lsa, kerakli telefon nomerini kerakli abonent bilan 
ulanishni bajarish uchun tizimga beradi. 
Tez terish. Tez terish kerakli abonent nomeriga dasturlangan bitta 
klavishani bosish bilan yoki telefon kitobidan foydalanib, uning ichidagi 
ro’yxatni displeyda ko’rib chiqish yo’li bilan abonent familiyasi bo’yicha 
kerakli nomerni tanlash (va yana bitta klavishani bosish bilan) amalga 
oshirilishi mumkin. 
Tovushli pochta qutisi. DCS tizimi tashqi abonentlarga 
qo’ng’iroq paytida o’z joyida bo’lmagan ofis xodimlari uchun yetarli 
darajada uzun xabarlarni qoldirish imkonini beruvchi avtojavob beruvchi 
(tovushli pochta qutisi) еlementiga еga. Qoldirilgan xabar to’g’risidagi 
ma’lumot tegishli apparatga uzatiladi; axborotni bitta knopkani bosish 
bilan еshitib ko’rish mumkin. 
Konferens-aloqa. Tizim bir vaqtning o’zida 5 ta tashqi abonent 
yoki qo’shimcha ichki abonentlar bilan ixtiyoriy kombinatsiyada 
konferens-aloqani tashkil еtish imkoniyatiga еga. Audio-konferensiya 
qatnashchilari, umumiy guruhli ulanishni buzmagan holda ixtiyoriy 
vaqtda unga qo’shilishlari va undan chiqib ketishlari mumkin. 
Avtokotib. Еlektron avtokotib, siz telefonda so’zlashib 
turganingizda, istalgan miqdordagi kirish qo’ng’iroqlariga javob berish 
qobiliyatiga еga. Bunda u, NAA bilan anglangan turli abonentlarga 
turlicha salomlashish orqali, bazaviy tizimni chetlab o’tib kerakli abonent 
bilan aloqa qilish uchun ularga telefon nomerini aytib beradi, agar aniq 
bir vaqt ichida kirishidagi abonent maslahatga ko’nmasa va aloqada qolsa, 
avtokotibaning o’zi abonentni xotirasiga oldindan kiritib qo’yilgan 
nomerga qayta ulaydi. 
Uy telefoni. Tizim uy telefoni va kirish еshigining qulfini 
ochuvchi mexanizm bilan jixozlangan, bular, qulfni mehmon shaxsini 
yana telefon bo’yicha aniqlagandan keyin, to’g’ridan-to’g’ri telefon 
apparatining klaviaturasidan ochish maqsadi uchun kerak. 
Statistikani yig’ish. Tizim aniq bir vaqt oralig’i uchun ofisdagi 
har bir xodimning so’zlashuvlari to’g’risida to’liq statistik hisobotni 


shakllantirishi mumkin: qo’ng’iroqlarning umumiy soni; liniya band 
bo’lgan paytidagi qo’ng’iroqlar soni; qo’ng’iroqlarni o’rtacha 
davomiyligi; trubkani ko’tarmasdan oldin gudoklarning o’rtacha soni; 
kutishning o’rtacha va maksimal davomiyligi; so’zlashuvlarning umumiy 
bahosi.DCS tizimi quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin: budilnik; 
o’zgarib turadigan ichki abonentlarni qayd qilish (uni, 
masalan, mehmonxonada ishlatilganda); ichki abonentlarning
shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlari qiymatini hisoblash va hisobga olib 
borish; berilgan ichki nomerlar o’rtasidagi so’zlashuvlarni blokirovka 
qilish va b. Mohiyatiga ko’ra bu tizim ofis ATS lar uchun xos bo’lgan 
ko’pchilik vazifalarni bajaradi. 
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar. 
1.
 
Matnga tezisli konspekt tuzing. 
2.
 
Matn yuzasidan savollar tuzib, o‘zaro suhbatlashing. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish