2-topshiriq
.
Quyidagi referat tarkibiy qismlarini ketma-ket tartibda
joylashtiring.
Kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, titul varag’i, reja,
3-topshiriq
.
Matnni o‘qing va yozma nutqning mohiyatini ochuvchi so‘z,
atamalarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.
Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatda, ya’ni nutq sifatida kishilar
o‘rtasida aloqa, fikrlashish, so‘zlashishni amalga oshirishda yaqqol ko‘rinadi. Nutq
faoliyati kishilarning bir-birlariga tushunarli bo‘lgan til vositasida o‘zaro fikr
almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga
oshadi: og’zaki tarzda va yozma tarzda.
Yozma nutq og’zaki nutqdan so‘ng yozuv ta’sirida paydo bo‘lgan bolib,
adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo‘ysunuvchi
grafik shakldagi nutqdir. Yozma nutqning mazmuniy bo‘laklari, gaplar, ularning
qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko‘rsatiladi. Yozma nutq og’zaki nutq
kabi kishilar o‘rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, balki u boshqa joyda va
zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar bilan aloqa bog’lash vositasidir.
Yozma manbalar orqali biz o‘tmish tariximizni o‘rganamiz va bundan kelajak avlod
foydalanishini ta’minlaymiz.Yozma nutq doirasiga ilmiy nutq, badiiy nutq,
shuningdek, hujjatlar, ommaviy axborot vositalari uchun tuzilgan yozma matnlar
kiradi. Yozma nutq savodxonligi har bir kishidan o‘z fikr-qarashlarini tilning
Xulosa
Foydalanilgan
adabiyotlar
Titul varag'i
Asosiy qism
Kirish
Reja
imloviy-grammatik qoidalariga, adabiy til meyorlariga rioya qilgan tarzda
ifodalashni talab qiladi.
4-topshiriq.
Internet va undan foydalanish madaniyati
Internet bu - hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog‘i
hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya’ni ongimizga mavhum bo‘lgan
tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma’lumot beruvchi axborot manbaidir.
Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo‘lgan ehtiyojmandlar soni kundan
kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir.
Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matnlar, tasvir hamda ovoz
xizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yеngilliklarni yuzaga
keltirayotgan bo‘lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor virtual
olamga jalb etib bormoqda.
Ayniqsa, bu ta’sir doirasidan o‘smir yoshlar ham yo‘q emas. Bu borada
mutaxassislarning so‘zlari quyidagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog’idagi
ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog’liq muhim aniq dalillarga ega
bo‘lishida har tomonlama qulay va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib keladi.
Lekin qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma’lumotlarga
haddan ziyod berilib ketishlari mumkin. Bu esa izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish,
mushohada, tahlil qilish qobiliyati va xotiraning o‘tkirlik darajasini susaytirishga
sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo‘lmagan
va insonning o‘z tafakkuridan kelib chiqqan qonun-qoidalar asosida bo‘lishi
kerakligi hamda undagi me’yor talablari, ya’ni Internet tarmog’idan axborotlarni
to‘g‘ri tanlash har jihatdan o‘rinlidir. Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu tarmoq
vositasining o‘z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko‘p
ekanligi gohida o‘zimizga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni ajratib olishimizda ham
qiyinchilik tug’dirmoqda. Barchamizga ma’lumki, Internetda ishlashimiz uchun
qidiruv tizimining o‘rni beqiyos. Internet tarmog‘ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari
yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud. Yuqoridagi qidiruv
dasturlari haqida batafsil va umumiy ta’rif berishda ularni biror bir tizim orqali
masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog‘i vujudga kelganligi, bundan
tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib kelayotgan turli-tuman axborot texnologiyalar
yosh avlodga ijobiy ta’sir kuchini o‘tkazayotganligi bir tomondan quvonarli bo‘lsa-
da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy
muhitni kuchaytirishga undaydi.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Matnni o‘qing va undagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang.
2. Matnda bayon etilgan fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring.
3. Ta’lim jarayonida eng ko‘p foydalaniladigan internet saytlari ro‘yxatini
tuzing.
5-topshiriq
.
T-sxema bo‘yicha internetdan foydalanishning salbiy va ijobiy
tomonlarini yoriting
.
Internet
Ijobiy tomonlari
Salbiy tomonlari
Do'stlaringiz bilan baham: |