5. Yer solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash muddatlari. Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo’jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet balli pasaygan) taqdirda, yer solig’i yerning sifati yomonlashguniga qadar belgilangan stavkalar bo’yicha yuridik shaxslar tomonidan to’lanadi.
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo’jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig’i qishloq xo’jaligi yerlari uchun belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida to’lanadi.
Kalendar yil soliq davridir.
Y [ОКОЗ: 1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
er solig’i har bir soliq davrining 1 yanvariga bo’lgan holatga ko’ra hisoblab chiqariladi va yer solig’ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi.
Yer solig’ini hisoblab chiqarish Soliq Kodeksning 281-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Soliq solinadigan bazada (hisoblangan soliq summasida) soliq davri mobaynida o’zgarish bo’lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida davlat soliq xizmati organiga yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etishi shart.
Soliq davri mobaynida qishloq xo’jaligi ekinlarining umumiy maydonida va tarkibida o’zgarishlar yuz bergan yagona yer solig’ini to’lashga o’tmagan qishloq xo’jaligi korxonalari yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat soliq xizmati organiga joriy yilning 1 dekabriga qadar taqdim etadi.
Yil mobaynida yagona soliq to’lovini to’lashga o’tayotgan umumbelgilangan soliqlarni to’lovchilar — mikrofirmalar va kichik korxonalar umumbelgilangan soliqlar ular tomonidan to’langan davr uchun yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini yagona soliq to’lovini to’lashga o’tilayotgan oyning 10-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi.
Y [ОКОЗ: 1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
er solig’ini to’lash, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, yuridik shaxslar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Soliq davri mobaynida yer solig’i to’lashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani to’lash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Yagona yer solig’i to’lashga o’tmagan qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan yer solig’ini to’lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- hisobot yilining 1 sentyabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
- hisobot yilining 1 dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.