Mavzu: Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i Reja: Yer solig‘ining huquqiy asoslari, iqtisodiy mohiyati. Yer solig‘ini to‘lovchilar



Download 57,71 Kb.
bet2/5
Sana22.06.2022
Hajmi57,71 Kb.
#692365
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i

2. Yer solig‘ini to‘lovchilar.
Soliq qonunchiligiga ko‘ra o‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi­ning norezidentlari yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadi. Agarda soliqqa tortishning alohida tartibi o‘rnatilgan yuridik shaxslar (mikrofirma va kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq ho‘jalik korxonalari, tadbirkorlik faoliyatining qat‘iy soliq to‘lanishi belgilangan yuridik shaxslar, audio va video kassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar) hamda notijorat tashkilotlar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, unda ular shu faoliyatda foydalaniladigan yerlari uchun yer solig‘ini to‘lovchilari hisoblanishadi.
Yer uchastkasidan foydalanganlik uchun soliq solish maqsadlarida mashina-traktor parklari (shu jumladan qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jalik korxonalari hududida barpo etiladigan muqobil mashina-traktor parklari), pilla urug‘i tayyorlash, pilla tayyorlash va birlamchi ishlov berish korxonalari qishloq xo‘jaligi korxonalariga tenglashtiriladi.
Ko‘chmas mulk ijaraga berilganda ijaraga beruvchi yer solig‘ini to‘lovchisi hisoblanadi. Qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslar (savdo korxonalari bundan mustasno) yer solig‘i o‘rniga budjetga ijara haqi to‘laydilar. Ijara haqi taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi, lekin bu haq qonun hujjatlarida belgilangan yer solig‘ining bir stavkasidan kam va uch stavkasidan ko‘p bo‘lmasligi, yerlardan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda esa - bir stavkasi miqdorida bo‘lishi lozim.
Yer ijarachilarining hisobi, ijaraga olingan yer uchun ijara haqi hisob-kitoblarini taqdim etish, ijara haqini hisoblab chiqarish va to‘lash yer solig‘i uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
3.Yer solig‘i ob‘­ekti, bazasi va soliq stavkalari.
Soliq kodeksiga ko‘ra mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari soliq solish ob‘ekti hisoblanadi. Soliq kodeksining 280-moddasiga ko‘ra quyidagilarga soliq solish ob‘ekti sifatida qaralmaydi:
a) aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari jumlasiga maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari va boshqa shu kabi yerlar;
b) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
v) kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsiz­lantirish va ularni utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar);
g) zahira yerlar.
Mavjud yer uchastkalaridan qonun xujjatlariga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlarini chegirib tashlash orqali soliq solinadigan baza aniqlanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi va ularning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi.
Yer solig‘i stavkalari jahon amaliyotida qabul qilinganidek, yer qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida yerning bozor qiymati shakllanmaganligi sababli, 1 gektar sug‘oriladigan yerdan olinadigan dehqonchilik yalpi mahsulotining o‘rtacha qiymatidan kelib chiqib, uni shartli baholash amalga oshiriladi.
Jahon soliq amaliyotida yer solig‘i stavkalari turli mamlakatlarda turlicha belgilanadi, lekin o‘rtacha olganda yer qiymatining 5 foizidan oshmaydi. Soliq stavkalarini belgilashda tuproq boniteti (sifati) hisobga olinadi. Bonitetni aniqlashda tuproqning genetik kelib chiqishi, mexanik tarkibi, sho‘rlanganlik darajasi, tuproq qatlamining suv o‘tkazaolishi, zichligi kabi boshqa tabiiy xossalari hisobga olinadi. Tuproq boniteti 100 balli tizim bo‘yicha aniqlanadi. 100 ball 10 ta klassga bo‘linadi, ya‘ni 1 klass yerlar nol balldan 10 ballgacha, 2 klass yerlar 11 balldan 20 ballgacha, 3 klass yerlar 21 balldan 30 ballgacha va h.k. 10 klass yerlar 91 balldan 100 ballgacha baholanadi. Bunda yerning ball boniteti qancha yuqori bo‘lsa soliq stavkasi ham shuncha yuqori belgilanadi.
Yerlardan noqishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanadigan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2699-sonli qaroriga asosan quyidagicha guruhlanadi:
1. Sug‘oriladigan jamoat qishloq xo‘jaligi yerlari uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
2. Lalmi ekinzorlar, bo‘z yerlar va ko‘p yillik ko‘chatlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
3. Sug‘orilmaydigan pichanzorlar va yaylovlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
4. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
5. Toshkent shahrida yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig‘i stavkalari.
6. Shahar va posyolkalardagi yer uchastkalaridan olinadigan yer solig‘i stavkalari.
7. Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
8. Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun fuqarolardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroridan kelib chiqib, mahalliy xokimiyat idoralari ham o‘zlarining xududiy territoriyasiga qarab qaror chiqarishadi va unda tegishli koeffitsientlar hisobga olinadi.
Qishloq xo‘jalik yerlarining sifati yer uchastkasi mulkdori, yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan) taqdirda, yer solig‘i yerning sifati yomonlashuviga qadar belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.
Shaharlar va shahar qo‘rg‘onlarining ma‘muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jalik ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig‘i qishloq xo‘jalik yerlariga belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida undiriladi.
Yuridik shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan), davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha yer uchastkalari uchun yer solig‘i yuridik shaxslar uchun 2,0 koeffitsientini qo‘llagan holda to‘lanadi. Davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha foydalaniladigan yerlar uchun yuqorida ko‘rsatilgan koeffitsientni qo‘llagan holda yer solig‘i to‘lanmagan taqdirda soliq to‘lovchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazo choralari qo‘llanadi.
Ma‘muriy va sanoat markazlariga nisbatan olganda yer uchastkalarining joylashish joyiga bog‘liq holda qishloq joylari uchun belgilangan yer solig‘i stavkalariga quyidagi koeffitsientlar qo‘llanadi:
-Toshkent shahri atrofida 20 km lik aylanada - 1.30;
-Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti va viloyat markazlari atrofida 15 km lik aylanada - 1.20;
-tuman markazlari atrofida 10 km lik aylanada - 1,15;
-boshqa shaharlar atrofida 5 km lik aylanada - 1,10.
Yer uchastkalarigacha masofa shaharlar va tuman markazlarining ma‘muriy chegaralaridan boshlab avtomobil yo‘llari bo‘ylab belgilanadi. Yer uchastkasi ikki shahar yaqinida joylashgan taqdirda shaharning yuqoriroq funktsional vazifasiga muvofiq keladigan koeffitsient qabul qilinadi.
Bir qishloq aholi punkti doirasida yagona stavkalarni belgilash maqsadida soliq to‘lovchilarga berilgan yerlar, yerlarning qanday qismi ushbu zonaga kirishiga bog‘liq holda, butunlay shahar atrofi zonasiga kiritiladi yoki ushbu zonadan butunlay chiqariladi.
Dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida yer solig‘i stavkalariga, yer sifatiga bog‘liq holda quyidagi koeffitsientlar qo‘llaniladi:
-tuproq boniteti 40 ballgacha bo‘lsa - 0,75;
-tuproq boniteti 41 dan 70 ballgacha bo‘lsa - 1,0;
-tuproq boniteti 70 balldan ortiq bo‘lsa - 1,25.
Shahar va qo‘rg‘onlarning ma‘muriy chegaralarida joylashgan kon va karerlar band etgan yerlar uchun soliq korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun belgilangan stavkalarga 0,1 koeffitsientini qo‘llagan holda to‘lanadi.
O‘rmon xo‘jaliklarida mollarni o‘tlatish uchun foydalanilmaydigan yaylov yerlar uchun yer solig‘i boshqa yerlar uchun stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.

Download 57,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish