|
Mavzu: Yurak qon-tomir tizimining yoshga hos xususiyatlari
|
Sana | 31.12.2021 | Hajmi | 36,67 Kb. | | #267724 |
| Bog'liq Ismailova Nargisa Tursunbayevna(4)
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI MAKTABGACHA TA’LIM
MUASSASALALARI RAHBAR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Mavzu: Yurak qon-tomir tizimining yoshga hos xususiyatlari
Mustaqil ish
Bajardi: Ismailova Nargisa
Toshkent-2021
Mavzu: Yurak qon-tomir tizimining yoshga hos xususiyatlari
Yosh bola organizmidagi yurak-qon tomir tizimi kattalarnikidan farq qiladi. Bola
tug’ilishi bilan yurak-qon tomir tizimining mofo-funktsional qayta qurilishi yuz
beradib, kichik qon aylanish doirasi faoliyat ko’rsatib boshlaydi. Ёsh bolalarda
arteriyalar venalarga nisbatan kengroq bo’lib, kuchliroq rivojlangan bo’ladi.
Shuningdek kapilyar tizimi h’am kuchli rivojlangan bo’ladi. Yurakning qon
xaydash kuchi kamligi sababli kattalarnikiga qaraganda bolarda arterial bosi
pastroq bo’ladi. Bunga yana qon tomirlar elastikligi va ularnig kengroqligi sabab
bo’ladi.
Yosh bolalar organizmida qon aylanish tizimi qator anatomik o’ziga h’os
xususiyatlar bilan farqlanib, ular yurakning patologiyasi va funktsional
qobiliyatlarida o’z aksini topadi.
Yangi tug’ilgan bola yuragi nisbatan yirik bo’lib, tana massasining 0,8 % -ni
tashkil qiladi. 3 yoshga borib yurak massasi tana massasinig 0,5 % -ni tashkil
qiladi, yani katta odam yuragi kakbi bo’ladi. İkki yoshgacha asosan bo’lmachalar,
10 yoshgacha qorinchalar jadal rivojlanadi. Lekin bolalik davrning barcha
davrlarida yurak h’ajmining oshib borishi tana o’sishidan orqada boradi. Yangi
tug’ilgan bola yuragi sharsimon shaklga ega bo’ladi, chunki bunda qorinchalar xali
yaxshi rivojlanmagan va bo’lmachalar o’lchami nisbatan kattaroq bo’ladi. 6
yoshda yurak katta odamlarnikiga o’xshash oval shaklga ega bo’lib boradi.
Yurakning joylashishi bola yoshiga bog’liq. Tug’ilgandan ikki yoshli
bo’lguncha ulada diafragma yuqori joylashganligi sababli yurak gorizontal
joylashadi. 23 yoshga borib uning joylashishi qiyalashadi. Yangi tug’ilgan bolalar
yuraginging o’ng va chap tomoni devorlari qalinligi deyarli bir xil bo’ladi. Asta
sekin yurak yuklamasi oshib borgan sari chap qorincha devori o’ng tomondagiga
nisbatan qalinlashib boradi.
Bola bir necha h’afta vo oylik bo’lguncha qon tomirlar va yurakning o’ng va
chap tomonlari orasida turli ko’rinishdagi aloqalar, bo’lmachalar orasidagi oval
teshikcha, arterial oqim yo’li, kichik qon aylanish doirasidagi arteriolo-venulyar
anastamozlar va boshqalar saqlanib qoladi. Bular natijasida qon yuqori bosimli
kameradan kichik bosimli kameraga qisman oqib o’tadi. Bazi h’ollarda (o’pka
gipertenziyasi, nafas olishdagi etishmovchiliklar) o’pka arteriyasida va yurakning
o’ng kameralarida bosim oshib, qon oqimi buzilishi, arterial qonning venoz qon
bilan qo’shilib ketishi (o’ngdan chapga shuntlanish) yuz berishi mumkin.
Ёsh bola orgaizmida qon tomirlari ancha keng bo’ladi. Venalar kengligi
arteriyalar kengligiga teng bo’ladi. Venalar jadallroq o’sib, 15-16 yoshga borib
arteriyalardan 2 barobar keng bo’lib qoladi. 10 yoshgacha aorta o’pka arteriyasidan
torrroq bo’ladi, asta-sekin ular diametri tenglashadi va bolog’at yoshga borib aorta
diametri o’pka arteriyasidan katta bo’lib qoladi.
Ёsh organizmda kapillyarlar yaxshi rivojlanga bo’ladi. Katta odamlarnikiga
qaraganda ularning o’tkazuvanlik xususiyatlari yuqori bo’ladi. Kapillyarlar
kengligi va ularning ko’pligi qon turib qolish h’odisasi yuz berish eh’timolini
oshiradi. Shu sababli bu yoshdagi bolalarda pnevmoniya va osteomielit kasalliklar
ko’proq uchraydi.
Bolalarda qon oqimi tezligi katta bo’lib, yoshi katalashgan sari tomirlar
ko’lami oshishi va yurak urish chastotasi kamayishi bilan u sekinlashib boradi.
Ularda arterial puls kattalarnikiga qaraganda tezroq bo’ladi. Buning sababi
shundaki yosh oragnizmda yurak qisqaruvchanligi yuqori, adashgan nervning
yurakka tasiri kam va modda almashinuvi darajasi yuqori bo’ladi. Tana
to’qimalaring qonga bo’lgan talabini qondirilishi yurakning h’ajmi emas, balki
uning urish tezligini oshirish bilan amalga oshiriladi.
Eng katta yurak urish tezligi chaqaloqlarda kuzatiladi (1 daqiqada 120-140 -
ta). Kattargan sari bu tezlik kichiklashadi, va 1 yoshga borib bu ko’rsatgich 110-
120 –taga, 5 yoshga – 100 –taga, 10 yoshga – 90-taga, 12-13 yoshga borib 80-70 -
tagacha tushadi.
Kichik yoshda puls katta labillik bilan ajralib turadi. Bola yig’lashi, baqirishi
yoki tana h’aroratining oshishi pulsni oshirib yuboradi. Bolalar pulsi uchun nafas
aritmiyasi h’osdir, yani nafas olganda u tezlashib, chiqarganda sekinlashadi.
Ularda arterial bosim kattalarnikiga nisbatan past bo’ladi. Bola yoshi qancha kichik
bo’lsa arterial bosim h’am shuncha past bo’ladi. Arterial qon bosimning pastligi
chap qarincha h’ajmining kichikligi, qon tomirlari ancha kengligi va arterial qon
tomirlar devorlari elastikligidan kelib chiqadi.
Bolalarda nisbiy yurak massasi va kon tomirlar kengligining katta bo’lishi
kattalar organizmidagiga qaraganda qon aylanish sharoitlari ancha engil bo’ladi.
Nisbiy qon massasi kattaligi va almashinuv jarayonlarining o’ziga h’os
xususiyatlarga ega ekanligi yosh yurakka katta talab qyyadi. Shunga ko’ra yosh
bola yuragining ishlash qobiliyati katta odamnikiga qaraganda yuqori bo’ladi.
Keksarish boshlanishi bilan organizmning anaerob imkoniyatlari kamayib
keta boshlaydi. Kislorodning maksimal o’zlashtirilishi 60-70 yoshlilarda 20-30
yoshli erkak va ayollarda bo’ladigan ko’rsatgichning 45-50 % ni tashkil qiladi,
xolos. Qarib borgan sari O
etishmaydigan sharoitda ishlash shuncha og’ir bo’la
boshlaydi. Bunday odamlar qonida O
ning kamayishiga chidamsiz bo’ladilar,
shuning uchun h’am ularda nafas olishni ixtiyoriy to’xtatib turish vaqti yosh
organizmlarga qaraganda ancha kam bo’ladi. Agar yoshlar qonda kislorodning
kamayishi 80-84 % borguncha nafas olishni to’xtatib turish imkoniyatiga ega
bo’lsalar, keksalar bu ko’rsatgich 88-90 tushishi bilan ixtiyoriy ravishda nafas
olishni to’xtatib turishni tark etishadi. Keksarib borgan sari ateroskleroz,
gipertoniya xastaliklari tez-tez uchrab turadi. Yurakda qo’zg’aluvchanlik,
o’tkazuvchanlik qisqaruvchanlik pasayadi, yurak muskullaridagi mitoxondriyalar
va ularning oksidlantirish xususiyatlari kuchsizlanadi. Yana yurak muskullarida
glikogen zaxirasi va ATF va kreatinfosfot kabi energiyaga boy birikmalarning
yangilanib turishi qiyinlashib qoladi. Yurak urish chastotasi kamayadi, yurakning
sistolik va minutlik h’ajmi ozayadi. Keksa kishilarda o’rta yoshli odamlarga
qaraganda yurakning sistolik h’ajmi 23 %, minutlik h’ajmi ega 24 % kamayadi.
BMT departamenti malumotlariga qaraganda, 60 va undan katta yoshdagi
axoli soni 1950 y. 188 mln, 1970 y. 298 mln., 2000 y. 685 mln kishini tashkil
qilgan. Kesa yoshagi axoli sonining oxirgi 50 yil ichida uch barobar oshishi
umumiy axoli soning oshishiga nisbatan ancha yuqori darajadadir. Bu qonuniyat
Uzbekiston Respublikasi uchun h’am h’osdir.
Ёsh o’tib borgan sayin yurakning o’z-o’zini idora qilish qobiliyati susayib
boradi. Olib borilgan tekshirishlarga ko’ra, yurak ritmidagi o’zgarishlar yosh oshib
borgan sayin tobora chuqurlashib boradi. Yani, yurakka vegetativ tizimning
parasimpatik tonus tasiri kamayadi, simpatik tonuslar tasiri oshadi. Bunda
yurakning adaptatsion xususiyatlari susayib boradi, uning sistolik h’ajmi
kamayadi. Brandfondrener taqdim etgan malumotlarga ko’ra, uchinchi o’n
yillikdan boshlab sistolik h’ajm kamayib boradi, 50 yoshdan boshlab bu
ko’rsatgich yiliga 1 %-ga tushib boradi.
Shunday qilib, qarish natijasida qon-tomir tizimida qator strukturali va
funktsional o’zgarishlar ro’y beradi. Bu o’zgarishlar shunchaki involyutsion yoki
buzilishga olib keladigan xodisalar bo’lib qolmasdan, balki kompensator va
moslashtiruvchi, yani adaptatsion mexanizm asosida organizmni adekvat ravishda
qon bilan taminlanishini belgilaydigan jarayonlardir bo’lib xizmat qiladi. Ёsh o’tib
borishi bilan yurak-qon tomir tizimining adaptatsion chegaralari torayib boradi va
bu mexanizmning ishonchliligi kamayib boradi, yurak ritmining vareabelligi
kamayib boradi.
Yurak-qon tomir tizimi organizmda h’ujayra va to’qimalarni qon bilan
taminlash va qon o’zining barcha funktsiyalarini bajarishida kerakli sharoit yaratib
beradi. Bu tizimning morfo-funktsional h’olati va tegishli ravishda uning faoliyati
organizmnig shaxsiy rivodlanish davriga qarab rivojlanib boradi. Odam xayotining
h’ar bir bosqichida organizm oldida qo’yiladigan yangi talablarni bajarilishda bu
tizim asosiy rol o’ynaydi.
Organizm xayot davomida o’sish va rivojlanish bilan bir qatorda malum
faoliyatda bo’lib turadi va doimiy ravishda energiya sarfi amalga oshib turadi.
Bunda ayniqsa katta energiya jismoniy faoliyatga sarflanadi. Organizmni
energiya bilan taminlanishi h’ar bir h’ujayraga organik moddalardan oksidlanish va
energiya ajratish uchun kislorod etkazib turishi asosiy shart h’isoblanadi. Wpkada
kislorod bilan to’yingan qonni tanaga tarqatib u erdan karbonat angidridni o’pka
alveolalariga etkazish jismoniy faoliyatni to’laqonli amalga oshirish uchun asosiy
sharoit bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga faoliyat ko’rsatib turgan muskul
to’qimasi unga doimiy ravishda energiya manbasi (glyukoza, yog’) kelib turishi va
undan almashinuv maxsulotlari (sut kislotasi) ajratilib turishi va muh’itning
doimiyligini saqlanib borishini talab qiladi. Bunda h’am qon va qon aylanish tizimi
asosiy rol o’ynaydi.
Yurak-qon tomir tizimi organizm o’sib rivojlanishiga bog’liq ravishda uning
morfologik h’olatlari va funktsional imkoniyatlari o’zgarib boradi. Bu tizimdagi
rivojlanishning eng jadal kechadigan davriga chakaloqning tug’ilgan vaqtidan bir-
necha h’aftalik bo’lgincha bo’lgan davr, balog’atlikka etish davri va keksayishdagi
involyutsion o’zgarishlar davri kiradi.
Yurak-qon tomir tizimidagi yoshga oid o’zgarishlar bu tizimni
organizmning jismoniy faoliyatini etarli amalga oshirishdagi ishtirokini taminlab
turadi. Har bir rivojlanish bosqichida organizmning jismoniy imkoniyatlari bu
tizimning funktsional h’olati bilan belgilanadi.
Shu navbatida jismoniy faoliyat va sport bilan shug’ullanish qon va qon
aylanish tizimiga kuchli tasir etib, qonning birinchi navbatda organizmni kislorod
bilan taminlash qobiliyatlarini oshiradi va bu tizimning meyoriy rivojlanishinii
belgilaydigan asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|