MAVZU: YUNON-BAQTRIYA MADANIYATI Reja:
1. Yunon-Baqtriya davlatining tashkil topishi.
2. Yunon-Baqtriya davlatining qulashi
3. Yunon-Baqtriya
Iskandar vafotidan so`ng u tuzgan saltanat bir necha katta-kichik davlatlarga bo`linib ketgan. Ularning biri Salavkiylar davlati edi. B0-yilda o`zini Baqtriya podshosi deb e`lon qiladi.8
Davlat ishlariga yunonlar va mahalliy baqtriyalik zodagonlar jalb qilinganligi uchun bu davlat Yunon-Baqtriya aldi. Bu davlatning asosi dastlabki Baqtriya bo`lgan, uning poytaxti Zariasp edi. Keyinchalik bu shahar Baqtr nomi bilan mashhur bo`lib ketdi.
Diodot davri.Diodot I va Diodot II lar davrida Yunon-Baqtriya So`g`diyona, Marg`iyona, Choch, Davon, Sharqiy Eron hisobiga kengayadi. Miloddan avvalgi 230-yili So`g`diyona noibi Yevtidem I qo`shinlari Diodot II qo`shinlarini yengib Baqtriya taxtini egallaydi. Miloddan avvalgi 208–206-yillarda Salavkntiox III bilan
Yevtidem I o`rtasidagi ikki yilga cho`zilgan urush, sulh bilan tugaydi. Antiox III Yevtidemning shohligini tan olishga majbur boladi. Chunki shu davrda shimoldan ko`chmanchi qabilalar xavf solib turgan edi. Yevtidem I va uning o`g`li Demetriy davrida Yunon-Baqtriya kuchayib Seyistondan Hind daryosigacha bo`lgan yerlar Yunon-Baqtriya podsholigiga qo`shib olinadi.
Yunon-Baqtriya podsholigining parchalanishi va qulashi.
d shohi Menandr qo`shinlari Yevkradit qo`shinlarini Panjobdan uloqtirib tashlaydi. Yunon – Baqtriya davlatining barham topishi
Shu davrda Parfiya podshosi Mitridat I Yunon-Baqtriyaning g`arbiy viloyatlarini bosib oladi. Miloddan avvalgi 160-yili Yevkradit bilan o`g`li Geleokl o`rtasida janjal chiqadi. Yevkradit o`z o`g`li Geleokl tomonidan o`ldiriladi. Geleokl davrida Yunon-Baqtriya davlati kuchsizlanib, uning ixtiyorida Baqtriyagina qoladi. Miloddan avvalgi 140–130-yillar orasida shimoli-sharq va shimoltomondan sak va yuechji qabilalarining shiddatli hujumlari boshlanadi. Bu hujumlar natijasida Yunon-Baqtriya davlati ag`darib tashlanadi. Shu bilan 120 yil davr surgan Yunon-Baqtriya davlati ham barham topadi.Yunon-Baqtriyada yunon va mahalliy baqtr madaniyatining aralashuvi natijasida ellivujudga kelgan. Haykaltaroshlik, rassomchilik, naqqoshlik kabi tasviriy san`at ham rivoj topgan. Yunon-Baqtriyada hindlarning buddizm, zardushtiylik va yunonlarning ko`p xudolik dinlari aralashib ketgan edi.