Mavzu: Yoshlarga oid davlat siyosati



Download 83,6 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2022
Hajmi83,6 Kb.
#596261
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Mavzu Yoshlarga oid davlat siyosati

REFERAT

Mavzu: Yoshlarga oid davlat siyosati

Bajardi:________________________


Tekshirdi:______________________

Reja:


  1. O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi.

  2. Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning nazariy - huquqiy asoslari.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni haqida.


1. O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi.
O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunida yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy kafolatlar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, bu qonunning qabul qilinishi yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlarni ham ko‘zda tutdi. Qonunning 1-moddasida “Yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustivor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir,” deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbekistonda qurilayotgan fuqarolik jamiyati, hayotimizga kirib kelayotgan modernizatsiya jarayonlari va islohotlar samarasi eng avvalo yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga qaratilgan. Globallashuv jarayonida demokratik nuqtai-nazardan yangilanayotgan, o‘zgarayotgan hayot yoshlarimizni o‘ziga xos sinovdan o‘tkazmoqda. Jamiyatning kelajagi yoshlar bilan bog‘liq va ular taraqqiyotning asosiy kuchi hisoblanadi. O‘z navbatida yoshlarimiz ham ilm-fan va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlari bilan davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikka munosib javob bermoqdalar. Shu bois mamlakatimizda jamiyatni demokratlashtirish, modernizatsiyalash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida yoshlarning o‘rni kuchayib bormoqda. Yoshlarga doir olib borilayotgan davlat siyosati: bu borada mavjud qonunchilik, yangi qarorlarning qabul qilinishi va islohotlarning amalga oshirilishi mustahkam kuchli tayanch bo‘lmoqda. O‘zbekistonda yoshlarga mamlakatning kelajagi sifatida e’tibor berilib, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi:
— millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar yoshlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish;
— yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish;
— milliy, madaniy an’analarning avloddan-avlodga o‘tishi, avlodlarning ma’naviy aloqasi;
— yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o‘z manfaatlarini amalga oshirish yo‘llarini erkin tanlab olishlariga kafolat berish;
jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi;
— huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligini ta’minlash.
Yoshlarga oid davlat siyosati yuqoridagi qoidalarga binoan o‘z mazmunini doimiy takomillashtirish, muntazam ravishda o‘z e’tiborini jamiyat hayotining eng murakkab jihatlariga qaratish yo‘nalishlarida keng rivojlantirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodga qaratilgan davlat siyosatining bosh tamoyillari davrga hamohang tarzda takomillashib, o‘z mazmunini boyitib hamda ichki sur’atini namoyon etib bormoqda. Buning natijasida yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi sohasida O‘zbekiston Respublikasida quyidagi vazifalar belgilandi:
— respublika hududida yoshlarga oid davlat siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tashqiliy asoslarini belgilash;
— yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ta’minlash;
— yoshlarga oid davlat siyosati boshqaruv idoralarini tuzish;
— yoshlarga oid davlat siyosati sohasida Respublikada kompleks va aniq maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
— yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘larni tasarruf etish;
— respublika yoshlarining manfaatlarini O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari doirasida ifodalash;
— respublika hududida yoshlarning va ular birlashmalarining ijtimoiy munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish;
— respublika yoshlarining, yoshlar jamoat uyushmalarining tashabbuslarini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va tashqiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
— hamma huquq sub’ektlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida yoshlarga nisbatan belgilab qo‘yilgan majburiyatlariga rioya etishlarini nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid siyosatni shakllantirish hamda amalga oshirishning boshqa masalalari.
Yuqorida belgilangan vazifalar asosida mamlakatda ta’lim sohasini bosqichma-bosqich, aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda isloh qilish bo‘yicha uzoqni ko‘zlagan dasturlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Chunki jamiyatning kelajagi yoshlarning tarbiyasi va ta’lim olishlari, oliy insoniy qadriyatlarni o‘zlashtirishlari, ijtimoiy faoliyatga tayyorligi bilan belgilanadi. Umummilliy dasturlar doirasida o‘tgan davr mobaynida yurtimizdagi ta’lim muassasalari: maktablar, litsey va kollejlarning zamonaviy moddiy-texnik va o‘quv bazasini shakllantirish va mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi standartlar, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish borasida ko‘lami va ma’no-mazmuniga ko‘ra ulkan ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya natijasida yoshlarga har tomonlama g‘amho‘rlik ko‘rsatilmoqda. Masalan, Oliy o‘quv yurtlariga shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan yoshlarga imtiyozli kredit olib o‘qishlarini davom ettirayotganlari va muddatli harbiy xizmatni o‘tab imtiyozli ball yordamida Oliy o‘quv yutlariga o‘qishga kirayotgan yoshlarni ta’kidlash o‘rinli. Yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirish ular bilan ishlashning eng muhim yo‘nalishi va ularni jamiyatning ijtimoiy faol qismi sifatida tarbiyalashning bosh omili bo‘lib qolmoqda. Bu o‘rinda ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga etkazish masalasi biz uchun umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifa bo‘lib, bu ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimizni izchil va qat’iyatlilik bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turganini yana bir marotaba ta’kidlab o‘tmoq lozim. Yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish jismoniy, aqliy, axloqiy jihatdan o‘sishini va O‘zbekiston xalqining manfaatlari yo‘lida ijtimoiy kamol topishini ta’minlash uchun yosh fuqarolar va ularning oilalariga beriladigan davlat kafolatlarini o‘z ichiga oladi.O‘zbe kiston Respublikasida yoshlar uchun, tibbiy xizmat, ta’lim olish, sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy muassasalarga imtiyozli shartlarda qatnash, uy-joy qurish, ro‘zg‘or buyumlari sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish, dastlabki mehnat faoliyati uchun ish joyi bilan ta’minlanish yoki amaldagi qonunlarga muvofiq moddiy kompensatsiya olish huquqi, ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini loyihalash va qurish chog‘ida yoshlarning talab-ehtiyojlarini hisobga olish, o‘quvchilar, talaba yoshlar va voyaga etmagan fuqarolar uchun transportda yurish imtiyozlari, voyaga etmaganlarga kompensatsiya to‘lovlarini kafolatlovchi ijtimoiy ta’minlanish minimumi belgilanadi.
Voyaga yetmaganlarni, yosh fuqarolarning ayrim toifalarini ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar, shuningdek ularning huquqlarini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Fuqarolik jamiyati ijtimoiy hayotning davlat ta’siri va aralashuvidan, ma’muriy tazyiqlardan holi bo‘lgan hamda insonlarning xususiy turmush sohasini tashkil etuvchi munosabatlar majmuidan iborat ekanligi hamda fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta’minlanishi, yoshlarning ijodiy salohiyati va iste’dodining bevosita ro‘yobga chiqarilishiga keng imkoniyat yaratilgan.


Download 83,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish