Mavzu: Yosh futbolchilarni umumiy va jismoniy tayyorgarligini tarbiyalash


Yosh futbolchilarni mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar



Download 138,5 Kb.
bet4/5
Sana23.12.2022
Hajmi138,5 Kb.
#895125
1   2   3   4   5
Bog'liq
futbol

1.2. Yosh futbolchilarni mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar

Mashg’ulot sistemali ravishda olib borilishi, planli bo’lishi, uzoq vaqt mobaynida to’xtatilmasligi kerak. Faqat shundagina u futbolchilar mahoratini oshirishning zo’r omili bo’lishi mumkin.


Mashg’ulot jarayonida futbolchilarda ijobiy emosional holat vujudga keltirish uchun ularga mashg’ulot va musobaqalarning maqsadi, natijalarini tushuntirib berish zarur. Shuningdek, trenirovkaning turli xil metodlari, formalari va vositalarini qo’llanish, sharoitni o’zgartirish, trenirovkaga musobaqa element-larini kiritish kerak
Mashg’ulot va musobaqalar uchun qulay sharoitlar yaratish zarur. Shu bilan birga futbolchi musobaqada juda turli sharoitlarga duch kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Shuning uchun u bu sharoitlarga moslasha bilishi lozim, bunga esa maxsus trenirovka bilan erishiladi.
Mashg’ulot jarayonida futbolchilarning layoqati va mahorati ortib borishi uchun butun mashg’ulot davomida qat’iy ravishda pedagogik va vrach nazoratini yo’lga qo’yish zarur. quyidagilar mashg’ulotni maqsadga muvofiq tuzishning asosiy shartlaridir:
1. Sport nagruzkalarining me’yorini belgilashda tadrijiylik.
2. Musobaqa, mashg’ulot va dam olishni to’g’ri navbatlantirish.
3. Sport faoliyatining optimal ritmi.
4. Mashqlar, mashg’ulot va musobaqalarni taqsimlashda sistemalilik va izchillik.
Sport nagruzkalari umumiy ish hajmini, mashg’ulotlar jadalligi va ularning davomiyligini oshirish hisobiga asta-sekin ko’paytirib boriladi. Bunda quyidagilarni:
A) har bir mashg’ulot va musobaqani o’tkazishda ishga sekin-asta kirishishni;
B) dam olish, kasallik, jarohatlanish va mashg’ulotdagi boshqa uzilish (ma’lum vaqtgacha mashg’ulot qilmaslik)dan keyin ishga asta-sekin kirishishni;
V) yillik sikllarning ayrim qismlari, bosqichlari, davrlarida sport nagruzkalarini asta-sekin oshirib borish va kamaytirishni nazarda tutish lozim.
Har bir mashg’ulot va musobaqadan oldin chigil yozish o’tkaziladi. Uning mazmuni esa futbolchilarning holati va ularning individual xususiyatlari hamda atrof-muhit sharoitiga qarab o’zgartiriladi.
Mashg’ulotlarida uzilish bo’lgan va bu uzilish ularning ishchanlik qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatgan futbolchilar uchun maxsus mashg’ulot rejimi tuziladi, bu hol ularning butun gruppaning tayyorgarlik darajasiga yetib olgunlariga qadar javom etadi. Bunda mashg’ulotlarni jadallashtirish emas, balki mashg’ulot musobaqalarga asta-sekin kirishishi muhim ahamiyatga ega.
Mashg’ulot sikllari va o’yinlar oralig’idagi sikllarda musobaqalar va dam olish kunlaridan mashg’ulotlarga, o’rtacha nagruzkali mashg’ulotdan katta nagruzkali mashg’ulotlarga va aksincha, katta nagruzkali mashg’ulotlarga asta-sekinlik bilan o’tilishiga rioya qilinadi.
Nagruzkalar ikki kun dam olish oralig’ida o’zgartiriladigan, keyin esa taxminan dam olgandan keyingi tartibda davom etadigan sikl mashg’ulot qilish sikli deb ataladi. Musobaqa ham trenirovka vositasi hisoblanadi.
Nagruzkalar ikki musobaqa oralig’ida o’zgartiriladigan, taxminan har bir musobaqadan keyingi tartibda takrorlanadigan sikl o’yinlar oralig’idagi sikl deb ataladi.
Musobaqalar sport nagruzkalari darajasini aniqlash uchun oriyentir (mo’ljal) bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumki, ular futbolchining organizmiga ta’sir ko’rsatish bilan mashg’ulotlardan farq qiladi. Katta nagruzkali mashg’ulotlar musobaqada qatnashganda kuzatiladigandek aniq ifodalangan reaksiya hosil qilmaydi. Bunda quyidagilarni aytishning o’zi yetarli, o’rtacha nagruzkali mashg’ulotdan keyin futbolchilar 1 kg og’irlik, katta nagruzkali mashg’ulotdan keyin – 2 kg ga yaqin, musobaqadan esa – 3 kg og’irlik yo’qotadilar. Tomirning urishi chastotasi, qon bosimi, nafas olish tezligi, dinamometriya, ko’zning elektr sezuvchanligi va boshqa ko’rsatkichlarning o’zgarish ma’lumotlariga ko’ra ham taxminan shunday fiziologik o’zgarishlarni kuzatish mumkin.
Jismoniy nagruzkalarning ayrim funksiyalarga, shuningdek tiklovchi reaksiyalarga ta’siri qo’llaniladigan mashq turlari, ularni bajarish jadalligi va davomiyligi, mashqlarning qancha takrorlanishi va ular oralig’idagi pauzalarning ko’p-ozligi bilan belgilanadi .
Fiziologik ta’sirning yo’nalishi bo’yicha trenirovka nagruzkalari quyidagi turlarga bo’linadi:
ko’proq aerob funksiyalarga (o’pkadan nafas olish, yurak, qon aylanish apparati, kislorodning to’qimalarda foydalanilishi sistemasi va hokazolar) ta’sir etuvchi nagruzkalar;
aralash ravishda aerob-anaerob ta’sir etuvchi nagruzkalar (organizmning ham aerob, ham anaerob funksiyalarining rivojlanishiga stimul beruvchi nagruzkalar);
anaerob-glikolitik ta’sir etuvchi nagruzkalar;
anaerob-alaktat ta’sir etuvchi nagruzkalar;
anabolik almashinuv sohasiga ko’proq ta’sir etuvchi nagruzkalar (muskul massasi va kuchining ortishiga olib keluvchi oqsil birikmalarining sintezi).
Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga qo’yiladigan spesifik talablar xarakteriga ko’ra nagruzkalar quyidagilar uchun foydalaniladi; ya’ni:
tezlik-kuch tayyorgarligi uchun;
umumiy chidamlilikni oshirish uchun;
tezlikka chidamlilikni oshirish uchun.
Nagruzkalar hajmiga ko’ra katta, o’rta, kichik nagruzkalarga bo’linadi. Bunda spesifik mashqlardan ham (texnik-taktik mashqlar), nospesifik mashqlardan ham (to’psiz bajariladigan) foydalaniladi.
Nagruzkalarni planlashtirishda uning hajmi mashg’ulotning davomiyligi bilan emas, balki jadalligi bilan belgilanishini yodda tutish kerak. Masalan, minutiga 165-180 marta ChSS bilan to’p tepib bajariladigan 70 minutlik ish – katta nagruzka, xuddi shuncha vaqt davomida minutiga 130-150 marta ChSS bilan to’p tepib ishlash kichik nagruzkali mashg’ulot hisoblanadi.
Turli xildagi sport nagruzkalaridan keyin futbolchilar organizmidagi tiklanish jarayonlarining qonuniyatlarini bilish juda muhimdir. Tiklanish jarayonlari qanday sodir bo’lishi bir qator belgilar (qon bosimi, elektrokardiogramma ko’rsatkichlari, og’irlik, qo’lning muskul kuchini o’lchash, qon tomirlarining tonusi, yurakning qisqarish chastotasi, ko’zning elektrik sezuvchanligi: qo’shimcha nagruzkalarga ko’rsatiladigan ta’sir va boshqalar) bo’yicha o’rganiladi.
Mashg’ulot va musobaqa futbolchilar organizmida charchashning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi; to’liq tiklanish uchun, ayniqsa nerv hujayralarining tiklanishi uchun organizmga yetarli bo’lgan dam olish imkoniyati berilmasa, bu charchash holdan toyishga o’tib ketishi mumkin. Dam olish – trenirovkaning ajralmas qismi bo’lib, bu dam olish jarayonida futbolchi organizmi har bir mashg’ulot va musobaqadan keyin ortib boruvchi ishchanlik qobiliyatini saqlab qoladigan qilib tashkil etiladi.
Futbolchi faoliyatida dam olishning quyidagi formalari kuzatiladi:
1. Mashg’ulotlardagi mashqlar oralig’idagi pauzalar (mikropauzalar).
2. Har kungia dam olish (kun davomida, o’yinlardagi tanaffus vaqtida, mashg’ulotlarda, uyquda).
3. Har haftalik dam olish (har bir siklning oxirida, boshida).
4. Har yilgi dam olish.
Maqsadga muvofiq tuzilgan trenirovkaning eng birinchi sharti – mashqlar, mashg’ulotlar va musobaqalar oralig’idagi optimal davom etadigan dam olish intervallariga rioya qilishdir. Ular haddan tashqari uzoq davom etmasligi kerak (ayni vaqtda juda qisqa ham bo’lmasligi zarur). Organizmda tiklanish jarayonlarining muvaffaqiyatli o’tib borishiga yordam berish bilan bir vaqtda, dam olish avvalgi ishlarning izini, ya’ni trenirovka natijalarini yo’qotib yubormasligi lozim.
Dam olishning davom etishi va mazmuni undan oldingi o’tkazilgan mashqlar, mashg’ulotlar yoki musobaqalarning jadalligiga hamda futbolchining mashq ko’rganlik darajasiga qarab belgilanadi. Mashq ko’rganlik darajasining o’sishi bilan organizmda tiklanish jarayonlari tezroq o’tib boradi, binobarin, tiklanish uchun ham kam vaqt kerak bo’ladi, dam olish intervallari ham qisqa bo’lishi mumkin.
Trener bilan vrach turli xil mashg’ulotlar, musobaqalar, trenirovka va o’yin oralig’idagi sikllardan keyin tiklanish jarayonlari qanday o’tib borishini o’rganadilar hamda futbolchilar dam olishining optimal intervallarini aniqlaydilar. Bu sport nagruzkalari yuqori bo’lgan va musobaqalar tez-tez bo’lib turadigan sharoitda organizmning toliqib qolishining oldini olishga hamda mashqlar, mashg’ulotlar va musobaqalardan futbolchilarning sport sohasidagi ishchanlik qobiliyatini oshirish va ular mahoratining o’sishi uchun yaxshiroq foydalanishga imkon beradi.
Dam olishning mazmuni qat’iy individuallashtirilgan bo’lishi kerak. Har haftalik va har yillik dam olishning tashkil etilishiga alohida e’tibor beriladi, chunki ko’pincha bunday dam olish passiv formada o’tadi, bu esa futbolchilarning ishchanlik qobiliyatini juda ham pasaytiradi.
Musobaqalar organizmga birinchi navbatda nerv sistemasiga, katta nagruzka bilan bajariladigan mashg’ulotlarga qaraganda ham yuqoriroq talab qo’yadi. Shuning uchun musobaqalardan keyingi dam olish intervallari, mashg’ulotlardan keyingi dam olishga nisbatan ko’proq bo’lishi kerak. qator musobaqalardan so’ng dam olish zarur. Dam olish musobaqa sharoitlariga ko’ra sportchilarni yuqori sport nagruzkasidan chalg’itadigan tarzda bo’lishi mumkin (mashg’ulotlar jadalligini pasaytirish, boshqa xarakterdagi mashg’ulotga o’tish, qo’shimcha dam olish va hokazolar).
Bundan tashqari, futbolchilar organizmida tiklanish jarayonining muvaffaqiyatli o’tib borishi uchun maxsus tiklash tadbirlari (hammom, massaj, vitaminlari ko’p bo’lgan ovqatlar iste’mol qilish) amalga oshiriladi. Shuningdek, futbolchilarning uyqu va ovqatlanish rejimiga, shaxsiy gigiyenasi va hokazolarga ham e’tibor berish kerak.



Download 138,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish