Mavzu: Yosh futbolchilarni umumiy va jismoniy tayyorgarligini tarbiyalash



Download 138,5 Kb.
bet2/5
Sana23.12.2022
Hajmi138,5 Kb.
#895125
1   2   3   4   5
Bog'liq
futbol

Tadqiqotning maqsadi. Yosh futbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishni ilmiy nazariy jixatdan asoslash.
Tadqiqotning vazifalari:
1. Yosh futbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalashdagi mashg’ulot jarayonini o’rganish.
2. Jismoniy tayyorgarlik bo’yicha test sinovlarini qabul qilish.
3. Sport maktabi mashg’ulotlarining motor zichligini tekshirish.

I-BOB. MASHG’ULOTLARDA UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIKNI OSHIRISH

Sportchining umumiy tayyorgarligini, ular tanlagan sport turi uchun xos bo’lmagan, biroq sport faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadigan har tomonlama jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash nazarda tutiladi (M.A. Godik, 1980; V.N. Platonov, 1988).


Futbolchining jismoniy tayyorgarligi sport mashg’ulotining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi va jismoniy sifatlar – kuch, chidamlilik, epchillik, tezkorlik, chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan jarayondir.
Futbolchining umumiy jismoniy tayyorgarligi yuqori natijalarga erishish uchun poydevor asos hisoblanadi. U asosan quyidagi vazifalarni hal etishni ta’minlaydi:
1. Futbolchi organizmining har tomonlama garmonik rivojlantirishi, uning funksional imkoniyatlarini oshirishi, jismoniy sifatlarini rivojlantirish.
2. Salomatlik darajasini oshirish.
3. Shiddatli trenirovka va musobaqa nagruzkalari davrida faol dam olishdan to’g’ri foydalanish. Umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlik uchun zamin yaratadi. Ya’ni tanlangan sport turida kamol topish uchun zarur shart-sharoit sifatida kuchlilikni, tezkorlikni, chidamlilikni, epchillikni, chaqqonlikni har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi.
So’nggi yillarda nashr etilgan sport adabiyotlarida sport mashg’ulotlariga sportning jismoniy harakatini boshqarish jaryoni sifatida qarash ko’p bora ta’kidlangan. Hozirgi paytda testlar sportning har xil turlarida keng qo’llaniladi. Ulardan tezkor, joriy hamda oraliq nazoratda foydalaniladi. Futbol sohasida mutaxassislar (V.P.Klimin, 1984; R.A.Akramov,1989; I.A.Koshbaxtiyev, 1998; R.I.Nurimov va boshqalar) sportchilarning jismoniy tayyorgarligini turli jihatdan baholashga eng ko’p ahamiyat beradilar.
Futbolchilarni o’yin faoliyati faqat sakrash, yugurish va yurishdan iborat emasligi, ularning harakati anchagina murakkab bo’lib, raqib bilan kurashishi, eng katta tezlikda yugurishi, murakkab taktik vazifalari bajariladi. Shuning uchun futbolchi-larning jismoniy tayyorgarligi ularning o’yin faoliyatini xarakterini hisobga olgan holda shunday qilish kerakki, bu ularga texnik va taktik mahoratini takomillashtirishga asos bo’lsin.
R.A. Akramov, A.A. Suchilin (1982)lar futbolchining umumiy tayyorgarligi jismoniy qobiliyat har tomonlama tarbiyalash, umumiy ish qobiliyatini oshirish vazifalarini hal qilinishi va umumiy rivojlantiruvchi mashqlarning shug’ullanuvchilar organizmiga umumiy ta’sir ko’rsatuvchi sportning boshqa turlari bilan bog’liqligini ta’kidlaydilar.
Lisenchuk G.A. (2003), Shamaradin V.N. (1997), Suchilin A.A. (1988)lar umumiy tayyorgarlikni oshirish maqsadida qo’llaniladigan ko’pgina mashqlar organizmga har tomonlama ta’sir ko’rsatishni, jumladan, baland-past joylarda uzoq muddat yugurish ko’proq chidamlilikni, qisqa masofalarda jadal yugurish tezlikni rivojlantirishga, gimnastik mashqlar chaqqonlikni o’stirishga qaratilishni e’tirof etishadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikda mushak-paylarning rivojlanishi va mustahkamlanishiga ichki a’zo va tizimlar funksiyasini takomillashtirishga, harakatlarni koordinasiya qilishni yaxshilash va harakat sifatlari umumiy darajasini oshirishga erishiladi.
Ko’pgina mutaxassislar (I.A.Koshbaxtiyev, 1975; M.A.Godik, 1983; A.I.Tolipdjanov, 1984 va boshqalar) jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar yordamida ayrim texnik usullarni rivojlantirish mumkinligini va buning uchun odatda, bajarish xarakteri tuzilishiga ko’ra texnik usul yoxud uning alohida elementlariga o’xshash bo’lgan maxsus mashqlar qo’llashni tavsiya etganlar.
Pedagogik nuqtai nazardan jismoniy tayyorgarlikni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka ajratiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) yuqorida ko’rsatib o’tilgan masalalarni hal qilib, maxsus jismoniy tayyorgarlikka poydevor hisoblanadi. Futbolchi umumiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositasi sifatida predmetlar bilan va predmetlarsiz bajariladigan umumiy rivojlanish gimnastika mashqlari, bajariladigan harakatlar intensivligini muntazam ravishda almashtirilgan holda juft-juft bo’lib mashq qilish, harakatli va sport o’yinlari, estafetalar, krosslardan foydalanadi.



Download 138,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish