Mavzu: Yoqa turlari va ularni modellashtirish


O`tqazma yoqalar chizmasi



Download 1,74 Mb.
bet7/8
Sana23.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#844320
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yoqa turari va ularni modellashtirish..

3.2.O`tqazma yoqalar chizmasi
Taqilmasi yuqorigacha bo`lgan ko`tarmali qaytarma yoqa chizmasi (7.1-rasm, a)

  1. BnYaA = 18 sm

  2. To`g`ri burchak chizib unga A nuqta qo`yiladi.

  3. AA1 = BnYAA+0,5 = 18+0,5 = 18,5 sm (yoqa uzunligi).

  4. Aa = 2-4 sm (yoqani bo`yin o`miziga o`tkaziladigan nuqta).

  5. aA1:3 (yordamchi nuqtalar ularni I va II bilan belgilanadi).

  6. I nuqtadan yuqoriga perpendikulyarda 0,5 sm qo`yiladi.

  7. IIA1 chiziq o`rtasidan pastga perpendikulyarda 0,2 sm qo`yiladi.

  8. A1, 0,2 sm, II, 0,5 sm, a nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi (bo`yin o`miziga o`tkaziladigan chiziq).

  9. A1a chiziqqa A1B1 perpendikulyar o`tkaziladi.

  10. AB = A1B1 = 8-10 sm (yoqa kengligi)

  11. B, B1 nuqtalar birlashtiriladi va 3-6 smga davom ettiriladi. B2 nuqta bilan belgilanadi.

  12. BB1 chiziq o`rtasidan yuqoriga o`tkazilgan perpendikulyarda 1-1,5 sm ko`yiladi.

  13. B, 1-1,5 sm, V2 ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi.

  14. B2, A1 nuqtalar chizg`ich yordamida birlashtiriladi.


1-Rasm. O`tqazma yoqalar chizmasi


Yarim qaytarma yoqa chizmasi (7.1-rasm, b)

  1. To`g`ri burchak chizilib, A nuqta bilan belgilanadi.

  2. AA1 = BnYAA+0,5 = 18 sm (yoqa uzunligi).

  3. Aa = 5-7 sm (yoqani bo`yin o`miziga ulanadigan nuqta).

  4. aA1:3 (yordamchi nuqtalar, ularni I va II bilan belgilanadi).

  5. I nuktadan yuqoriga perpendikulyarda 0,7 sm qo`yiladi.

  6. IIA1 chiziq o`rtasidan pastga perpendikulyarda 0,4 sm qo`yiladi.

  7. A1, 0,4 sm, II, 0,7 sm, a nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi (bo`yin o`miziga o`tkaziladigan chiziq).

  8. A1a chiziqqa A nuqtadan yuqoriga perpendikulyar o`tkaziladi.

  1. aB = A1B1 = 8-10 sm (yoqa kengligi)

  2. B, B1 nuqtalar birlashtiriladi va 2-4 sm ga davom ettiriladi. B2 nuqta bilan belgilanadi.

  3. BB1 chiziq o`rtasidan yuqoriga o`tkazilgan perpendikulyarda 2-2,5 sm ko`yiladi.

  4. B, 2-2,5 sm, V2 ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi.

  5. B2, A1 nuqtalar chizg`ich yordamida birlashtiriladi.

Tik yoqa
1. To`g`ri burchak chizilib, A nuqta bilan belgilanadi.
2. AA1 = BnYAA+0,5 = 18,5 sm (yoqa uzunligi).
3. Aa = model bo`yicha = 4 sm (yoqa kengligi).
4. AA1 aa1 = to`rt burchak qilib birlashtiriladi.
5. A1O = AA1:3 = 18,5:3 = 6,1 sm (yordamchi nuqta).
6. A1 A2 = 1,5 sm (bo`yin chuqurchasi nuqtasi).
7. OA2A3 = 90o burchak yasaladi.
8. A2A3 = 4 sm (yoqa kengligi).
9. A, O, A2 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi.
10. aA3 chiziq AOA2 chiziqqa parallel chiziladi.
11. A1A2 = 5 sm gacha bo`lishi mumkin, u holda yoqa bo`yinga yaxshigina yopishib turadi.
Tik qaytarma yoqa
1. To`g`ri burchak chizilib, A nuqta bilan belgilanadi.
2. AA1 = BnYAA+0,5 = 18 sm (yoqa uzunligi).
3. A1 nuqtadan AA1 chiziqqa o`tkazilgan perpendikulyarda 2-4 sm qo`yiladi, A1A2 = 2-4 sm.
4. A nuqta A2 nuqta bilan chizg`ich yordamida birlashtiriladi va 2-2,5 sm ga davom ettiriladi.
5. A2A3 = 2-2,5 sm (o`tim haqi).
6. AA2 chiziq o`rtasidan pastga o`tkazilgan perpendikulyarda 1 sm qo`yiladi.
7. A3A4 = 0,5 sm (yordamchi nuqta).
8. A, 1 sm, A2, A4 nuqtalar ravon egri chiziq bilan birlashtiriladi.
9. Aa = 3-4 sm (tik yoqa kengligi).
10. AA2 chiziqqa A2a1 perpendikulyar o`tkazilib, unga 2,5-3 sm qiymat qo`yiladi.
11. a, a1 nuqtalar chizg`ich yordamida birlashtiriladi, o`rtasini aniqlanib, pastga o`tkazilgan perpendikulyarda 1 sm qo`yiladi.
12. a, 1 sm, a1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan, a1, 0,5 sm esa ravon aylana chiziq bilan birlashtiriladi.
13. a1 nuqtadan Aa yoqaning o`rta chizig`iga perpendikulyar chiziq o`tkaziladi va ularning kesishgan nuqtasiga v qo`yiladi.
14. av = vv1 (yordamchi nuqta).
15. в1, a1 nuqtalar chizg`ich yordamida birlashtiriladi, o`rtasidan yuqoriga o`tkazilgan perpendikulyarda 1 sm qo`yiladi.
16. в1, 1 sm, a1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan birlashtiriladi.
17. в1в2 = 4-5 sm (yoqa kengligi).
18. a1 nuqtadan perpendikulyar bilan, v2 nuqtadan chiqqan gorizontal chiziqlarning kesishgan nuqtasiga v3 qo`yiladi.
19. в3в4 = 1-5 sm (yoqa uchi).
20. a1в5 = 9-14 sm (yoqa uchi).
21. в2в3 = chiziq 3 ga bo`linib, bir qismi v5 bilan ravon egri chiziqda birlashtiriladi.
Yassi yotadigan yoqa chizmasi
Yassi yotadigan yoqa chizmasini chizish uchun old va ort bo`laklar bo`yin o`yindisi aniq belgilangan bo`lishi kerak. Buning uchun old va ort bo`laklarni shunday joylashtirish kerakki, bunda old va ort bo`laklarning bo`yin asosi nuqtalari (Bn4, Bn6) ustma-ust tushsin, elka nuqtalari (E1, E2) esa bir-biriga 0,5-0,7 sm kirib tursin.
Bn5В = 6-7 sm (yoqa kengligi).
Agar yoqada ozgina tiklik kerak bo`lsa, u holda yoqa o`yindisini bo`yin o`mizidan bir oz uzoqlashtirish kerak, ya`ni Bn5 V1 = 1-1,5 sm, V, V1/ = 6-7 sm.
Yоqaning boshqa qismidagi kengliklari shu qiymatda olinadi.
Yоqaning old qismidagi chiziqlariga ixtiyoriy shakllar beriladi.

3.3.Yаxlit yoqalar chizmasi


Yаxlit yoqalarning ostki qismi old bo`lak bilan birgalikda, ustki yoqa esa bort adipi bilan birgalikda bichiladi. Yаxlit yoqalar ham o`tqazma yoqalarga o`xshab: tik yoqa, yarim qaytarma va qaytarmali yoqa bo`lishi mumkin. Yаxlit yoqalar old bo`lak asos chizmasida, yaxlit tik yoqa esa old va ort bo`lak asos chizmalarida loyihalanadi.



.2-rasm. Yаxlit tik yoqa chizmasi


Ort bo`lakdagi yoqa chizmasi


1. Ort bo`lak andozasi qog`ozga tushirib chizib olinadi va unda Bn4, Bn5 nuqtalar belgilab olinadi.


2. Ort bo`lakning o`rta chizig`i yuqoriga davom ettiriladi. Bn5Bn51 = 3-4 sm (yoqa tikligi).
3. Bn4 nuqtadan yuqoriga vertikal chiziq o`tkaziladi. Bn4Bn41=Bn5Bn51-1 = (3-4)-1 = 2-3 sm.
4. Bn41 nuqtadan chap tomonga 1 sm qo`yiladi va Bn42 nuqta bilan belgilanadi.
5. Bn4Bn43 = 1 sm (yordamchi nuqta).
6. Bn42 nuqta va Bn43 nuqtalar egri chiziq bilan tutashtirilib, elka vitochkasigacha davom ettiriladi.

Old bo`lakdagi yoqa chizmasi


1. Elka vitochkasi ko`chirilgan old bo`lak andozasini qog`ozga tushirib chizib olinadi va unda Bn6, Bn7 nuqtalar belgilab olinadi.
2. Bn6Bn61 = 2-3 sm (gorizontal chiziqda yordamchi nuqta belilanadi). Bn61 nuqtadan yuqoriga perpendikulyar o`tkaziladi.
3. Bn61Bn62 = (Bn6Bn61:2) = (2-3):2 = 1-1,5 sm.
4. Bn62 nuqta bilan Bn6 nuqtalar egri chiziq bilan tutashtiriladi.
5. Bn62 nuqta bilan Bn7 nuqta ham egri chiziq bilan tutashtiriladi (agar taqilma o`timsiz bo`lsa).
6. Bn7Bn71 = 2-3 sm (o`tim haqi, agar taqilma o`timli bo`lsa).

Yaxlit ko`tarmali qaytarma yoqa


1. Yelka vitochkasi yeng o`miziga ko`chirilgan old bo`lak andozasi qog`ozga tushirib chizib olinadi va unda Bn6, Bn7 nuqtalar belgilanadi.


2. Bn7Bn8 = 15-20 sm (1-chi petlya o`rni).
3. Bn8Bn6 nuqtalar chizg`ich yordamida tutashtiriladi va yuqoriga davom ettiriladi.
4. Bn7Bn9 = 2,5 sm (o`tim haqi).
5. Bn9Bn91 = 2-5 sm (yoqaning uchi).
6. O`tim chizig`i 4-8 sm, 2,5 sm nuqtalar orqali ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi va 1-chi petlya o`rnidan past tomonga tekis chiziladi.
7. Bn6Bn61 = BnYAA:3+1 = 18:3+1 = 7 sm.

7.3-rasm. Yaxlit ko`tarmali-qaytarma yoqa chizmasi

8. Bn6Bn61 chiziqqa Bn61 nuqtadan perpendikulyar o`tkazilib, chap tomoniga 1,5 sm ( ayrim hollarda ko`tarmasi ko`p bo`lishi uchun 2-3 sm) qo`yiladi.


9. 1,5 sm bilan Bn6 nuqta bir oz egri chiziq bilan tutashtiriladi.
10. Bn61Bn62 = 8 sm (yoqa kengligi).
11. Bn62 nuqtadan Bn61Bn8 chiziqqa perpendikulyar o`tkazilib, yuqoriga davom ettiriladi va unda 2 sm qo`yiladi.
12. Bn61 va 2 sm nuqtalar tutashtiriladi va yuqoriga davom ettiriladi.
13. Bn61Bn63 = 6-12 sm (yoqa kengligi).
14. Yoqaning uchi 36-rasmdagidek chiziladi.


Xulosa
Yoqalarning fasoni har - xil bo’ladi Yoqalar shartli ravishda yelkaga yopishib turadigan yoqa, qaytarma yoqa, tik yoqa, “shalka” yoqa, pidjak yoqa va boshqa turlarga bo’linadi. Yoqa o’mizining o’yigi dekolte deyiladi. Dekolte to’g’ri burchak, uzaytirilgan, dumoloq, oval va hakozo shaklida xilma-xil bo’lishi mumkin. Yoqa o’miz o’yig’ining har qanday shaklini chizish uchun oldin old va ort bo’lak konstruksiyasining yelka qirqimlarini bir-biriga to’g’ri keltiriladi. Ko’krak vitachka yon qirqimiga ko’chirilgan bo’lishi kerak. Old bo’lak o’rta chizig’i bo’ylab dekolte chuqurligi, yelka qirqimi bo’ylab esa dekolte kengligi belgilab olinadi. Yelka qirqimi bo’ylab old bo’lakdan ort bo’lakka o’tgan dekolte chizig’i tekis bo’lishi kerak. Agar old bo’lakda yelka vitochka bo’lsa, u yeng o’mizi tomonga suriladi yoki yangi yoqa o’miz o’yig’ida hosil qilinadi. Dekoltening hamma chuqurlik va kenglik o’lchamlari fasonga binoan olinadi. Dekolte chiziqlari lekalo yordamida chiziladi. Dekoltening uzil-kesil shakli va katta-kichikligi kiydirib ko’rganda aniqlanadi. Yoqalarning fasoni juda turli bo’ladi, bo’lardan eng harakterlari tik yoqa, qaytarma yoqa, yassi yoqa va fantazi yoqa. Quyida eng ko’p tarqalgan yoqa turlarining konstruksiyasini soddalashtirib tuzish metodlari va fantazi yoqani texnik modellash presslari keltirilgan. Tik yoqa. Gorizontal to’g’ri chiziq o’tkazib unda AV kesmasi o’lchab qo’yiladi. AV=BkA+1. Ava V nuqtalardan perpendikulyar o’tkaziladi. Bu chiziqlarda yoqaning istalgan kengligi o’lchanadi. AD=VS=3,5÷8 sm D va S nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. V nuqtadan VS chiziq bo’ylab 1,5 sm o’lchab, S1 nuqta qo’yiladi. A nuqtadan gorizontal bo’ylab AA1=13BnA÷0,5 o’lchab qo’yiladi. A1 va S1 nuqtalar tekis chiziq bilan birlashtiriladi. AA1S1chizig’i tik yoqa ko’tarma qirqimining chizig’i. S1 nuqtadan A1S1 chizig’iga perpendikulyar o’tkaziladida, unda yoqaning istalgan kengligini o’lchab, V nuqta qo’yiladi. D va V1 nuqtalar tekis chiziq bilan birlashtiriladi. Yoqaning old tomon kengligi V1S1 va yoqa uchlarining A1v chizig’iga ogish burchagi fasonga binoan har xil bo’ladi. To’qilmasi yuqorigacha bo’lgan kiyimlarning ko’tarmali qaytarma yoqasi. Bunday yoqa o’rtasida ko’tarmasi bor bo’lib, bu ko’tarma yoqa uchi tomon kamayib, yo’q bo’lib ketadi. Uchi O nuqtada bo’lgan to’g’ri burchak tuziladi. Yoqa ko’tarilishining balandligi –OV3 dan 12 sm gacha bo’ladi. Yoqaning ko’tarilish balandligi 1ka o’rtasidagi ko’tarmaning balandligi VV1 belgilaydi. Ovning miqdori qancha kam bo’lsa, ko’tarma shunchalik baland bo’ladi. Yoqa ko’tarmasining balandligi VV1 o’rta hisobda 2 dan 3,5 sm gacha bo’ladi. Yoqa qaytarmasining kengligi- V1 V2 modelga bog’liq bo’lib, 7 dan 14 smgacha bo’ladi. Yoqani yoqa o’miziga o’tkazish chizig’ining uzunligi Va yoy bo’ylab aniqlanadi. Buning uchun ort bo’lak yoqa o’miz uzunligi AA4 va old bo’lak yoqa o’miz uzunlgi A6A7 sm li lentaning qirrasini qo’yib o’lchanadi. V nuqtadan AA4 ÷ A6A7 ga teng radius bilan gorizontalga bo’lgi qo’yib, A nuqta hosil qilinadi. V va A nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziq o’rtasida 1 dan 3 sm ga teng egiklik 1-2 hosil qilinadi. Bu egiklikning miqdori yoqa o’tqazma chizig’ining shakliga ta’sir qiladi. Egiklik qancha kam bo’lsa, yoqa o’tqazma chizig’i shunchalik to’g’ri bo’lib, yoqa bo’yinga yopishib turadi va, aksincha, egiklik 1-2 ko’proq bo’lsa, yoqa bo’yinga yopishmay qochib turdi va yoqa o’miz uzunligi bo’ylab tekis joylanadi. Yoqa qaytarmai bilan yoqa uchlarining shakli modelga binoan chiziladi. Yoqa uchining shaklini chizish uchun VA chizig’iga o’tkazilgan AA1 perpendikulyar taxminiy ariyentir bo’ladi. Yoqa kengligi AA1 va yoqa uchi A1A2 xoxishiga qarab olinadi va u yoqa uchi hamda qaytarmasi puktir chiziq bilan ko’rsatiladi. Apash yoqa Ayollar kiyimining ko’pchiligida ko’ylaklarda, bluzkalarda, kostyumlarda va boshqalarda apash tipidagi yoqa ko’p uchraydi. Yoqa old bo’lak konstruksiya asosining chizmasida A7 nuqtasidan boshlab tuziladi. Yoqa o’miz o’yig’ining chuqurligi A7G ’ 6 modelga binoan belgilanadi. Tipavoy yechimda A7G ’ 6=14 sm bo’ladi. Lekin bu miqdor 14 sm dan ortiq bo’lshii ham mumkin. G ’ 6 nuqta va yoqa o’mizining yuqori nuqtasi A6 to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladida, bu chiziq old bo’lak yoqa o’miz uzunligi AA4 ga teng bo’lgan A6A ’ 6 miqdorda uzaytiriladi. A6G ’ 6 chizig’i yoqani bukush chizig’i A6A ’ 6 chizig’iga perpendikulyar chiziq o’tkazib unga A62=7 sm o’lchab qo’yiladi. Yoqa uchlarini va tipavoy shakldagi qaytarma chizig’ini tuzish uchun A7 nuqtadan gorizontal chiziq o’tkaziladi. Bu chiziqda A73=5 sm o’lchab qo’yiladi. 3 va 1 nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziq davomida 1-2=0,8 sm o’lchab qo’yiladi. Hamda 2 va A’ 6 nuqtalar tekis egri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu yoqaning 3-1 chizig’idagi o’rtasi bo’ladi. 3-1 chiziqdagi 3 nuqtadan 3-4=1,5 sm bo’lak o’lchab qo’yiladi. Yoqa qaytarmasining 1-4 chiziq markazidagi egiklik 0,5 sm bo’ladi. Yoqa qaytarma chizig’i tekis egri chiziq bilan chiziladi. A73 gorizontalni ikkiga bo’lib, nuqta 5 hosil qilinadi. 4,5 va G’ 6 nuqtalarni birlashtirib, yoqa uchi bilan bort chizig’ining shakli chizib olinadi. Apash yoqa konstruksiyasini tuzishda A7G ’ 6, A75, A73, A’ 61 bo’laklarning katta kichikligi o’zgarib turishi va modelga binoan istalgancha olinishini yodda to’tish kerak. Fasonga binoan yoqa o’miz o’yig’i kattalashtirilgan sayin A7 nuqtaning holatini vertikal bo’ylab suriladi. Ustki apash yoqa G’ 6 A6 A ’ 6 2 4 5 G’ 6 kontur bo’ylab, ostki yoqa 5 A7 A ’ 6 A ’ 6 2 4 5 kontur bo’ylab bichiladi. G! 6A5 7 joyi old bo’lak bilan birga yaxlit bichiladi. Ustki yoqa ostki yoqa konturidan yoqa qaytarmasi, yoqa uchi va bort bo’ylab 0,3 sm ortikroq bo’lishi kerak. Pidjak tipidagi yoqa. Bunday tipdagi yoqalar erkaklar komtyumiga o’xshash ayollar kostyumida ham, shuningdek ko’ylaklarda va bluzkalarda ham keng tarqalgan. Pidjak tipidagi yoqalarning konstruktiv jihatdan tuzilishi biroz murakkabroq bo’ladi. Yoqa chizmasi old bo’lak konstruksiyasi asosida tuziladi. Oldin bortning qaytariladigan chizig’i belgilab olinadi. Buning uchun bort kengligi va yuqori petlya o’rni aniqlanadi. Bortning qaytarma chizig’ining boshlanishi L nuqta yuqori petlyadan 1,5-2 sm balanda bo’ladi. Yoqa o’mizining yuqori nuqtasi A6 dan yelka qirqimining davomida yoqa qaytarmasining kengligi A6 V o’lchanadi: A6 V = 2÷3 sm. VV1 = AA4 bo’lak o’lchab qo’yiladi, bunda AA4 ort bo’lak yoqa o’mizi bo’lib, u L va V nuqtalarni to’g’ri chiziq bilan birlashtirib, davomiga ni ort bo’lak chizmasiga santimetrli lentani qirrasi bilan qo’yib AA4 chiziq bo’ylab o’lchanadi. LV chizig’ining old bo’lak yoqa o’miz chizig’i bilan kesishgan joyi F harfi qo’yib belgilanadi. F nuqtadagn FV1 radiusli yoy o’tkaziladi. Bu yoyda yoqa qaytarmasining kengligiga ta’sir etuvchi V1 V2 bo’lagining katta-kichikligi gavdaning qomatrasoliga bog’liq bo’ladi. Masalan, to’pa –to’g’ri kekkaygan gavda uchun u 5 sm, normal tipovoy gavda uchun 6 sm, bukchaygan gavda uchun 7 sm bo’ladi. V va V2 nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. V2 nuqtadan shu to’g’ri chiziqka perpendikulyar o’tkazib, unda yoqaning ko’tarma kengligi V! 2 V3 = 2÷3 sm va qaytarma kengligi V! 2 V2 o’lchab qo’yiladi. Yoqa qaytarmasining kengligi fasonga binoan belgilanadi. Keyin yoqa qaytarmasining chizig’i V4 V5 yoqa uchlari burchagining chizig’i V4 V5 A 1 7 va adip qaytarmasining chizig’i A! 7 V ! 5 L modelga binoan chizib olinadi. A! 7 nuqtaning holati ham ixtiyoriy belgilanadi. Yoqa o’mizining o’yilishi A7A » 7 fasonga bog’liq bo’ladi. Yassi yoqalar va fantazii yoqalar. Yassi (ko’tarmasi yo’q) yoqalar bo’yinga emas, yelkaga yopishib turadi. Bu yoqalarning yoqa o’miziga o’tkaziladigan chizig’i yoqa o’miz o’yig’ining chizig’iga mos keladi. Va uch xil tipdagi yassi yoqalar ko’rsatilgan : a) motroska tipidagi yoqa, b) o’zbekcha ko’ylakdagi shol yoqa, v) bo’yinga salgina yopishib turadigan uzun yassi yoqa. Har qanday shakldagi yassi yoqa konstruksiyasini hosil qilish uchun ort bo’lak bilan oldindan ko’krak vitachkasi ko’chirilgan old bo’lak andazalarini yelka qirqimlar bo’ylab birlashtiriladi. Yoqa fasoniga binoan yoqa o’miz o’yig’ining chizig’i belgilanadi. Motroscha yoqa qaytarmasining chizig’i uzluksiz chiziq bilan ko’rsatilgan. Yoqaning ort tomonidagi kengligi, yelka qirqimlar bo’ylab kengligi istalgancha ixtiyoriy belgilanadi. Shol yoqalarda va uzaytirilgan yoqalarda kichkinagina ko’tarma qilish mumkin. Bunda yoqaning tashqi ko’rinishi yaxshiroq bo’ladi. Masalan, o’zbekcha ko’ylakka shol yoqa qilish uchun old va ort bo’lak koketkalarining detallarini bir-biriga to’g’rilab, old va ort bo’laklar yoqa o’mizlarining yuqori nuqtasini ustma-ust keltirishigina kifoya bo’ladi. Ort bo’lak yelka qirqimi old bo’lak yelka qirqimidan yeng o’miz qirqimi bo’ylab 2÷4 sm o’tib turishi kerak. Yoqa o’miz o’yig’idan boshlab, ort bo’lak o’rta chizig’i bo’ylab yoqaning istalgan kengligiga kichkina ko’tarma balandligi uchun ya’na 1,5 sm qo’shib o’lchab qo’yiladi. Agar yoqani bo’yniga ko’proq yopishib turadigan qilmoqchi bo’lsa, bunda yoqaning ko’tarma qirqimi bir oz to’g’riroq qilinadi. Buning uchun yoqani bo’laklarga kesib, ularni soat millariga qarshi yo’nalishda burib, yoqaning asosiy bo’lagi ustiga 2-bo’lagi 1-bo’lagi ustiga, 3-bo’lagi 2-bo’lak ustiga va hakozo o’tadigan qilib suriladi. Yoqa bo’laklarning qanchaga surilishi yoqa yaxshi turadigan bo’lguncha ixtiyoriy davom etadi..Yoqa konstruksiyasi bunday hal etilganda yoqa ko’tarmasi kengayadi, shuning uchun yoqa qaytarma chizig’i aniqlanishikerak bo’ladi.Hosil qilingan yoqa shaklini maketlik xom surp gazlama parchasida tekshirib ko’rilsa yomon bo’lmaydi. Shunday yo’l bilan olinishi mumkin bo’lgan o’zbekcha ko’ylak yoqa shaklining variantlari turli chiziqlar bilan berilgan. Uchli yoqa ham shunday yo’l bilan hosil qilingan. Fantazii yoqa yassi yoqa chizmasining asosida hosil qilinadi. Buning uchun fasonga binoan yoqa o’miz o’yig’i o’zgartiriladi-da yoqani yoqa o’miziga o’tkazish chizig’i hosil qilinadi. Yoqa qaytarmasi chizg’ning shakli modelga binoan chiziladi. Yoqani o’mizga har xil usulda tikish mumkin. Quyidagi usul eng ko’p qo’llashadi, yoqa o’mizidan pastga,oldingi o’rta chiziq bo’yicha gazlama 0,5g’1 sm chuqurlikda kertiladi; bort osti (ilgak haqini ko’rsatib turgan chiziq bo’yicha) kiyimning o’ng tomonga qayirib qo’yiladi, so’ngra bort ostining bukilgan joyi (taxi)dan oldingi o’rta chiziqqacha mashinada tikib chiqiladi, bort osti teskarisiga qayirib qo’yiladi. Bortning cheti sirma qaviq solib tikiladi, so’ngra yoqaning bir kavati o’mizga ko’klab chiqiladi, keyin bir tomondagi kertikkacha mashinada tikiladi; yoqa osti qatlamining qirqilgan cheti ostiga 0,5-1 sm qayriladi (bukiladi) va o’mizdagi baxya iplaridan ilib olib, ko’rinmaydigan qaviq soldirib tikiladi. Yoqani qiya adip solib tikish usuli quyidagicha; yoqaning o’rta chizig’i o’mizning o’rta chizig’iga to’g’ri keltirilgan, yoqa o’miziga ko’k solib tikiladi; bunda yoqaning uchlari tikish chizig’i bo’yicha kiyimning oldingi o’rta chizig’iga to’g’ri kelib turishi, bort osti ilgak chizig’i bo’yicha teskarisiga qayrilishi (buqilishi) lozim. Shundan keyin tayyor qiya adip o’mizga tepchib qo’yiladi, uning uzunligi aylanasi uzunligiga teng bo’lishi lozim. So’ngra yoqa o’mizi va adip juftlashtirilib, ustidan mashinada baxyalab tikiladi, tepchib qo’yilgan ip sugurib tashlanadi, adip va bort osti kiyimning teskarisiga qayirib bukiladi va baxya chizig’i bo’yicha hamda adip chetidan sirmalab tikiladi. Adip ko’rinmaydigan qaviq solib tiqilishi lozim



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish