Mavzu: Yog’ochning fizikaviy xossalari. Yog’och turlarining xususiyatlari. Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo’yoqlar turlari, xususiyatlari, ishlatish sohalari a ta’limiy



Download 155,48 Kb.
bet4/5
Sana18.07.2022
Hajmi155,48 Kb.
#822539
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dars-ishlanma-6-sinf

Oq qarag‘ay. Oq qarag‘ay po‘stlog‘i yupqa, silliq, kulrang tovlanadi. Yog‘ochi oqish, bilinar bilinmas qoramtir dog‘li, yumshoq, Yengil bo‘lib, oson ishlanadi. Undan ko‘pincha qog‘oz sanoatida va taralar tayyorlashda foydalaniladi. Kedr. Kedrning po‘stlog‘i qalin, chatnagan, qo‘ng‘ir tusli. Yog‘ochi Yengil, yumshoq oson ishlanadi, rangi va tabiiy guli chiroyli, yillik halqalari barcha qirqimlarda aniq ko‘rinadi. Undan qurilishda, duradgorlikda qarag‘ay va archa bilan bir qatorda foydalaniladi, qalam tayyorlanadi. Zirk. Qora zirkning po‘stlog‘i qoramtir tusli, qalin, chatnagan bo‘lib, oq zirkning po‘stlog‘i tiniq va silliq bo‘ladi. Yog‘ochi oqish, ochiq havoda tezda qizarib ketadi, tez quriydi; yumshoq, Yengil bo‘ladi; oson ishlanadi, namga chidamli, yillik halqalari aniq bilinib turadi. Zirk yog‘och bo‘yoqni yaxshi oladi, uni qizil yog‘och, yong‘oq beysi va tezob bilan zarangga o‘xshatib ishlash oson. Zirkning katta kamchiligi uni tez qurt yeyishidir. Undan arzon mebellar, faner va taralar tayyorlanadi.
Arg‘uvon. Arg‘uvon qalin po‘stloqli, yog‘ochi yumshoq, Yengil, oqish tusli bo‘lib yillik halqalari aniq bilinmaydi. Kesish yo‘li bilan oson ishlanadi, kam chatnaydi, toblanmaydi. Undan chizmachilik taxtalari, quyish korxonalarida modellar, o‘yinchoqlar, qalam tayyorlanadi. Yog‘ochi hidsiz bo‘lganligi uchunundan yog‘och idishlar, qoshiq va bochkalar tayyorlanadi.

Yelimlar va bo’yoqlar turlari va ularni ishlatish qoidalari. Yog‘ochlarni yopishtirish uchuy ishlatiladigan yelimlar hayvonot yelimlari, o‘simlik va smola yelimlaridan iboratdir. O‘simlik yelimlari asosan faner ishlab chiqarishkorxonalarida ishlatiladi. Duradgorlikda asosan taxta yelimi va kazein yelimidan eng ko’p foydalaniladi. Taxta yelimi hayvonlarning suyagi, tuyog’i, shohi, tog’aylari va terisidan shilingan go’shtlaridan jigarrang plitkalar shaklida tayyorlanadi. Yelimning sifatini uning shaffofligiga qarab aniqlash mumkin, uqanchalik tiniq bo’lsa, shunchalik sifatliroq bo’ladi.



Quruq yelimlar talqon, tugmacha va boshqa ko‘rinishlarda ham tayyorlanadi. Yelimlash sovuq (12—30°da), issiq (40—70°da) va qaynoq (80° va undan yuqori) holda olib borilishi mumkin. Yelim eritmasi tayyorlash uchun plita maydalanib, bir qism yelimga 2—3 qism sovuq suv quyiladi va 8-16 soat davomida ivitiladi (yelim sovuq suvda erimaydi, faqat suv shimib yumshaydi va shishadi). So‘ngra ortiqcha suv to‘kib tashlanib, yumia-gan yelim 60-70° temperaturada 2 soatgacha eritilgandan keyin 5-6 minut davomida qaynatiladi. Yelim eritmasi eng ko‘pi bilan bir-ikki kunga yetadigan qilib surtiladi. Taxta yelimini ishlatishga tayyorlash uchun uni suvda bo‘rtgunicha 10—12 soat ivitiladi, so‘ngra yelimqaynatgichda qaynatiladi. Yelimqaynatgich bir-biriningichiga qo‘yiladigan ikkita metall idishdan iborat bo‘lib, yelim kuyib ketmasligi uchun katta (tashqi) idishga suv quyiladi, kichik (ichki) idishga yelimni va u shimmagan suvni solinadi. Yelimqaynatgichni taxminan 70—80°S gacha qizdiriladi. Yelimni qaynatishda uning qattiq qaynab ketmasligi va uzoq vaqt qizimasligini kuzatib turish kerak. Chunki ana shunday hollarda uning sifati yomonlashadi. Odatda, yelimni bir-ikki kunlik ishga yetarli qilib tayyorlanadi. Negaki, u qayta qizdirilsa, buziladi. Juda quyuq yoki juda suyuq yelim buyumlarni yelimlashga yaramaydi. Yelimning ishga yaroqliligini aniqlash uchun unga bitta payraxani tiqib olib, uning tomishiga qaraladi. Agar yelim payraxadan uzluksiz oqib tushsa, sifatlibo‘ladi, tomchilab tushsa (yoki butunlay oqib tushmasa), ishlatishga yaramaydi.
Kazein yelimlarining asosiy tarkibiy qismi kazein, ya’ni yog‘i olingan suzma (tvorog)dan iborat. Toza suvda kazein juda tiniq bo‘ladi, lekin erimaydi va yelim hosil qilmaydi. Duradgorlik o‘quv ustaxonalarida faqat kazein poroshogidan tayyorlangan va o‘simlik yelimlaridan, shuningdek suyuq fenolformaldegidli yelimlardan foydalaniladi. Bu yelim quyuq shiraga o‘xshash bir jinsli suyuqlik bo‘lib, yupqa qatlamli va shaffofdir. a shu darajadagi haroratda yelim eriydi.
Bo‘yoq, suvda, spirt yoki moyda eriydigan va yog‘ochning tabiiy gulini yo‘qotmagai holda rang berish hususiyatiga ega bo‘lgan moddalardir. Bo‘yoqlar o‘simlik bo‘yog‘i va sun’iy bo‘yoqlarga bo‘linadi. O‘simlik bo‘yoqlari ayrim daraxt va o‘simliklardan olinadi. Sariq bo‘yoq, (rang) sariq zanjabildan, qora bo‘yoq, zirkdan, jigarrang — olma daraxti po‘stlog‘idan, ko‘k rang — javdar bug‘doydan olinadi. Sun’iy bo‘yoqlar toshko‘mirni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlardan olinadi. Ularning asosli va kislotali xillari bo‘ladi.


Download 155,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish