Tahrir uslubiyatida tuzatishning to‘rt turi farqlanadi. Bular quyidagilar: a) o‘qib tuzatish; b) qisqartirib tuzatish; s) ishlov berib tuzatish; d) o‘zgartirib tuzatish.
Mohirona amalga oshirilgan tuzatishlar matnning yaxlitligi va mazmuniy uyg‘unligiga putur yetkazmaydi. Aksincha, uning tuzilishidagi ayrim nuqsonlarni istisno etadi, muallif fikrini, g‘oyasini oydinlashtiradi. Tahrir usulida asosiy e’tibor matn talqin (variant)larini qiyoslashga qaratiladi. Bunda, ya’ni qiyoslash jarayonida, tabiiyki, tuzatishlar kiritiladi, natijada matnning ikki talqini yuzaga keladi: birinchisi, muvaffaqiyatsiz chiqqani bo‘lsa, ikkinchisi tuzatilgan namunasi. o‘lchamlarining o‘rinliligi va to‘g‘riligini tekshiradi. Shuningdek, sarlavhalarning matn bilan uyg‘unligi, mosligini; tasvirlar osti yozuvlarining rasm, chizmaga mosligini tekshirish ham uning vazifasiga kiradi. Ayrim hollarda bunday o‘qish tahririyatning malakali va tajribali mutaxassisiga topshiriladi, lekin u materialni tayyorlagan muharrirning zinhor o‘rnini bosa olmaydi. Uning vazifasi matndagi kamchiliklarni aniqlash, ko‘rsatish, tuzatish emas. Ammo, tabiiyki, aniq ko‘rinib turgan punktuatsion, grammatik, imloviy xatoliklar bundan istisno. Shuning uchun bunday o‘quvchining malakasi juda yuqori bo‘lgan taqdirda ham mazkur jarayonda yetakchi muharrir ishtirok etadi va muammolarni hal qiladi. Matnda qisqartirib tuzatishlarni amalga oshirishdan maqsad, avvalo, matn hajmini kichraytirish va shu yo‘l bilan uni maqbul o‘lchamga keltirish, qolaversa, ortiqchaliklardan holi qilishdir.
Quyida berilgan sohaga oid matnni tahrir va tahlil qiling.
A)Poytaxtimizda “Ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish — O‘zbekiston neft va gaz sanoatini rivojlantirishning asosi” mavzuida respublika ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi.
D)Yakunda neft-gaz sohasida eng yaxshi innovatsion g‘oya mualliflari rag‘batlantirildi.
C)Birinchi marta o‘tkazilayotgan mazkur anjumanda O‘zbekiston neft va gaz sanoatini rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish, sohaga innovatsion g‘oya va qo‘llash masalalari muhokama etildi texnologiyalarni.
f)“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zLITIneftgaz”, “O‘zneftgazqazibchiqarish”, “O‘zneftmahsulot”, “O‘ztransgaz” va boshqa aksiyadorlik jamiyatlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda mutaxassislar, olimlar, professor-o‘qituvchilar, yoshlar qatnashdi.
B)— Bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etishni maqsad qildik, — deydi “O‘zLITIneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dilshod Haqberdiyev. — Sababi, bugungi soha rivojiga oid ko‘plab g‘oya va takliflar o‘rtaga tashlandi Konferensiyada.
M) Mutaxassislar, asosan, neft va gaz sohasiga oid dolzarb hamda istiqbolli ilmiy-texnikaviy yo‘nalishlar haqida ma’ruza qilishdi. Ulardan ishtirokchilar, ayniqsa, yosh olimlarning bilim-saviyasini, malakasini oshirish, bir-biri bilan o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar o‘rin oldi. Bu esa neft va gazni qayta ishlash, geologik-qidiruv ishlarini o‘tkazish, burg‘ilash, uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish, sanoat xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish imkonini berdi.
Namuna:1.A,2…
Do'stlaringiz bilan baham: |