Mavzu: Yer sharida inson. Reja


Geografik qobiqqa insonning ta ’siri va uning o'zgarishi



Download 85,5 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi85,5 Kb.
#248847
1   2   3
Bog'liq
Yer sharida inson

Geografik qobiqqa insonning ta ’siri va uning o'zgarishi.

Geografik qobiq unsurlari bilan inson orasidagi munosabatlar keng ommani qiziqtirib kelayotgan eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Geografik qobiq butun jonli mavjudotlarning rivojlanishiga imkon yaratib bergan asos va insonning hayot kechirishi hamda uning moddiy-ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi birlamchi manbadir. Inson butun mehnat faoliyati davomida geografik qobiqda yashab. unga ta`sir etib, yashashi uchun zarar boMgan barcha narsalami – oziq-ovqat, kiyim-bosh, qurilish xom ashyolari, energetik hamda mineral resurslar va boshqalarni mehnati natijasida tabiatdan oladi. So'ngra olgan moddalarni iste’mol qilib, yana geografik qobiqqa chiqaradi. Aslida bu jarayon teng va muvozanatda boMishi kerak, aks holda inson bilan geografik qobiq o'rtasida muvozanat buzilib, insoniyatni yashashi uchun noxush jarayonlar vujudga kelishi mumkin. Bunga misol tariqasida dunyo bo‘yicha sodir boMayotgan ba’zi ma’lumotlami keltiramiz. Ma’lumotlarga kokra, har yili 10,1 mlrd. t kislorod sarflanmoqda, bu 100 yil avvalgi sarflangan kisloroddan 16 marta kobp, dunyoda qishloq xo'jaligiga yaroqli boMgan tuproqning 70 % i , o'rmonlarning 50%i, chuchuk daryo suvlarining 20% i, biologik resurslarning 70% i kishilar tomonidan o‘zlashtirilib, foydalanilmoqda. 2,1 mlrd. gek. yerlar eroziyaga uchragan. Yer yuzasida A.V.Siderko ma’lumotiga ko'ra har yili 4,0 mlrd. t dan ortiq neft va gaz, 20 mlrd. t

dan ortiq koMnir, 20,0 mlrd. t har xil rudalar qazib olinib, ularning qurumlari, tutunlari, zaharli gazlari, chang-to‘zonlari atmosferaga yiliga 1 mlrd. t zaharli gazlar va qurumlar chiqarmoqda. Ular atrof￾muhitga chiqib, uni ifloslab, geografik qobiq unsurlari holatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Insonlar yashashi uchun geografik qobiq muhitiga ta’sir etib, uni

okzgartirishiga to‘g‘ri keladi, lekin geografik qobiqning barcha unsurlari: togk jinslari, relyefi, iqlimi, suvlari, tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining buzilishiga, salbiy tomonga o‘zgarishiga yo`l qo'ymaslik kerak. Shundagina geografik qobiqda amalga oshirila￾yotgan o‘zgarishlar insonlar uchun naf keltiradi.


Fan va texnika taraqqiy etgan sari insonning geografik muhitga ta’sir etish yo‘llari va shakllari ko'payib, tabiatda miqdor o'zgari￾shigina emas, balki sifat o‘zgarishlari ham vujudga kelmoqda. Insonning geografik muhitga ko'rsatayotgan turli xil ta’siriga qarab, ularni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:

1. Dehqonchilik tufayli eng avvalo obsimliklar va hayvonot dunyosida keskin o‘zgarishlar yuz beradi. Ma'lumotlarga ko'ra, yerlarni haydash natijasida o‘simliklarning xazonrezgisi haydalmagan yerlarga nisbatan 42% kam to‘planar ekan. Yerlarni haydab. noto^ri

sug‘orish tufayli qayta sho‘rlashadi va tuproq eroziyasi sodir bo‘lmoq￾da. Hozir Yer yuzasida 6-7 mln. km2 maydon eroziyaga uchragan. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida 100 mingdan ortiq kimyoviy preparatlar va yiliga 4 mln. t atrofida zararli kimyoviy vositalar ishlatil￾moqda, natijada ular tuproq, suv, havo va o'simliklar orqali hay von va inson organizmiga o‘tib, tabiatda modda almashinuvida ishtirok etib, ekologik tizimning buzilishiga, o`zgarishiga sabab bo`lmoqda.

2. Yaylovlardan foydalanish ham geografik muhit o'zgarishiga

sabab bo`lmoqda. Yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida hududlar landshaftlarida salbiy o‘zgarishlar sodir bolmoqda. Mollarni bir joyda surunkasiga boqish tufayli oksimliklar qoplamiga jiddiy zarar keltirishdan tashqari, tog‘ yonbag'irlarida o'sitnlikni tuyoqlari bilan ezib, tuproq eroziyasiga sababchi bo‘lmoqda. Cho`llarda esa mollarni bir yerda uzoq vaqt boqish natijasida qumlar ko^hadi, shamol ularni uchirib, har xil harakatdagi qumlarni, xususan barxanlarni hosil qiladi. Bular o‘z navbatida biologik tizim buzilishiga olib keladi.

3. O'rm onlar geografik qobiqda modda va energiya aylanishida, namlikni saqlashda, havoni toza bo`lishida, tuproq eroziyasini oldini olishda, rekreatsion maqsadlarda foydalanishda juda katta ahamiyatga ega. Faqat bir gektar yerdagi o'rmonlar 2 tonna C 02 yutib, atmosferaga 10-11 mlrd. nr’ 0 2 ni ishlab beradi. Lekin so‘nggi yillarda o‘rmonlardan noto‘g‘ri, oqilona foydalan￾maslik natijasida, uning maydoni Yer sharida 20 % ga qisqargan. Oqibatda tuproq eroziyasi kuchaygan, suv rejimida, atmosferaning gaz me’yorida (balansi) va biologik rang-baranglikda salbiy o‘zgarishlar yuz berib, ekologik tizimni buzilishiga sabab bo'lmoqda.

4. Geografik qobiqda o‘zgarish yuz berishida geografik omilning ham ta’siri bor. Chunki, yer quruqlik qismida daryo turlari notekis joylashgan bo‘lib, xo‘jalik uchun ancha noqulayliklar tug‘diradi. Bunoqulaylikka chek qo'yish uchun kam suvli hududlarga ko‘p suvli

daryo suvining bir qismini kanal qazib oqizish natijasida o‘sha hududlar tabiiy muhitida o'zgarish sodir bo‘ldi. Bunga Amudaryo suvining bir qismini Zarafshon vodiysiga oqizish yaqqol misoldir.

5.Geografik qobiqning okzgarishida va uni ifloslanishida sanoat tarmoqlaridan chiqayotgan chiqindilaming ishtiroki ham muhim. Sanoat ishlab chiqarishning intensivlashuviga qaramay ishlab chiqarish jarayonida xom ashyoning bir qismi chiqindi sifatida geografik mu￾hitga chiqarib tashlanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda atrof￾muhit ifloslanishida sanoat va tabiiy energiya (ko'mir, gaz, slanes, torf va boshqalarni yoqishdan chiqqan chiqindi va gazlar) chiqindilari 55 %

ni tashkil etadi. Sanoat tarmoqlari va tabiiy energiyadan har yili geografik qobiqqa 17373 mln. t har xil zararli gazlar, 4000 mln. t qattiq chiqindilar chiqib, atmosferani har xil chang, qurum, gaz va radioaktiv moddalar bilan ifloslamoqda. Natijada geografik qobiq unsurlarining

o‘zaro aloqalariga salbiy ta'sir etishdan tashqari, atmosferadagi o'sha har xil chang to‘zon va qattiq zarrachalar, yog‘inlar, shamollar orqali yer yuziga qaytib tushib suv, tuproqni ifloslamoqda, har xil inshootlar, binolar va ularning tunukalarini yemiri 1 ishini tezlashtirmoqda.

6. Tog'-kon sanoati. Geografik qobiqqa ta’sir etib, uni 0‘zgarti￾rilishida tog‘-kon sanoati ham ishtirok etadi. Bugungi kunda fan￾texnika yutuqlaridan foydalanib, yer osti boyliklari ham tezkorlik bilan o‘zlashtirilmoqda. Hozir yiliga yer bag'ridan qazib olinayotgan foydali

qazilmalar va qurilish materiallarining miqdori A.N.Kurakova ma’lu￾motiga ko'ra 190-200 mlrd. t atrofida bo‘lib, ularni qazib olish uchun 6000 knr yer ag'darilib, bir yerdan ikkinchi yerga olib borib tashlan￾moqda. Bu esa geografik qobiq landshaftlarining o'zgarishiga, ularni

ifloslanishiga olib kelmoqda. Tabiiy landshaftni o'zgarishida yana ma'danlarni ochiq usulda yoki karyer usulida qazib olish ham salbiy ta’sir ko'rsatadi. Bu usulda ma'danlarni qazib olishda uning ustki qatlamidagi keraksiz jinslar olinib, boshqa yerlarga tashlandiq jins sifatida tashlanadi. Natijada yangi «texnogen» relyef shakllari karyerlar, shaxtalar, tashlandiq jins uyumlari kabi antropogen landshaft vujudga kelmoqda.

7.Transport. So‘nggi yillarda geografik qobiqning itloslanib. o‘zgarishlar yuz berishida transportning salmog'i ortib bormoqda. Chunki avtomashina, samalyot, teplovoz, qishloq xo‘jalik mashinalari atrof-muhitga juda katta miqdorda is gazi, azot oksidi, uglevodorodlar.

qo‘rgboshin, chang, qurim, rezina zarrachalarini chiqarib. geografik qobiqda olzgarishlar sodir boMishiga sababchi boMmoqda. Transport vositalari atrof-muhitni ifloslashdan tashqari dunyo aholisining nafas olishi uchun ketgan kisloroddan 3-4 marta ko'p kislorod sarflaydi.

8. Geografik qobiqqa ta‘sir etib. uni o‘zgartirishda har-xil quri￾lishlarning ham hissasi katta. Chunki, sanoat obyektlari, shahar va qishloqlar, yoMlar, aerodrom, istirohat bogMari, kommunal inshootlar va suv inshootlarining qurilishi natijasida tabiiy landshaftlarda katta

o‘zgarishlar ro‘y beradi. Chunki qurilish natijasida hudud tekislanadi. chuqur yerlar toMdiriladi, yer qaziladi, keraksiz jinslar boshqa yerga tashlanadi, oqibatda relyef 0‘zgaradi, o‘simlik va tirik mavjudotlarning bir qismi halok boMsa, bir qismi boshqa joylarga ko‘chadi. Natijada

o‘sha hududlarda tabiiy landshaft o‘rniga madaniy landshaftlar

shakllanadi.

9. Tabiatdan rekreatsion maqsadda foydalanish deganda, biz biror manzarali, shifobaxsh hududni tabiiy sharoiti va resurslaridan dam olish, xordiq chiqarib davolanishni tushunamiz. Bunda dam olish zonalari, sihatgohlar (sanatoriylar), turbazalar katta vazifani bajaradi.

Ana shu rekreatsion obyektlardan chiqadigan chiqindi va oqava suvlarni tabiiy suv havzalariga tashlashni ma'n etish, dam oluvchilarni yurish-turishi geografik qobiq unsurlariga zarar yetkazmasliklariga ahamiyat berish zarur. Aks holda havo, suv itloslanadi, daraxt va maysalar qurib qoladi. Insonning geografik muhitga ko‘rsatayotgan ta’sir turlarini jamlab ikki guruhga boMish mumkin:

1. Maqsadli ta'sir o‘yIab, rejali hamda tabiiy qoidalarga rioya qilib, geografik qobiqning u yoki bu unsuriga ta‘sir etishdir. Yerlarni haydab rejali ravishda ekin ekish, yerlardan yuqori hosil olish uchun ularni o‘g‘itlash, bog‘-uzumzorlar tashkil etish va boshqalar.

2. Maqsadsiz ta’sir-geografik qobiq unsurlaridan foydalanishda rejasiz, o‘ylamay, tabiat qonunlariga rioya qilmay ta’sir etish: Orol dengizining qurib qolishi, yerlarni 0‘zlashtirishda agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida qayta sho‘rlanish, choMlanish misoldir.


Insonning geografik qobiqqa yuqorida qayd qilingan turli yollar bilan ko'rsatayotgan ta’sir oqibatida sayyoramiz «tabiiy muvoza￾nati»da u yoki bu unsurlarning buzili va oqibatda quyidagi sayyoraviy (global) va mintaqaviy (regional) salbiy jarayonlar sodir bo`lmoqda:


Download 85,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish