2.2. Evolyutsion jarayon
Evolyutsiya bugungi kunda zamonaviy fanda insonning vujudga kelishi xaqidagi asosiy ta’limotlardan hisoblanadi. Evolyutsiyaning hozirgi kundagi modelini fanda birinchi bo‘lib Ch. Darvin kiritgan. 1959 yilda Darvining fikriga ko‘ra yerda hayotning davomiyligi barcha geologik davrlarda turlarning bir biridan ko‘payganligi bilan izohlaydi.
Xo‘sh evolyutsion jarayon o‘zi nima?
Evolyuston jarayon shunday jarayondirki uning yordamida tirik organizmlar bir nechta avlodlarda o‘zgarib kelgan. Evolyutsion jarayondan shuni ko‘rishimiz mumkinki unda bitta ajdoddan yer yuziza bir nechta avlodlar ajralib chiqishgan. Masalan birinchi qushlar oilasiga mansub bundan 150 mln yil avval yashagan Archaeopteryx (arxeopteriks) bugungi kundagi fanda ma’lum 10000 ga yaqin qushlarning ajdodi hisoblanadi. Ch. Darvin evolyutsion jarayonning avlodlar qoldirishiga ishongan. Lekin u o‘sha davrda zamonaviy genetika fanidan xabardor ham bo‘lmagan. XX asrda genetika fanida shu narsa ma’lum bo‘ldiki yer yuzida istoqomat qilayotgan xar bir tirik organizm to‘qimalarida genetik kod yashiringan bo‘lib shundan xar bir inson to‘qimalarida 20000-25000 gen mavjud. Shunday qilib evolyutsiyaning kaliti organizmlarning o‘zgaruvchanligidadir.
Primatlarning rivojlanishi evolyutsion jarayon natijasida ular har qanday sharoitga moslashuvchanligini ko‘rsatib turadi.
CH. Darvin istiqomat qilgan davrlardan boshlab fanda turlarning kelib chiqishi haqida ko‘plab bahs munozaralar kelib chiqgan. Turlar yerda hayot davomiyligining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Bugungi kunda yerda 10 mln yaqin turlar mavjud. Shulardan 5000 ga yaqini sutemizuvchilar hisoblansa ulardan 435 ga yaqini primatlardir. Bugungi kunda fandan bizga shu narsa ma’lumki turlar tabiatdan bir biriga qo‘shilmasligi va tabiiy chegaralangan hududlarda istiqomat qilishini yaxshi bilamiz. Bu turlar orasida insongina yer yuzining turli xududlarida yashab kelmoqda.
Qadimgi sharq madaniy merosi Qadimgi Yunoniston fani va madaniyati rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Shu sababli ham Qadimgi Yunoniston tabiatshunos faylasuflaridan Fales, Anaksimandr asarlarida sharq diniy afsonalari bilan bir qatorda, tabiiy bilimlar asosida rivojlangan yangi ijtimoiy xo‘jalik amaliyoti ham o‘z ifodasini topgan. Ular barcha borliq asosida dastlabki materiya yotadi, tabiat doimo harakatda bo‘ladi, o‘zgaradi, degan g‘oyani ilgari surdilar. Eramizgacha bo‘lgan 530—470 yillarda yashagan Geraklit barcha borliq va tafakkur asosini qarama-qarshiliklar kurashi tashkil etadi, koinot yaratilmagan u olov, havo, suv va yerning bir-biriga aylanishi natijasidir, degan. Organizmlarning tabiiy ravishda vujudga kelishi g‘oyasi keng o‘rin oladi. Masalan, Fales barcha tiriklik suvdan, Anaksimen hayvonlar va odam dastlabki loyqadan, Anaksimandr esa hayvonlar namlikdan vujudga kelgan, odam dastlab baliqlarga o‘xshagan ular esa o‘z navbatida boshqa hayvonlar turidan paydo bo‘lgan, degan fikrlarni quvvatlaganlar. Keyinchalik Qadimgi Yunon olimlaridan Levkipp (eramizgacha bo‘lgan 500—440 yillar) va Demokrit (460—370 yillar) atomistik nazariyani yaratdilar. Bu nazariyaga ko‘ra, koinot jismlari, Yer, undagi barcha borliq, shu jumladan, tirik organizmlar atomlardan tashkil topgan. Demokrit fikricha, namlik va loyqadan tabiiy yo‘l bilan tirik organizmlar paydo bo‘lgan. Eramizdan oldin V asrda yashagan vrach va shoir Empedokl (eramizgacha bo‘lgan 483—423 yillar) tabiatning asosini 4 element (suv, yer olov va havo) tashkil etadi, ular doimiy, yo‘qolmay bir-biriga qo‘shiladi va yana ajraladi, deb e’tirof etgan. Shunday qo‘shilish natijasi muvofiq va nomuvofiq bo‘lishi mumkin. Organlarning bir-biri bilan muvofiq qo‘shilishidan normal organizmlar paydo bo‘ladi va ular yashayveradi, nomuvofiq qo‘shilishidan esa anormal organizmlar vujudga kelib, ular tezda nobud bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan misollardan ma’lumki, qadimgi yunonlarda tabiat to‘g‘risidagi bilimlar cheklangan, tor doirada bo‘lsada, lekin ular yirik falsafiy masalalarga yo‘naltirilgan. Yunon olimlaridan Gippokrat (eramizgacha bo‘lgan 460—477 yillar) va uning shogirdlari tibbiyot nazariyasini yaratishda biologiya bilimlaridan keng foydalanganlar va tajriba va kuzatishlar olib borganlar. O‘sha davrda anatomiya-fiziologiya sohasidagi ma’lumotlar uncha puxta bo‘lmasligiga hamda ichki organlarning tuzilishi va funksiyasi haqidagi tasavvurlarda kamchiliklar mavjudligiga qaramay, gippokratchilar biologiyaga oid ko‘p masalalarni hal etishga harakat qildilar. Ayniqsa, Gippokratning irsiyatga doir fikrlari diqqatga sazovordir. Uning irsiyat haqidagi tasavvuriga ko‘ra, erkak va ayolning urug‘i butkul organizmdan hosil bo‘ladi. Baquvvat organizmdan kuchli, nimjon organizmdan kuchsiz nasl rivojlanadi. Agar ota organizmning urug‘i ona organizmnikiga qaraganda bir necha marta ko‘p bo‘lsa, nasl otaga, agar onaniki ko‘p bo‘lsa, onaga o‘xshash bo‘ladi. Qadimgi Yunonistonda tabiatshunoslikning rivojlanishi birinchi muallim nomini olgan Aristotel (eramizgacha bo‘lgan 384—322 yillar) hayvonlar klassifikatsiyasining asosini tuzgan, qiyosiy anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fikrlarni bayon etgan hamda organlar korrelyasiyasi va tabiatdagi asta-sekin rivojlanish to‘g‘risida ba’zi fikrlarni ilgari so‘rgan. Uning fikricha, tabiat sekin-asta jonsiz narsalardan hayvonlar tomon rivojlanadi. Bu jarayonlar uzluksiz bo‘lganligi uchun ular o‘rtasidagi chegarani aniqlash qiyin. Aristotel - hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan hamda hayvonot olamining klassifikatsiyasiga asos solgan olim. U hayvonlarni klassifikatsiyalashda ularning ayrim xossalariga emas, balki ko‘p belgilariga e’tibor berish kerakligini e’tirof etgan. U barcha hayvonlarni 2 ta guruhga - «qonlilar» va «qonsizlar»ga bo‘lgan. Bu guruhlar hozirgi «umurtqali» va «umurtqasiz» hayvonlarga to‘g‘ri keladi. «Qonlilar»ni 5 ta «katta avlod»ga ajratgan. Aristotelning katta avlodlari umurtqali hayvonlarning hozirgi sinflariga to‘g‘ri keladi. «Qonsizlar»dan unga faqat 130 tur ma’lum bo‘lgan. Olimning ta’kidlashicha, bir qancha formalar (meduza, aktiniya, dengiz yulduzlari va bulutlar) tuzilishiga ko‘ra, oraliq harakterda bo‘lib, bir tomondan, shilliq qavatlilarga, ikkinchi tomondan esa o‘simliklarga yaqin turadi. Shuning uchun ham Aristotel ularni zoofitlar deb atagan. Aristotelning «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlar tanasining qismlari haqida», «Hayvonlarning paydo bo‘lishi haqida» nomli asarlarida klassifikatsiya asoslari, har bir hayvonlarning tuzilishini qiyoslash prinsiplari, antik embriologiya asoslari yoritilgan.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Evolyutsion ta’limot va nazariyalar.
Yer sharida xayotning paydo bo‘lishi va ilk insonlar.
Etnodemografik jarayonlarning sodir bo‘lishi sabablari.
Evolyutsion jarajoyon bilan bilan shug‘ullangan olimlar.
Primatlar bilan inson ajdodlari evolyutsion chizig‘i qachon ajralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |