Boshqa yetkazib beruvchilarga o'tish uchun xarajatlar
Boshqa yetkazib beruvchilarga o'tish uchun yuqori xarajatlar
Boshqa provayderlarga o'tish uchun arzon narx
2
JAMI BOL
6
4 ball
Yetkazib beruvchilarning past ta'siri
5-6 ball
Yetkazib beruvchilarning o'rtacha ta'sir darajasi
7-8 ball
Yetkazib beruvchining yuqori ta'siri
13-jadval. Yetkazib beruvchilarning tahdidni baholash. 14-jadval.
Parametr
Ma'nosi
Tavsif
Ish yo'nalishi
O'rnini bosuvchi mahsulotlar tahdidi
Past
Bank bozorda noyob bo'lgan xizmatga ega, juda ko'p analoglari mavjud emas
Ma'lum vaqt davomida hotirjam bo'lish mumkin, ammo oldindan xizmatlar sifatini yaxshilash zarar qilmaydi
Tarmoq ichidagi raqobat tahdidi
O'rtacha
Kompaniya sekin o'sish sur'ati bilan yuqori raqobatbardosh bozorda. Kompaniyaning mahsuloti noyob emas, u qo'shimcha afzalliklar bilan ajralib turadi. Narxni oshirish imkoniyati cheklangan
Raqobatchilar takliflarining doimiy monitoringini o'tkazish. Mahsulotning o'ziga xosligini rivojlantirish kerak
Yangi raqobatchilarning tahdidlari
O'rtacha
Yangi raqobatchilarning paydo bo'lishining o'rtacha darajasi. Mikro bo'shliqlar mavjud. Sanoatga kirish uchun yuqori darajadagi investitsiyalar talab qilinadi
Yangi raqobatchilar paydo bo'lishini kuzatib borish, xususiyatlarini almashtira oladigan yangi mahsulotlarni joriy qilish, iste'molchilarning kompaniya bilan aloqa qilish muddatiga qaratilgan aksiyalarni o'tkazish, mahsulot haqidagi bilimlarni oshirish zarur
Hozirgi mijozlarni yo'qotish xavfi
O'rtacha
Mijozni yo'qotishning xavfi o'rtacha. Mahsulotning ikkilamchi xususiyatlaridan norozilik mavjud. Xaridor narxda sezilarli farq bo'lgan raqobatchiga o'tadi
Doimiy mijozlar uchun taklif ishlab chiqish. Narxga sezgir xaridorlar uchun iqtisodiy takliflarni ishlab chiqish.
Yetkazib beruvchining beqarorligi tahdidi
O'rtacha
Yetkazib beruvchi barqarorligi
Yetkazib beruvchi bilan aloqalarni bundanda mustahkamlash va uning ishonchini oqlash
14-jadval. M. Porterning "5 raqobatbardosh kuchlari" tahlilining qisqacha jadvali.
1-rasm. “Agrobank” ATB Jalaquduq filialining SWOT tahlili. Yuqoridagi “Agrobank” ATB Jalaquduq filialining SWOT tahliliga ko’ra bankda yuqori malakali ishchi xodimlar ishlaydi. Bu esa bankning iste’molchilarga ko’rsatadigan xizmatining sifati yuqori ekanligini ko’rsatadi. Bank xizmatlaridan foydalanish anchagina osonlashtirilgan bo’lib, avvallari bankdan mikroqarzlar yoki shunga o’xshash minimal summadagi kreditlarni olish uchun bir necha oylab vaqt sarflangan va ko’plab hujjatlar talab etilgan bo’lsa, endi uzog’i bilan 10-15 kun muddat ichida kreditni rasmiylashtirish mumkin. Bunday yuqori darajadagi sifatli, tezkor xizmatlarni ko’rsatish uchun bank xodimlari zamonaviy texnika va jihozlar bilan ta’minlangan. Bankning boshqaruv faoliyatida xodimlarni rag’batlantirish tizimi ham yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu xodimlarni o’z ishlarini sidqidildan bajarishga undaydi. Endilikda bank mijozlari bank xizmatlaridan foydalanish uchun bank hududiga kelishi shart emas. Chunki bankning ish faoliyati raqamlashtirilgan bo’lib, mijoz uyidan chiqmagan holda plastik kartaga buyurtma berishi, kreditlar olishi, omonatlar qo’yishi, kreditlarni so’ndirishi va bankning boshqa xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Buning uchun bank mijozlari shunchaki uyali aloqa vositalariga “Agrobank Mobile” ilovasini o’rnatishgan bo’lsa bo’ldi. Bankning yuqoridagi kabi kuchli jihatlari bo’lishiga qaramay kamchiliklari ham yo’q emas. Bankning ko’zga ko’ringan yuqori darajali kamchiliklari bu bank faoliyati to’laqonli markaz tomonidan nazorat qilinishi va dasturiy ta’minotda yuzaga keladigan uzulishlarning ko’pligidir. Bu esa o’z navbatida bankda mijozlarning uzun navbatlari yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Hozirgi kunda iste’molchilarning naqd pulga bo’lgan ehtiyojlari yuqoridir va bu ehtiyojni boshqa banklar kabi “Agrobank” ATB Jalaquduq filiali ham to’laqonli qondira olmayapti. Bundan tashqari bank hujjatlarini arxivlashda juda ko’p kamchiliklar mavjuddir.
“Agrobank” ATB Jalaquduq filialining tashqi muhitdagi imkoniyatlaridan biri sifatida bozorda qishloq xo’jaligini moliyalashtiradigan boshqa bankning mavjud emasligini aytish mumkin. Bu esa uzoq vaqt mobaynida bankning iste’molchilari, mijozlari bo’lishini bildiradi. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasining YaIMning katta qismini asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlari egallashi va mamlakatning qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirishga qaratilgan siyosati bank faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Keyinchalik “Agrobank” ATB Jalaquduq filiali Jalaquduq tuman hokimligi bilan, xorijiy mashhur banklar va tashkilotlar bilan aloqalarni yaxshi yo’lga qo’ygan bo’lib, bu bank faoliyatining rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga egadir. Lekin bunday imkoniyatlarga qaramay tashqi muhitda tahdidlar ham topiladi. Misol uchun tuman aholisining katta qismini asosan ma’lumoti o’rta va undan past bo’lgan aholi qatlami tashkil etadi va ularning moliyaviy savodxonligi boshqa hududlardagi aholiga qaraganda ancha pastdir. Bu esa mijozlar bilan ish olib borayotganda bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari tuman hududida brendining qiymati yuqori va hammaga mashhur bo’lgan “Hamkorbank”ning mavjudligi aholining katta qismini o’ziga jalb qiladi. Bu esa bank uchun katta xavfdir. Chunki har qanday bankning o’z mijozlari soni qanchalik ko’p bo’lsa, ana shu bankning moliyaviy holati yaxshi bo’ladi.