Mavzuning maqsadi: Yangi Gveniya oroli 1526-yilda portugaliyaliklar tomonidan ochilgan bo’lib, o’z nomini mahalliy aholi afrikaliklar bilan o’xshash bo’lganligi uchun olgan. 1828-yilda Gollandiya orolining g’arbiy qismini (1962-yilda Indaneziyaga o’tib ketgan) o’z mulki deb e‘lon qildi. Orolning sharqiy qismi Papua (hozirgi Papua-Gveniya hududi), 1885-yilda ikkiga bo’lingan bo’lib, shimoli sharqiy qismi nemis protektorati, janubiy sharqiy qismi esa Avstraliya tomonidan qo’shib olingan hududlardan iborat edi. Ikkinchi jahon urushi boshlarida Avstraliya nemis protektoratini bosib oldi va 1921-yil Millatlar Ligasi tomonidan unga sharqiy Yangi Gveniyani boshqarish uchun mandat berildi. 1973-yilda o’z-o’zini boshqarish huquqini qo’lga kiritgan mamlakat Britaniya Hamdo’stligini saqlagan holda 16-sentabr 1975-yilda mustaqil Papua-Yangi Gveniya davlatiga aylandi. Ularning tarixchilar oldiga qo’ygan eng dolzarb va ustivor vazifalar – milliy davlatchiligimiz tarixi va uzbek xalqining etnogenezini tadqiq etishda etnografiya (etnologiya)- elshunoslik (xalqshunoslik) fanining o’rni beqiyosdir. Etnografiya ko’p qirrali ijtimoiy fan bo`lib, uning asosiy tadqiqot ob'yekti millatlar, xalqlar va elatlar (etnoslar) xisoblanadi. 2
Jaxon xalklari etnografiyasi fani yer yuzidagi xalqlarning kelib chiqishi (etnogenezi), o’ziga xos moddiy va ma'naviy madaniyati, antropologik (irqiy) va lingvistik (til) belgilari, an'anaviy xo’jaligi, marosim va urf-odatlarini o’rganish jarayonida xar bir etnosning jaxon sivilizasiyasida o’z o’rniga ega ekanligini ko’rsatadi.
Mavzuning vazifasi: Papuaslar urug’chilik jamoasining asosiy xususiyati erkaklar, ularning singillari va qizlari bitta jamoadan bo’lishidir. Jamoda urug’dan chetdan keladiganlar faqat xotinlikka olinadigan boshqa urug’ ayollari bo’lishgan.
Yangi Gvineyada ko’p bo’lmasada geterogen jamoa yirik oilalar boshqaruvi ham mavjud edi. Sharqiy va Shimoliy Tinch okeanida joylashgan polineziyalik va mikroneziyaliklar, shubhasiz, ancha keyin kelib o'rnashgan. Bir necha yuz va hatto ming kilometrlab uzoqlikda cheksiz va dahshatli okeanda qad ko‘targan son-sanoqsiz mayda orollarni egallash uchun albatta yuksak madaniyatli, ayniqsa, kemasozlik va dengiz sayohati sirlarini yaxshi bilgan kishilar zarur edi.
Yevropaliklar va indoneziyaliklar bilan iqtisodiy aloqalar natijasida papuaslarda jamoaning uchinchi turi qo’shnichilik jamoasi vujudga kelgan hamda bunday jamoalar asosan shaharlarga yaqin joylarda shakllangan. Yangi Britaniya orollarida qabilalar bo’lgan bo’lsada, lekin hozirga qadar ularning hammasining ham nomi aniqlanmagan. Orolning sharqiy qismida: sulka, gaktei, tumuip, butam, taulil, bayning, nakanai, gunantuna qabilalari yashaydi. Ularning ba‘zilari papuas, boshqalari melaneziya tillarida so’zlashgan. Yangi gvineyaning madaniy va manaviy hayoti va ularning urf odatlarini o’rganish mavzuning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |