Yadro-sitoplazma munosabati deganda yadroning hajmini sitoplazma hajmiga
nisbati tushuniladi. Bu, ma‟lum tip hujayralarda, muayyan sharoitlarda o„zgarmas
bo„ladi. Buning ma‟nosi shuki, ma‟lum hajm yadro, ma‟lum massa sitoplazmani
nazorat qilish qobiliyatiga ega bo„ladi. Energiya almashish nuqtai nazaridan
qaralsa, bu degani yadro hujayrani tegishli axborot bilan turli kanallar orqali
ta‟minlashini ko„rsatadi. Ma‟lumki, zigota maydalanayotganda borgan sari kichik
o„lchamli blastomerlar hosil bo„lib boradi, ammo yadro bilan sitoplazma hajmi
o„rtasidagi nisbat doimo saqlanadi. Bir hujayrali sodda hayvon tufelkada odatda
ikkita yadro bo„ladi. Ulardan biri genetik axborot manbai bo„lib xizmat qilsa,
ikkinchisi hujayraning metabolitik faoliyatini boshqaradi.
Yadroning shakllari har xil va ko„pchilik hollarda hujayraning shakliga mos
keladi. Yumaloq hujayralarda yadro yumaloq, cho„ziqlarda, masalan silliq muskul
hujayralarida yadro ham cho„ziq bo„ladi. Lekin ko„pchilik hujayralarda yadroning
shakli hujayra shakliga mos kelmaydi. Masalan, ko„plab o„simtali nerv, suyak
hujayralarida yadro yumaloq bo„ladi. O„simlik hujayralarida markaziy vakuola
yadroni hujayra membranasiga surib qo„yadi va uning shakli linzasimon bo„lib
qoladi. Leykotsitlarda polimorf, ya‟ni turli-tuman shaklda: zanjirsimon,
bo„lakchali, hasipsimon, loviyasimon, ba‟zi hasharot va o„rgimchaklarning to„ri
hujayralarida yadro ko„p tarmoqli bo„ladi. Yadrolarning shaklini bunday turli-
tuman bo„lishining sababi aniq emas, ammo uni metabolitik jarayonlarning
tezligini orttiruvchi omil deb qarash mumkin. Yadroning yirik-maydaligi
hujayraning shakliga bog„liq. Yadrolarning o„lchami, shakli tashqi muhit ta‟siriga,
fiziologik holatlariga, ovqat moddalariga, yadro strukturasiga va funksiyasiga
qarab o„zgarib turadi. O„simliklarning turli organlaridagi hujayralar yadrosining
o„lchami ham har xil bo„ladi. Yosh hujayralarda yadro hujayraning markaziy
qismida joylashadi. Hujayra voyaga yetganda, uning ichida bir yoki bir necha
vakuolalar hosil bo„ladi, bu holda yadro sitoplazma bilan birgalikda hujayraning
devoriga qisilgan holda joylashadi(ilova,29). Ba‟zi hujayralarda vakuola
yiriklashib, sitoplazma ingichka iplar holida hujayra markazidan turli
yo„nalishlarda kesib o„tadi. Bunday hujayralarda yadro shu sitoplazmatik iplar
bilan o„ralgan holda hujayraning markazida joylashadi. Hujayraning yadrosi bir
butun va murakkab strukturali bo„lib, yadro po„sti, kariolemma yoki nukleolemma,
xromatin
strukturalari
(xromosomalar),
yadro
shirasi
(kariolimfa
yoki
karioplazma), bir-ikkita, ba‟zan bir necha yadrochadan tashkil topgan.
Yadrolarni interfaza yadrosiga (bo„linmayotgan yadro) va hujayra bo„linishi
davridagi yadroga ajratish mumkin.
Yadro qobig‘i
Yadro qobig„i Zavarzin va Xarazova (1982)larning fikriga ko„ra yadroning
yuza apparati tarkibiga kiradi. Bu apparat uchta asosiy komponentlardan: yadro
Do'stlaringiz bilan baham: |