Mavzu: XXI asrda innovatsiyalar. Global muammolar



Download 246,94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.02.2022
Hajmi246,94 Kb.
#444996
Bog'liq
XXI asrda innovatsiyalar. Global muammolar



Xaydarov Hojiakbar BIA-40 
O’zbekiston Respublikasi Toshkent
Moliya instituti 
Mavzu: XXI asrda innovatsiyalar. Global 
muammolar
Bajardi: Xaydarov H 
Tekshirdi: Xusanov N 


Xaydarov Hojiakbar BIA-40 
Mavzu: XXI asrda innovatsiyalar. Global 
muammolar
'Global muammolar
 - umumba shariy hayot va taraqqiyot 
bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon 
termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka 
qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; 
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida 
ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, 
ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini 
tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib 
borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — 
oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan 
taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib 
kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. G.m. avvalo jahonda 
kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, 
ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb 
etishi natijasida yuzaga keldi.
G.m.larni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy 
munosabatlarda vujudga kelgan G.m. — jahonda rivojlangan, 
rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. 
kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan 
mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq 
mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan 
mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq 
mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy 


Xaydarov Hojiakbar BIA-40 
munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo 
boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi 
tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n G.m. 
— jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan 
tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar 
jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda 
ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar 
mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot 
yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi 
farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon 
yalpi milliy mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan boʻlsa, 
kambagʻal davlatlar atigi 1%ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar 
rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada 
ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi 
globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni 
siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu 
globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir 
necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global 
iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi 
moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy 
sohada vujudga kelgan G.m. — jahon aholisi muttasil koʻpayib 
borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, 
ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham 
kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni 


Xaydarov Hojiakbar BIA-40 
boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va 
umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, 
butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez 
tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va 
tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga 
kelgan G.m. — ular katoriga dengiz va suv havzalarining 
bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera 
ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy 
moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q.x.da ekin 
ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi 
kuchaydi. Sobiq SSSRda q.x. sohasida texnokratik siyosat yuritilishi 
oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik 
muammolarni keltirib chiqardi. G.m.ga qarshi kurashda jahon 
hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro 
anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda G.m.ning kelib 
chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu 
muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni 
taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi 
eʼtiborini karatdi. 

Download 246,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish