Tarixshunoslik - tarix fanining tarixini o’rganuvchi fan. Tarixshunoslik tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki ma`lum bir muammoga bag’ishlangan tarixiy tadqiqotlarni o’rganadi va tahlil qiladi.

XX asr Yevropada tarixning prinsiplari yangilanganligini anglatadi, buning natijasida tarixda insoniyatning yangi qiyofasi shakllana boshlandi. Mashhur tarixchi M.Barg buni tarixshunoslik inqilobida uzoq davom etadigan jarayon deb atadi. Tarixni yozishdagi ilk o`zgarishlar XX asrning dastlabki o`n yilligida boshlangan bo`lsa 1960-70 yillarga kelib o`z cho`qqisiga ko`tarildi va “yangi ilmiy tarixshunoslik” fani rivojlanib bordi.

XX asrning oxirgi choragiga kelib tarixda gumanizm jarayonlari keng ko`lamda namoyon bo`la bordi va XXI asr boshlariga kelib tarixiy prinsiplar va tarixchilar o`zgarib bordi. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida antropologik burilish yuz berdi.

Tarixni yoritishda turli mamlakatlar o`z milliy maktablariga asos soldi va bu maktaablarda birinchi o`rinda intizomga rioyaa qilinib oldingilarini o`zgartirib bordi. Fransiyad “an`analar tarixi”va “yilnomalar tarixi”, Germaniya Federativ Respublikasida “kundaliklar tarixi” va “antropologik tarix” , Buyuk Britaniyada antropologik sotsial tarix, Italiyada mikrotarix kabi maktablar vujudga keldi.
Tarixshunnoslikning eng muhim bo`lgan belgilaridan biri bu fikrlar xilma-xilligi bo`lib hisoblanadi. Biror bir tarixiy voqea-hodisaga tarixchi o`z fikrini bayon etishi va ushbu jarayonga tanqidiy jihatdan yondashmog`i kerakligi , qandaydir bir absolyut fikrda to`xtab qolmasdan izlanishlar olib borishi lozim.
Tarixshunoslarning doimiy izlanishlari va ular uchun zarur bo`lgan fikriy teranlik zamonaviy tarixshunoslikda muhim o`rin tutadi. L.Ranke tadqiqotchilarni tarixni anglashga, unga “obyektiv” yondashishga, o`zini unutishga undadi. Lekin hozirda aksincha tarixchidan ko`nikmalari jarayonida o`z-o`zini anglashi, o`zi tarixiy jaraayonga baho berib borilmoqda.

Tarixchi va manba o`rtasida aloqa to`g`risida M.Baxtinning g`oyalari ham tadqiqotchilar o`ta muhim sanaladi. Tarixni hikoya qilish orqali u ko`z oldimizda gavdalanadi va nafaqat miyaga balki o`quvchining hissiyotlariga ta`sir ko`rsatadi.

XX asrda amerikalik tadqiqotchi olima N.Z.Devisning qalamiga mansub “Martin Gerning qaytishi”(1983) kitobi haqiqiy bestseller bo`ldi. Asar XVI asr o`rtlarida yuz bergan voqeani sud-arxiv hujjatlarnii qayta tiklash natijasida yaratilgan. Tarixshunoslikda arxiv hujjatlari juda muhim manbaa bo`lib, ushbu hujjatlarsiz tarixiy haqiqatlarni batafsil bayon etib bo`lmaydi.
XX asrning so`nggida amerikalik tarixchi, Priston universiteti professori Robert Darnton o`zining bergan “Mushuklar qirg`ini yoki fransuz madaniy tarixidagi boshqa hodisalar” kitobi orqali tarixga nazar soldi. Ushbu kitobdagi voqealar XVIII asrning 30-yillarida yuz tarixiy jarayonlarni ochib bergan.
XX asr tarixshunosligida italyan olimlarining izlanishlari ham beqiyos sanaladi.Ulardan eng mashhuri Karlo Ginzburg bo`lib u Bolonya va Los anjelos universitetlari professori hisoblanadi.. Uning “XVI asrda yashagan tegirmonchi sur`ati” asari (1976) katta shuhrat qozondi. Ushbu asar ham sud hujjatlarining tadqiq etilishi natijasida vujudga kelgan( asar muallifi arxiv hujjatlarga tayanib hech qanday o`zgartirishlar kiritmagan holda yoritib bergan).