Tarixshunoslik



Download 57,14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi57,14 Kb.
#254187
Bog'liq
Tarixshunoslik - Vikipediya



Tarixshunoslik

Tarixshunoslik - tarix fanining tarixini oʻrganuvchi fan. T. tarixiy bilimlar taraqqiyotini,

muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki maʼlum bir muammoga

bagʻishlangan tarixiy tadqiqotlarni urganadi va taxlil qiladi. T. nafaqat tarix, balki maxsus tarix

fanlari (mas., sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va boshqalar) tarixi bilan xam

shugullanadi. T.ning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama xolisona

anglashdan, muayyan taraqqiyot davrida tuplangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadkiq etishdan,

amalga oshirilgan ishlarning natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan

dolzarb muammolarni aniqlab, kelgusi tadqiqotlarning yunalishlarini belgilashdan,

tarixchilarni muayyan tarixiyilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yunaltirishdan iborat. T.

oʻtmishda kechgan va bugungi kunda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarning odamlar ongida

qanday aks etishini, tarixiy adabiyotlar orqali ijtimoiytarixiy rivojlanish jarayonini kuzatish;

jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning oʻsib borishi jarayonini kuzatish

imkonini beradi. Boshqacha aytganda, maʼlum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini

jamiyat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishi bilan bogʻliklikda ifodalaydi, ijtimoiysiyosiy,

mafkuraviy muhitning tarix faniga taʼsirini, u yoki bu yunalishdagi rivojlanish va tanazzulga

yuz tutish sabablarini aniklaydi. T., shuningdek, fan taraqqiyotida oʻz urniga ega bulgan i.t.

markazlari tarixini, unda faoliyat koʻrsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, ularning fan rivojiga

qoʻshgan hissalarini oʻrganish kabi vazifalarni ham bajaradi.

T. tadqiqotlarining bir qancha tahlil usullari mavjud: qiyosiy iarixiy usul —turli tarixiy davrlarda

tarixiy maʼlumotlar qanday paydo boʻldi, harakatlandi, oʻzgardi va rivojlandi, jamiyat

taraqqiyotida tarixiy fikrlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi jarayonini aniklashda qoʻllaniladi;

aniq tahliliy usul — olib borilgan T. tadqiqoti voqea-hodisalar tafsilotini kelib chiqish sabablari,

rivojlanish jarayonini nazariy va faktik materiallarning oʻzaro aloqasida taxlil qiladi, ularning

fanda kanday yoritilganligini oʻrganadi; mantiqiy tahliliy usul — T.da katta imkoniyatlarga ega

boʻlib, tarixiy muammoning oʻziga xos xususiyatlari, tuzilishi, boshqa tarixiy hodisalar bilan

bogʻliqligini oʻrganishda qoʻllaniladi. Boshqacha aytganda, maʼlum bosqich yoki davrda tarix

fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishi bilan bogʻliqlikda ifodalaydi;



xronologik usul — voqea-hodisalar haqida turli bosqich yoki davrda toʻplangan tarixiy faktlarni

oʻzaro bogʻliklikda oʻrganishda qoʻllaniladi. Bu esa turli zamonda ilmiy fikrlarning harakatini,

muammoga yondashuvda konsepsiyalar, qarashlar, gʻoyalarning oʻzgarib borishini xronologik

tartibda takroriy yoki xilmaxil jihatlarini ochib beradi; davriylashtirish usulida maʼlum bir

tarixiydavriy chegarada tarix fanining sifat, uslub va xususiyatlarining oʻzgarishiga

ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarning taʼsiri, har bir yangi bosqichda vujudga kelgan ilmiy

gʻoyalarni harakatlantiruvchi omil va yoʻnalishlar aniqlanadi; retrospektiv tahlil — har bir ilmiy

adabiyot oʻz davriga taalluqli boʻlib, uning kuchli va kuchsiz jihatlarini oʻzida aks ettiradi. T.

tadqiqotlarda tadqiqotchining vazifasi oʻzidan avvalgi bosqichlarda yaratilgan ilmiy asarlarni

zamonaviy bilimlar nuqtai nazaridan oʻrganish, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini taxlil

qilishdan iborat.

T. tarix faniga nisbatan yangi fan hisoblanadi. Oʻrta asrlarda yaratilgan baʼzi tarixiy asarlarda,

jumladan, Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston",

Abu Bakr Narshaxiyning "Tarixi Buxoro", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Boburning

"Boburnoma", Muhammad Yusufbek Bayoniyning "Tarixi Xorazm", "Shajarai Xorazmshohiy",

Ahmad Donishning "Buxoro amirlarining tarjimai hollari" va boshqalarda muayyan

maʼlumotlarni umumlashtirishga, fakt va tarixiy jarayonlar bayonida taxliliy yondashuvga

boʻlgan harakatlar kuzatiladi.

Oʻzbekistonda T. tarix fanining maxsus sohasi va aloxida tadqiqot predmeti sifatida 20-

asrning 2yarmida shakllandi. Oʻzbekiston FA Tarix institutoʻ tashkil topgach, bir qator

tarixshunoslar, jumladan, V.Ya. Nepomnin, R.N.Nabiyev, I.K. Dodonov, L.M.Landa, X.I.Inoyatov,

B.V.Luninlar muayyan muammolarning tarixshunosligini tadqiq qilishga kirishdilar. 1968 y.

Tarix instituti qoshida "T." sektori, keyinroq boʻlim tashkil etilishi bu sohaning rivojiga katta

hissa qoʻshdi (boʻlimni 1968—88 yillarda tarix fanlari dri B.V.Lunin, 1988—92 yillarda tarix

fanlari nomzodi V.A.Germanov boshkargan, 1992 yildan tarix fanlari dri, prof. D.A.Alimova

rahbarlik qilib kelmoqda).

Oʻzbekistonda tarix fani va uning baʼzi sohalari rivoji dinamikasini yorituvchi asarlar [Axunova

M.A., Lunin B. V., Istoriya istoricheskoy nauki v Uzbekistane, T., 1970; XX asrning dastlabki

oʻttiz yilligi Oʻzbekistonda tarix fani (tarixshunoslik ocherklari), 1— 2qism, T., 1994; Alimova D.

A., Ivanova L. S, 50 let izucheniya istorii Uzbekistana v godoʻ voynoʻ 1941—1945 gg .

sovremennie zadachi i perspektivoʻ yeye istoriografii, T., 1995; Lunin B. V., Istoriografiya

obhestvennoʻx nauk v Uzbekistane, T., 1974; Saidqulov T. S, Oʻrta Osiyo xalqlari tarixining

tarixshunosligidan lavxalar, T. S, 1992; Doniyorov A. X., Mustaqil Oʻzbekiston etnografiyasi

tarixshunosligining ayrim masalalari, T., 2003] yaratildi. Sharqshunos olimlar (Lunin B. V.,

Biobibliograficheskiye ocherki o deyatelyax obhestvennoʻx nauk Uzbekistana, t. 1, T., 1976; t.

2, T., 1977), mustamlakatotalitar tuzum sharoitida Oʻzbekiston tarix fani sohasida xizmat

qilgan tarixchilarning hayoti va faoliyati (Alimova D. A., Rashidova D., Mahmudxoʻja Behbudiy



va uning tarixiy tafakkuri, T., 1999; Germanov V. A., Istoriki Turkestana v usloviyax

politicheskogo terrora 20—30x godov, T., 2000; Germanov V. A, Professor Pulat Saliyev i yego

vremya, T., 2002) asarlarda aks ettirildi; xotinqizlar muammosi tarixshunosligi [Alimova D. A.,

Jenskiy vopros v Sredney Azii: istoriya izucheniya i sovremennie problemoʻ (20—80e gg .), T.,

1991]; milliy ozodlik harakatlari, ularning xorijda oʻrganilishi (Ziyayeva D. H., Turkistonda milliy

ozodlik harakati, T., 2000) asarlarda oʻz ifodasini topdi.

Tarix fanining boshqa muammolari koʻplab maqolalarda oʻzining T. tahliliga erishdi.

T. boʻlimi tomonidan oʻtkazish anʼanaviy boʻlib qolgan "T. oʻqishlari" Oʻzbekiston tarix fani

sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni sarhisob qilib boradi. Oʻzbekistonda T. fani ilmiy

maktablariga B. V. Lunin, G.I.Jeltova, F.H.Qosimov, R. Rajapova, D.A. Alimova kabi olimlar

tomonidan asos solindi.

T. tadqiqotlari mustaqillik yillarida ancha kengaydi. 5 ta drlik, 20 dan ortiq nomzodlik ishlari

himoya qilindi. Ayniqsa, xorijiy tadqiqotchilar (AQSH, Koreya, Turkiya, Rossiya, Buyuk

Britaniya, Germaniya) Oʻzbekiston tarixshunoslari bilan ilmiyamaliy aloqalar oʻrnatib,

Oʻzbekiston tarixshunosligining muhim muammolarini oʻrganishda davom etmoqdalar.

Nodira Mustafoyeva.



Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Fanlar haqidagi ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.ph

p?title=Tarixshunoslik&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?


  Soʻnggi tahrir 3 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


title=Tarixshunoslik&oldid=19960

07

" dan olindi 



Download 57,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish