Mavzu: XVII asr me'morchiligi



Download 21,67 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi21,67 Kb.
#838879
Bog'liq
kurs ishi

Mavzu: XVII asr me'morchiligi


KIRISH
1.Bob. O'rta asrlar xonliklar me'morchiligi


1.1. Me'morchilik rivojlanishi va uslublari
1.2. Xonliklarda me'morchilikka berilgan e'tiborlar
1.3 XVII asr me'moriy obidalarininjng o'ziga xosligi

2. Bob. Ashtarxoniylar, Xiva xonligi va Qo'qon davri XVII asr me'morchiligi


2.1. Registonning to'liq shakllanishi ( Sherdor va Tillakori madrasalari )
2.2. Nodir devonbegi madrasasi va xonaqohi
2.3 Labi hovuz ansamblining to'liq shakllanishi va Abdulazizxon madrasasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
KIRISHNING DOLZARBLIGI


O'rta asrlar xonliklaridagi me'morchilik ishlarining rivojlanishi va ularning davlatchiligimiz tarixida tutgan o'rnini ko'rsatish. Buxoro ashtarxoniylari, Xiva xonligi va Qo'qon xonligi me'morchilik madaniyati haqida atroflicha ma'lumot berish, shuningdek ularning hozirgi kundagi tarixiy ahamiyatini oshirish.
Buxorodagi Ashtarxoniylar XVII asr davomida bir asr avval hukmronlik qilgan Buxoro shayboniylari va Temuriylar davridagi me'morchilik an'analarini davom ettirishgan.

ISHNING MAQSADI:


XVII asrda qurilgan me'moriy inshootlar haqida batafsil ma'lumot berish. Me'morchilik madaniyati va uning rivojlanishi, ma'lumotlar to'plash. Qurilgan obidalarning qurilish shart-sharoiti, uslubi, ichki va tashqi tuzilishi va qurilishda ishlatilgan ashyolar haqida ma'lumot to'plash

KURS ISHINING VAZIFASI:


XVII asr me'morchilik madaniyati yoritib berish va o'rganish.

Oʻzbekiston meʼmorligi juda qadimiyligi, turli-tuman meʼmoriy yodgorliklari, yuksak nafosat mujassami boʻlgan mahobatli osori-atiqalari bilan diqqat-eʼtiborni tortadi. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi eng qadimgi madaniyat markazlari hozirgacha arxeologik yodgorliklar qaʼridan ajoyib meʼmoriy xazinani namoyish etmoqda(Sopollitepa, Qoʻyqirilganqalʼa, Tuproqqalʼa, Afrosiyob, Varaxsha, Poykend, Qanqa kabi). Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʻqon kabi koʻhna shaharlar oʻzining noyob meʼmoriy obidalari (Somoniylar maqbarasi, Magʻoki Attori, Chashmai Ayyub, Poyi Kalon majmui, Labi hovuz majmui, Samarqand Registoni, undagi Ulugʻbek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori masjid-madrasa va boshqalar) bilan dunyoga tanilgan. Oʻzbekiston meʼmorligi taraqqiyoti davrlari ichida tarixan eng ajoyibi 1Amir Temur va Temuriylar davri bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uni Uygʻonish — Sharq Renessansi sifatida taʼriflash odat boʻlib qolgan, „yer yuzining sayqali“ Samarqand, „bilim va odob gumbazi“ Kesh — Shahrisabz shaharlari, ayniqsa Amir Temur saʼy-ehtimoli, meʼmoriy vayu-yati (valiylikning koʻpligi) va karomati tufayli tubdan qayta qurildi. Oqsaroy, Koʻksaroy koʻshklari, Dor us-Siyodat madrasasi, Koʻk gumbaz, Jomeʼ masjid kabi mahobatli va hashamatli binolar qad koʻtardi. Shohizinda kabi meʼmoriy nekropol bunyod boʻldi. Koʻhna Kesh gullab yashnagan meʼmoriy bogʻistonga aylangani uchun Shahrisabz nomi bilan ulugʻlandi. Samarqand atrofida paydo boʻlgan marjon bogʻlar halqasi toʻrida Dilkusho koʻshki — Ishratxona, Chilustun koʻshki, kichik Oqsaroy koʻshki kabi xushbichim binolar, bir-biridan goʻzal Bogʻi Dilkusho, Bogʻi Naqshi Jahon, Bogʻi Shamol, Bogʻi Chinor kabi bogʻlar umuman meʼmoriy bogʻsozlik sanʼati ravnaqiga asos soldi. Hindistonga haqiqiy bogʻsozlik sanʼati temuriyzoda Zahiriddin Bobur bilan kirib kelganini hind sanʼatshunoslari eʼtirof etishadi. Hatto oʻrta asrlardagi Yevropa bogʻ-parklariga temuriy bogʻlari taʼsiri borligi sir emas. Xuddi shu davrda meʼmorlik bilan bogʻliq ilm-fan risolalari yaratilgani eʼtiborni tortadi. Agar Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Birjondiy kabi allomalar asarlarida meʼmorlikdagi garmoniyaga oid jihatlar matn orqali asoslangan boʻlsa, Ulugʻbek atrofidagi olimlar faqat astronomiyaga doir tadqiqotlar bilan cheklanmay, meʼmorlikka doir risolalar yozishgan, bogʻsozlik haqida dasturilamal yaratilgan. XVI asrda Buxorodagi xalq meʼmorlari dastxati bilan yaratilgan nodir meʼmoriy chizmalar saqlangan (OʻzFASHI fondida). Hozirgi zamon meʼmorligida keng qoʻllanilayotgan modul tizimi oʻzbek meʼmorligida miqyos nomi bilan qadimdan maʼlum.


Xalq meʼmorligi ikkinchi keskin zarbaga Sovet tuzumi davrida uchradi. Meʼmorlik davlat monopoliyasiga uchragani uchun meʼmorlar ijodi va tashabbusi tamoman inkor etilgani natijasida joylardagi yirik qurilishlar, ayniqsa, shaxsiy binokorlik cheklab qoʻyildi, oqibatda tajribali xalq meʼmorlari oddiy quruvchi, hatto mardikor darajasiga tushib qoldi. Meʼmorlik ijodi Moskva normativlari asosida bajarilishi milliy meʼmorlikni soʻndirib qoʻydi. „Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik arxitektura“ shiori XX asrning 2-yarmidan boshlab baʼzi ijodiy izlanishlarga yoʻl ochdi (Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri binolari kabi). Oʻsha davrda yaratilgan diqqatga sazovor binolarda xalq ustalari ishtiroki bilan ijobiy natijalarga erishildi.

Mustaqil Oʻzbekiston meʼmorlik sohasida toʻgʻon boʻlgan gʻayri talablarga barham berdi, meʼmorlik ravnaqi uchun keng ijod ufqi ochildi. Toshkent va Samarqandda maxsus Arxitektura-qurilish institutlari malakali meʼmorlar tayyorlab bermoqda. Maxsus oʻquv yurtlarida rassom, haykaltarosh, ganchkor, naqqosh kabi mutaxassislar tayyorlanadi. Oʻzbekiston meʼmorligi keyingi oʻn yillik (1991—2001) ichida katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, poytaxt Toshkent qiyofasi oʻzgarib, yanada obod boʻldi, mahobatli binolar qad koʻtardi (Turkiston saroyi, Oqsaroy, Toshkent hokimiyati, Oliy majlis binolari, Oʻzbek milliy teatri rekonstruksiyasi, Oʻzbekiston konservatoriyasining yangi binosi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Amir Temur va Alisher Navoiy haykallari va hokazo)


Meʼmorlik (Arxitektura) — foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik imkoniyatlar va jamiyatning estetik qarashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish sanʼati. Meʼmor inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi bilan avval ijodiy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat bilan bunyod etadi. Meʼmorlik asarlari qatoriga turli-tuman binolar, uy-joylar, meʼmoriy majmualar, maydonlar, shaharlar, ulardagi monumentlar, usti ochiq va yopiq inshootlar kiradi. Aholi yashaydigan manzillar — qishloq, shahar va shaharchalarni rejalab tashkil etish bilan meʼmorlikning jamlovchi, eng murakkab sohasi — shaharsozlik shugʻullanadi. Tabiat manzaralari bilan bogʻliq muhitni bunyod etish, bogʻlar yaratish sohasi bogʻsozlik (bogʻ-park) sanʼatidir.
Meʼmorlik asari amaliy xizmati, vazifasidan tashqari maʼlum gʻoyaviy-badiiy mazmunni, oʻz davrini ifodalovchi meʼmoriy qiyofa — obrazni mujassam etadi, moddiy madaniyatning eng mahobatli va eng koʻp harajatli, tarkibiy qismini tashkil qiladi; ayni vaqtda mahobatli sanʼat sifatida namoyon boʻladi. Meʼmorlik boshqa turli xil sanʼat namunalarini (haykaltaroshlik, oʻymakorlik, ganchkorlik kabi) oʻzida mujassam etishi bilan sanʼatlar onasiga, fazoviy shakllar oʻzaro mutanosib, hamohang boʻlishini nazarda tutib meʼmoriy qadimiyat yodgorliklari toshda qotib qolgan musiqaga oʻxshatiladi. Binoning mustahkam, inson uchun kerak va goʻzal boʻlishi meʼmorlikning ilk taraqqiyoti davridan hozirgacha asosiy omili hisoblanadi. Qadimgi dunyo tarixida mashhur boʻlgan yetti moʻʼjizaning hammasi inson dahosi bilan yaratilgan meʼmoriy sanʼat asarlari boʻlgani bejiz emas.
Oʻtmish davru-davronlar toʻfonida juda koʻp mahobatli binolar nom-nishonsiz toʻzib ketgan. Lekin asrlar osha yetib kelgan buyuk meʼmoriy meros yodgorliklari zamirida meʼmorlikning yuksalish samara va marralarini kuzatish mumkin. Ayniqsa, moddiy-texnika imkoniyatlari kengayishi, badiiy tarixiy tajriba ortishi natijasida meʼmorlikning uslubiy oʻzgarishlari paydo boʻldi. Qadimgi Sharq va Misrda meʼmorlikning hali tarix bilmagan, odamlarni hayratda qoldiradigan mahobatli ehrom (piramida), zikkurat kabi ilohiy mafkura bilan bogʻliq ulkan inshootlari qadimdan boʻlardi. Hozir ham Misr ehromlarini hayrat bilan ziyorat etadilar. Yunonistonda bunyod etilgan antik, klassik davrlar uslubida (miloddan avvalgi VII asr), oʻrta asrlar Yevropa meʼmorligidagi roman (X—XII asrlar), gotika (XII—XV asrlar) uslublarida ulkan binolar, xususan, ibodatxonalar bunyod etildi. Afina Akropoli tepasidagi mahobatli Parfenon, doriy kolonnalari qatori, ajoyib relyefli haykallari bilan hozirgacha klassik meʼmorlikning mashhur ramziga aylangan maktab, teatr, stadion, ibodatxona kabi yangi taqliddagi binolar qurildi. Gotika uslubiga xos choʻziq ravoqlar, nayzasimon shakllardagi bezaklar Gʻarbiy Yevropa shaharlarining muqaddas ziyoratgohlariga aylangan. Reymsdagi Notr-Dam sobori (Fransiya, XIII—XIV asrlar) Uygʻonish davri — Renessans (XV asr oxiri — XVI asr boshlari) uslubi asosini qadimgi davr klassik meʼmorligi shaklu-shamoyilini yangi davr talab va imkoniyatlari zamini bilan bogʻlab qayta tiklash va rivojlantirish mahsulidir.

Klassik orderlar — ustunlar tizimi asosida keng koʻlamda murakkab meʼmoriy ansambllar, majmualar, katta shaharlar bunyod etildi. Klassik meʼmorlik qonun-qoidalari yangi zamon sharoitida noyob va nafis kompozitsiyalar yaratish imkoniyatiga keng yoʻl ochib berdi.



Oʻrta asrlar meʼmorligida XVI asr oʻrtalaridan boshlab barokko uslubi keng tarqaldi. Binolar har jihatdan bezakdor boʻlishiga alohida eʼtibor berildi. Keyinroq (XVII—XIX asrlar) hashamatli bezaklardan qaytib, yangi davr uslubini topish izlanishlari yaxshi natija berdi. Klassik va Renessans meʼmorligi tamoyillari erishgan yutuqlaridan ijodiy foydalanish natijasida klassitsizm uslubi paydo boʻldi. Ayniqsa, Gʻarbiy Yevropa shaharlarida klassitsizm ruhidagi ajoyib meʼmoriy ansambllar yaratildi. XIX asrning 1-yarmi va XX asrning boshlarida sanoatning rivojlanishi yangi tipdagi meʼmoriy inshootlar qurilishiga olib keldi. Fabrika, zavod, elektrostansiya, vokzal, elevator kabi sanoat binolari paydo boʻldi. Ayniqsa, metall, temir-beton konstruksiyalari va boshqa yangi qurilish materiallari (maxsus oyna, plastmassa va boshqalar) meʼmorlik imkoniyati ufqlarini baland koʻtardi, uslubiy izlanishlar ajoyib natijalar berdi. Qurilish maydoniga nihoyatda qudratli texnika va industriya kirib keldi. Bu esa osmonoʻpar baland, koʻp qavatli binolar tiklash imkonini yaratdi. Binolar standart va takrorlanuvchi (tipovoy) qismlar asosida yigʻilib, nihoyatda tez fursatda qurila boshladi. Yangi material, texnika, yangi talab va imkoniyatlar meʼmorlikda yangi oqimlarni tez yuzaga chiqardi. Funksionistlar (AQSh da F. Rayt va boshqalar) binoning goʻzalligi, uning shakli va funksiyasining uzviyligi, konstruksiyaning nafis, materiallarini tabiiy boʻlishiga bogʻliq deb taʼkidlasalar, boshqa bir guruh meʼmorlar (Germaniyada V. Gropius va boshqa, „Bauxauz“ ijodiy markazi) umuman yangi zamon meʼmorligida bezakdorlikka oʻrin yoʻq, deb eʼlon qilishdi. Qurilish texnikasi yutuq va imkoniyatlariga koʻproq eʼtibor berib, meʼmorlikning gʻoyaviy-badiiy, hatto goʻzallik sifatlarini inkor etish holatlari natijasida konstruktivizm oqimi paydo boʻldi. Ijodiy oqimning koʻpligi meʼmorlik obʼyektlari koʻrinishida oʻz ifodasini topdi. Keyingi yarim asr davomida dunyoning har tomonida ham shaharsozlik sanʼati misli koʻrilmagan miqyosda oʻsib ketdi, ajoyib, goʻzal, zamonaviy shaharlar tarixan qisqa muddatda bunyod topmoqda. Hozirgi zamon meʼmorlikgida ilgari tarix bilmagan badiiy xususiyatlar sezilmoqda, yaʼni meʼmoriy sanʼatda chegara bilmas baynalmilal ruh va shaklu-shamoyil aniq sezilib qoldi. Shuning uchun ham meʼmorlikda milliylik muammosi yana diqqat eʼtiborni tortmoqda. Binobarin meʼmorlik, shaharsozlik, bogʻsozlik sanʼatlari sohasida i. t. ishlari ham butun dunyo meʼmoriy merosini oʻrganishga qaratilgan, ilgʻor meʼmorlik tajribalar ijodkor meʼmor, rassom, talabalar saviyasini oshirish uchun xizmat qilmoqda. Meʼmorlik olamidagi odatga koʻra, tarixiy kitoblar, asosan, qadimgi dunyo — Misr, Yunoniston, Rim va oʻrta asrlardagi Yevropa davlatlari meʼmorligini kengroq taxlil etadi. Osiyo davlatlari, Xitoy, Hindiston, Arabiston kabi qadimgi madaniyat markazlari meʼmorligi nisbatan kam oʻrganilgani uchun, ularning xalqaro taʼsiri bir oz cheklanganday koʻrinadi. Jumladan, Markaziy Osiyo meʼmorligi, xususan, Oʻzbekiston meʼmorligi ham mutaxassislar tadqiqotida endigina yuz ochmoqda.
Sherdor madrasasi
Me‘moriy obidaning kim tomonidan bunyod etilganligiga to'xtaladigan bo'lsak, inshoot Yalangto'shbiy Bahodir tomonidan bunyod etilgan.
Me‘moriy obidani bunyod ettirgan shaxs haqida gapiradigan bo'lsak, Yalаngto'shbiy Bаhоdir Sаidqul o'g'li, Yalаngto'shbiy оtаliq (1576-yil Nurоtа – 1656-yil Sаmаrqаnd) Аshtаrxоniylаr dаvridа olchin qаbilаsidаn bo'lgan hаrbiy-mulkdоr zodаgоnlаrning yirik vаkili, Sаmаrqаnd hоkimi (1626-yildаn). Nurоtа hоkimi оilаsidа tug'ilgаn.1611-yili Imоmqulixоnni tаxtgа o'tqаzishdа fаоl qаtnаshgаn. Shundаn so'ng Yalangto'shbiy Bahodirning mаvqеi оrtgаn, u Sаmаrqаndni 1626-yildаn аmаldа mustаqil idоrа etа bоshlаgаn va ungа оtаliq unvоni bеrilgаn. Yalangto'shbiy Bahodirning o'z qo'shini bo'lib, аtrоfdаgi tumаnlаrgа bоsqinchilik yurishlаri nаtijаsidа judа kаttа mоddiy mаblаg' to'plаgаn. Yalangto'shbiy Bahodir оbоdоnchilik, qurilish ishlаrigа kаttа e‘tibоr bеrgаn, jumlаdаn, Sаmаrqаnddа Shеrdоr mаdrаsа, Tillаkоri mаdrаsа, Mаxdumi А‘zаm mаsjidi, xоnаqоsi (1618) vа boshqalarni qurdirgаn. Аbu Tоhirxоjаning «Sаmаriya»sidа yozishichа, ― "Yalangto'shbiy Bahodirning qаbri Sаmаrqаnd yaqinidаgi Dаhbеddа, Mаxdumi А‘zаmning оyog'i оstidа, sufа ustidа, mоzоr dеvоrining ichidаdir" . Yalangto'shbiy Bahodir hаqidаgi xаlq оrаsidа ko'plаb rivоyatlаr, аfsоnаlаr (―"Yalаngtosh bоtir" hikоyasi) to'qilgаn.
Me‘moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy sharoit haqida gapiradigan bo'lsak, Imomulixon davri: Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o'g'li Imomqulixonni (1611-1642) o'tkazadilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo'shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoladi. Vali Muhammad asir olinib, qatl qilinadi. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o'z tasarrufiga kiritdi. O'g'li Iskandar sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko'paytirib, aholiga qattiq zulm o'tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo'zg'olon ko'tarildi va Iskandar sulton o'ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo'shin tortdi. Qo'zg'olonchilar ayovsiz jazolandilar. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin Nodir Muhammad (1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi. Sherdor madrasasi Imomqulixon hukmronligi davrida, 1619-1636-yillar oralig'ida bunyod etilgan.

Me‘moriy obidaning qurilishida bir qator ashyolar ishlatilgan, shulardan: turli xil o'lchamdagi g'ishtlar, loy, yog'och, tosh, maxsus ―qir qotishmasi va shunga o'xshash boshqa ko'plab ashyolardan keng foydalanilgan.


Madrasaning dizayni, ichki va tashqi ko'rinishi: Sherdor madrasasining koshinlari va bezaklari faqat o'zigagina xos, betakrordir. Madrasa tarhi to'rtburchak, 2 qavatli bo'lgan. Bosh tarzining 2 qanotida qovurg'ali gumbaz va minoralar joylashgan. Binoning serhashamligi shu peshtoqida, peshtoqning ikki tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan. Hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (54 ta) va oldi ravoqli ayvon bo'lgan. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini o'tagan. 1960-1964-yillarda peshtoq qanoslaridagi koshinkori naqshlar qayta tiklangan. Shuningdek, Sherdor madrasasining Peshtoq ravog'i tepasi diqqatga sazovor: qizg'ish zarhal sher oq ohuni quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko'zli yuz shaklida tasvirlanib, zarhal tusli yog'du bilan hoshiyalangan.
Madrasa hovlisi va undagi hujralar ham o'z me‘moriy yechimlari bilan Ulug'bek madrasasidan farq qiladi. Sherdor madrasasining devorlarida uni qurgan ustame‘mor Abdul Jabborning va me‘morchilik bezaklarini yaratgan mohir usta Muhammad Abboslarning nomlari abadiy muhrlanib qolgan.
Memoriy obidaning uslubi haqida gapirar ekanmiz, O'rta Osiyo me‘morchiligida ko'p uchraydigan gumbazsimon, qo'sh va ―Chor uslubidan keng foydalanilgan.
Madrasaning o'ziga xos tomonlaridan biri shundaki, me‘moriy inshoot Ulug'bek madrasasining ro'parasida bir o'q chizig'i bo'ylab joylashgan. Madrasa masjid vazifasini o'tagan, hozirgi kunda esa muqaddas qadamjolarimizdan hisoblanadi. Yana shuni ham aytib o'tish kerakki, madrasa o'z davrida qurilgan boshqa madrasalardan me‘moriy yechimi bilan ajralib turgan.
Mustaqillik yillarida me‘moriy inshootda bir necha bor ta‘mirlash ishlari olib borildi. Ayniqsa, Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan Samarqanddagi boshqa me‘moriy obidalar qatorida Sherdor madrasasi ham ta‘mirlandi. Madrasaning atroflari ko'kalamzorlashtirilib, o'zgacha chiroy kasb etdi.
Me‘moriy obidaga hukumatimiz tomonidan hamda Xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e‘tiborga to'xtaladigan bo'lsak, u ko'pgina xalqaro sayyohlarning e‘tibor-markazida. Bundan tashqari, inshoot YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro'yxatiga kiritildi. Mamlakatimiz tomonidan berilayotgan e‘tiborga to'xtaladigan bo'lsak, 2000-yil 30-avgustda ―"Madaniy meros obyektlarini avaylab-asrash to'g'risida"gi qonun va shu kabi huquqiy-me‘yoriy hujjatlar me‘moriy inshootning huquqiy kafolatidir.
Madrasada tarixchi-arxeologlar, arxitektorlar tadqiqot ishlari olib borishdi va u haqida bir qancha ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar yozildi. Hozirda madrasa davlat himoyasiga olingan tarixiy-moddiy yodgorlik hisoblanadi.

Tillakori madrasasi


Samarqandning Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasi Yalangto'shbiy Bahodir tomonidan bunyod etilgan.
Me‘moriy obidani bunyod ettirgan shaxs haqida gapiradigan bo'lsak, Yalаngto'shbiy Bаhоdir Sаidqul o'g'li, Yalаngto'shbiy оtаliq (1576-yil Nurоtа – 1656-yil Sаmаrqаnd) Аshtаrxоniylаr dаvridа olchin qаbilаsidаn bo'lgan hаrbiy-mulkdоr zodаgоnlаrning yirik vаkili Sаmаrqаnd hоkimi (1626-yildаn). Nurоtа hоkimi оilаsidа tug'ilgаn. 1611-yili Imоmqulixоnni tаxtgа o'tqаzishdа fаоl qаtnаshgаn. Shundаn so'ng Yalangto'shbiy Bahodirning mаvqеi оrtgаn, u Sаmаrqаndni 1626-yildаn аmаldа mustаqil idоrа etа bоshlаgаn va ungа оtаliq unvоni bеrilgаn. Yalangto'shbiy Bahodirning o'z qo'shini bo'lib, аtrоfdаgi tumаnlаrgа bоsqinchilik yurishlаri nаtijаsidа judа kаttа mоddiy mаblаg' to'plаgаn. Yalangto'shbiy Bahodir оbоdоnchilik, qurilish ishlаrigа kаttа e‘tibоr bеrgаn, jumlаdаn, Sаmаrqаnddа Shеrdоr mаdrаsа, Tillаkоri mаdrаsа, Mаxdumi А‘zаm mаsjidi, xоnаqоsi (1618) vа boshqalarni qurdirgаn. Аbu Tоhirxоjаning «Sаmаriya»sidа yozishichа, «Yalangto'shbiy Bahodirning qаbri Sаmаrqаnd yaqinidаgi Dаhbеddа, Mаxdumi А‘zаmning оyog'i оstidа, sufа ustidа, mоzоr dеvоrining ichidаdir». Yalangto'shbiy Bahodir hаqidаgi xаlq оrаsidа ko'plаb rivоyatlаr, аfsоnаlаr («Yalаngto'sh bоtir» hikоyasi) to'qilgаn.
Yalangto'shbiyning buyrug'i bilan ikkinchi yirik madrasa Tillakori 1646-1660-yillar mobaynida qurilgan.
Uning qurilishida pishgan va xom g'isht, loy, yog'och, oltin suvi va qimmatbaho toshlardan foydalanilgan.
Me‘moriy obidaning dizayni: peshtoq chuqur ravoqli, 2 qanotining oldi ravoqli, 2 qavatli hujralar, burchaklarini teng hajmdagi guldasta mezanalar egallagan. Madrasa xonaqohi (10,8x10,8 m)ning poygumbazi baland, uzoqdan ko'zga tashlanib turadi. Uning gumbazi oxiriga yetkazilmagan. Xonaqoh to'riga marmardan mehrob va zinapoyali minbar ishlangan. O'z davrida zarhal naqshlar bilan jozibador bezatilgan xonaqohning 2 yonini oldi ravoqli, gumbaz tomli ayvon (yo'laklar) egallagan. Peshtoq ravog'idagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659-1660-yillarda bajarilganligi yozilgan. Bosh tarzidagi bezak mavzularining boyligi, ichki va tashqi naqshlarning serhashamligi, peshtoq qanosi va tokchasidagi iroqi kashtani eslatadigan bezaklar, bo'rtma yozuvlar o'ziga xosdir. Ravoq burchaklari, bezakli toqilarni to'ldirishda koshinpaz ustalar turli usullarni qo'llashgan. Koshinkori ravoqlarda yashil tangachalar, sarg'ish yaproqchalar va feruza poyalar aks ettirilgan. Xonaqoh izorasi koshin namoyon, devori, gumbazi va bag'ali kundal uslubidagi serhasham naqshlarga boy.Mehrob ravog'i va bag'ali muqarnas kosachalar bilan to'ldirilib, zarhal berilgan hamda Qur‘on oyatlaridan olingan bo'rtma yozuvlar bilan hoshiyalangan. Eshiklar murakkab naqsh va yozuvlar bilan yog'och o'ymakorligida pardozlangan. Hovli sahni (50x50 m)ga marmar yotqizilgan. Atrofidagi hujralarga eshik, tobadonlariga panjaralar ishlangan.
1930-yillarda bu yerda maxsus ustaxona tashkil etilib, koshinlarning qadimiy rangini topish yo'lida tadqiqot ishlari olib borilgan. Inshootning uslubiga keladigan bo'lsak, Sharq me‘morchiligini o'zida mujassamlashtirgan, gumbazsimon, ―Chor uslubida qurilgan.
Me‘moriy obidaning o'ziga xos tomonlaridan biri shundaki, dastlab u Yalangto'shbiy Bahodirning kichik maqbarasi nomi bilan atalganligiga qaramay xalq orasida Tillakori nomi bilan mashhur bo'lgan. Bundan tashqari, dastlab madrasaning o'rnida Mirzoyi karvonsaroyi bo'lgan.
Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo'lsak, inshoot mamlakatimiz mustaqilligi davrida va undan oldin ham bir necha bor ta‘mirlangan. Jumladan hozirgi kunda me‘moriy inshoot muzey vazifasini o'tamoqda.
Me‘moriy inshoot ko'pgina xalqaro sayyohlarning e‘tibor-markazida. Bundan tashqari, inshoot YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro'yxatiga kiritildi.
Madrasada tarixchi-arxeologlar, arxitektorlar tadqiqot ishlari olib borishdi va u haqida bir qancha ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar yozildi. Hozirda madrasa davlat himoyasiga olingan tarixiy-moddiy yodgorlik hisoblanadi.

Nodir devonbegi madrasasi


Buxoro shahrining Labi hovuz ansambli sharqiy qismida joylashgan Nodir Devonbegi madrasasi Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri Nodir Devonbegi (Nodir mirzo Tog'ay ibn Sulton) tomonidan bunyod etilgan. U yuz urug'i boshliqlaridan bo'lib, XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida yashab faoliyat ko'rsatgan.
Madrasa 1622-1623-yillar oralig'ida bunyod etilgan. Bu so'nggi o'rta asrlar davriga to'g'ri keladi.
Me‘moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoit haqida gapiradigan bo'lsak, Imomqulixon taxtga chiqishidan biroz oldin taxtda Boqi Muhammad (1601-1605) hukmronlik qilar edi. U 1602-yilda Eron Safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo'ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. 1605-yil Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad taxtga o'tqazildi. Ichki kurashlar yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo'ysunmay, muholifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirilganligidan xabar topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o'g'li Imomqulixonni (1611-1642) o'tkazadilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo'shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoladi. Vali Muhammad asir olinib, qatl qilinadi. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o'z tasarrufiga kiritdi. O'g'li Iskandar sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko'paytirib, aholiga qattiq zulm o'tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo'zg'olon ko'tarildi va Iskandar sulton o'ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo'shin tortdi. Qo'zg'olonchilar ayovsiz jazolandilar. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin Nodir Muhammad (1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi.
Nodir Devonbegi madrasasi bunyod etilgan davrda Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik qilar edi.
Me‘moriy obidaning bunyod etilishida har xil o'lchamdagi xom va pishgan g'ishtlar, loy, yog'och, maxsus ―qir qotishmasi, tunuka, marmar, sement, tosh, ganch va shunga o'xshash ashyolardan keng foydalanilgan.
Me‘moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo'lsak, hovli atrofida 4 tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan o'ralgan. Hujralarga o'ymakori uslubida bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar o'rnatilgan. Hovliga pishiq g'isht yotqizilgan. Bosh tarzi maydonga qaragan. Old tomonida hovuz bor. Peshtog'i o'ziga xos mahobatli va serhashamdir. Undagi o'simliksimon naqshlar orasida quyoshga intilayotgan afsonaviy xumo qushi va bug'uning o'tlab yurgan tasviri koshinkori bezaklari yorqin bo'yoqlarda aks ettirilgan hoshiyalari madrasa peshtoqiga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustun go'shasi burmasimon. Peshtoqining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon alohida zeb berib pardozlangan burchaklaridagi 2 guldasta ravoqdagi naqshlar bilan o'zaro uyg'unlashgan. Madrasa tarhi 52x49 m., hovli 34x30 m. ni tashkil etadi.
Me‘moriy obida Sharq me‘morchiligi an‘analariga tayangan, naqshinkor, ―Chor uslubida bunyod etilgan. Madrasa o'z davrida ilm-ma‘rifat o'chog'i bo'lgan, u yerda talabalarga diniy va dunyoviy fanlardan saboq berilgan.
Me‘moriy obidaning o'ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo'lsak, inshoot dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan madrasa holiga keltirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona yo'q. Madrasa fasadining bezatilishi, fantastik qush tasvirining tushirilishi kabi jilolar bilan e‘tiborlidir. Shu tomonlari bilan Buxorodagi boshqa me‘moriy obidalardan ajralib turgan.
Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holati: Madrasa bir necha marta ta‘mirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yo'qotilib, buzilib ketgan hujralari qayta tiklanganligini, Samarqand va Buxoro ustalarining sa‘y-harakatlari bilan bosh tarzi qayta jilolanganligini aytib o'tishimiz lozim.
1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Nodir Devonbegi madrasasi ham qayta ta‘mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro'yxatiga kiritildi. Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjarlari me‘moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.

Nodir devonbegi xonaqohi


Buxoro shahrining Labi hovuz ansamblida joylashgan Nodir Devonbegi xonaqohi Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Tog'ay ibn Sulton) tomonidan bunyod etilgan. U yuz urug'i boshliqlaridan bo'lib, XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida yashab faoliyat ko'rsatgan.
Ushbu xonaqoh o'rta asrlarning so'nggi davrida, 1620-1621-yillar oralig'ida bunyod etilgan.
Me‘moriy obida bunyod etilgan davr: Imomqulixon taxtga chiqishidan biroz oldin taxtda Boqi Muhammad (1601-1605) hukmronlik qilar edi. 1605-yil Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad taxtga o'tkazildi. Ichki kurashlar yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo'ysunmay, muholifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirilganligidan xabar topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o'g'li Imomqulixonni (1611-1642) o'tqazadilar. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o'z tasarrufiga kiritdi. O'g'li Iskandar sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko'paytirib, aholiga qattiq zulm o'tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo'zg'olon ko'tarildi va Iskandar sulton o'ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo'shin tortdi. Qo'zgolonchilar ayovsiz jazolandilar. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi.
Ashtarxoniylar sulolasidan bo'lgan ushbu xon hukmronligi yillarida Nodir Devonbegi nomi bilan ikkita me‘moriy inshoot bunyod etildi. Xonaqohning qurilishida har xil o'lchamdagi xom va pishgan g'isht, loy, yog'och, tunuka va shunga o'xshash ashyolardan foydalanilgan.
Nodir Devonbegi xonaqohi simmetrik arkli (27,5x25 m), kiraverishda ayvon, xonaqoh (11,2x11,2 m) va uning yon tomonlarida 2 qavatli darveshlar yotog'i bo'lgan. Guldastalar ichidagi aylana zina bilan bino tepasiga chiqiladi. Xonaqoh ulkan gumbazli, devorlariga taxmonlar ishlangan. Undagi serhasham naqshlar saqlanmagan. Peshtoq ravog'idagi 3 tobadonni ganchkori panjaralar bezagan. Nodir devonbegi xonaqohining hozirgi
ko'rinishi o'zgarib muhtasham, salobatli, ko'rkam inshootga aylantirilgan. Peshtoqi hashamatli, ravog'ining qanosi ancha baland, ulug'vor, ayrim yerlarida koshinlarning parchalari saqlanib qolgan. 2 tomonidagi tagi qiralli guldasta mezanalar old ko'rinishiga salobat beradi. Xonaqohning 2 yonidan ham kiriladigan eshiklari bo'lgan. U o'z davrida darveshlar va musofirlar uchun ibodatxona, shu bilan birga, boshpana vazifasini bajargan.
Me‘moriy obidaning uslubiga to'xtaladigan bo'lsak, Sharq an‘analarini o'zida mujassamlashtirgan, ―Chor uslubda, eshiklari esa xotamkori uslubida ishlangan.
Me‘moriy obidaning o'ziga xos tomoni shundaki, xonaqoh o'zining yechimi va kattaligi jihatidan Labi hovuzdagi boshqa inshootlardan qolishmaydi.
Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida so'z borar ekan, devorlari bir necha bor ta‘mirlangani (1914-1916-yillarda Buxoroning oxirgi amir Sayid Olimxon tomonidan ta‘mirlangan)dan asl ko'rinishi o'zgargan. Mustaqillikdan so'ng mamlakatimizdagi boshqa me‘moriy obidalar qatorida ushbu inshoot ham ta‘mirlandi. Xonaqoh YUNESKOning Butun Jahon yodgorliklari ro'yxatidan o'rin olgan.

Abdulazizxon madrasasi


Buxorodagi me‘moriy yodgorliklardan biri bo'lgan Abdulazizxon madrasasi ashtarxoniylarning beshinchi vakili Abdulazizxonning buyrug'i bilan me‘mor Mimxoqon ibn Xo'ja Muhammadamin tomonidan 1652-yilda qurilgan.
U o'rta asrlarning songgi bosqichiga mansub bo'lib, Buxorodagi Ulug'bek madrasasi qarshisida qurilgan.
Uning qurilishiga homiylik qilgan Buxoro xoni Abdulazizxon (1614-yil Balx –1681-yil Makka) Nodir Muhammadxonning katta o'g'li bo'lgan. 1626-yildan Xuttalon hokimi, 1630-yildan esa Balxning g'arbiy tumanlari hokimi fazifasida faoliyat yuritgan. 1645-yildagi fitna natijasida Buxoro xonligi taxtini egallagan. Abdulazizxon markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, mam-lakat obodonchiligiga birmuncha hissa qo'shgan. Buxoroda ko‗pgina muhtasham binolar qurdirgan (Abdulazizxon madrasasi va b.).
Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar bilan ziynatlangan. Islimiy naqshlar qatorida afsonaviy jonivorlar tasviri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, janubiy ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va zarhal bezagi bor. Naqshlar, asosan, moviy rang bo'yoqlar bilan chizilgan. Asosiy o'lchami: atrof aylanasi 50x67 m., hovli — 28x35 metr bo'gan. Madrasa XVII asrda Buxoro mahobatli me‘morchiligining yetuk namunasidir.
Bugungi kunda madrasa hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalari ko'rsatiladi. Shimoliy-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yog'och o'ymakorligi namunalaridan iborat ko'rgazma tashkil etilgan.
O'zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e‘tiborga to'xtaladigan bo'lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me‘moriy inshootlar qatorida Abdulazizxon madrasasi ham qayta ta‘mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro'yxatiga kiritildi.

Arab Muhammadxon madrasasi


Arab Muhammadxon (16-asrning 2-yarmi – 1623) – Xorazm (Xiva xonligi)da 1602-1623-yillarda hukmronlik qilgan Arabshohiylar oʻzbek sulolasining oʻn birinchi vakili (1602-23). Xorazm xoni Hoji Muhammadxon (Hojimxon) (1598–1602)ning kenja oʻgʻli. Otasi hayotligida Xiva hokimi boʻlgan. Otasi vafotidan soʻng 1602-yil xonlik taxtiga chiqqan. Abulgʻoziy Bahodirxonning yozishicha, uning davrida Xiva xonligiga Yoyiq kazaklari ataman Aborkin (1602) va ataman Nechay boshchiligida (1603) bostirib kirib yurtni va poytaxt Urganchni talon-taroj etganlar. 1620 va 1621-yilda qalmoqlar Xorazmga yurish qilib, kishilarni asirga olganlar. Uning davrida ichki nizolar avj olib, xonlikning ma’muriy tuzilishiga salbiy ta’sir etgan. Chunonchi, har bir shahzodaning oʻz yerida shaxsiy idora apparati – oʻz a’yonlari, xazinasi, yasovullari, bojxona xizmatchilari va boshqa boʻlgan. 1623-yilda oʻgʻillari Habash va Elbars sultonlar taxt talashib unga qarshi urush boshladilar. Bu urushda Arab Muhammadxon yengilib, Qum qal’aga qamalgan va oʻsha yerda vafot qilgan. Arab Muhammadxon mamlakat obodonchiligiga katta e’tibor bergan, chunonchi u Arab Muhammadxon madrasasini qurdirgan va Toʻq qal’a yonida kanal qazdirgan.
Ichan qal’a ansamblidagi me’moriy yodgorlik (1616, 1838). Arab Muhammadxon madrasani dastlab bir qavatli, oddiy sinchli, trapesiya sha-klida qilib qurdirgan. Serhasham ish-langan ayvon Xiva muzeyida saqlangan. Olloqulixon davrida Madrasa binosi murabba tarxli, peshtoq va gumbazli qilib qayta qurilgan. Bosh tarzidagi masjid va hujralar ikki qavatli, ikki burchagida guldastalari bor. Qolgan tomonlaridagi hujralar bir qavatli. Hovli etagida oldi ayvonli masjid qurilgan.
Arab muhammadxon madrasasi – Ichan qal’a ansamblidagi me’moriy yodgorlik (1616, 1838). Arab Muhammadxon madrasani dastlab bir qavatli, oddiy sinchli, trapesiya shaklida qilib qurdirgan. Serhasham ishlangan ayvon Xiva muzeyida saqlangan. Olloqulixon davrida Madrasa binosi murabba tarxli, peshtoq va gumbazli qilib qayta qurilgan. Bosh tarzidagi masjid va hujralar ikki qavatli, ikki burchagida guldastalari bor. Qolgan tomonlaridagi hujralar bir qavatli. Hovli etagida oldi ayvonli masjid qurilgan.
Xoʻjamberdibiy madrasasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1688, 1834); Ichan qalʼada, Polvon darvoza yaqinida. Dastlab tarkibida masjid, 10—12 hujrali, bir hovlili qilib toʻrtburchak tarhli (20x38 m) Xoʻjamberdibiy madrasasi qurilgan. 1834-yil Olloqulixon madrasasi qurilishi munosabati bilan Madrasa ikki hovlili qilib qayta qurilgan: shakli xurjunga oʻxshagani uchun "Xurjun Madrasa" deb ham atalgan. Avvalgi madrasadan masjid va unga yondosh hujralar saqlangan. Bir gumbazli oddiy darvozaxona (3,0x3,0 m) dan hovlilarga hamda Olloqulixon madrasasiga olib boruvchi yoʻlak (pandus)ga oʻtiladi. Shim. hovlida (11,7x9,8 m) 10 ta hujra va jan. hovlida (4x7 m) 6 ta hujra hamda darsxona (3,5x3,5 m) joylashgan; darsxona devoriga ishlangan mehrob undan masjid sifatida foydalanilganini koʻrsatadi. Bino qiyofasi Olloqulixon madrasasi meʼmoriy shakliga yaqinlashtirilgan, hujralar pastqam, balxi gumbazli, sodda bezaksiz; faqat eshik yogʻoch oʻymakorligida ziynatlangan.

Xulosa


Oʻzbekiston meʼmorligi tarixini oʻrganish yoʻlida anchagina samarali tadqiqotlar bajarildi. Ayniqsa, meʼmorlik bunyodkori xalq meʼmorlari ijodini oʻrganish natijasida qadim zamonlardayoq unut boʻlgan baʼzi meʼmoriy qonun-qoidalar siru-asrori ochildi. Hatto uzoq Misrdagi piramida ehromlar loyihasi haqidagi keyingi ikki asr davomida olimlar bahs etib kelayotgan muammo oʻzbek xalq meʼmorlari amalida saqlanib qolgan meʼmoriy alqonun-ulgutarh orqali oson yechimini topdi.

Oʻzbekiston meʼmorligining asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan anʼanalari, qonun-qoidalari XIX asr — XX asr boshlaridagi mustamlaka davrida keskin zarbaga uchradi. Meʼmorlik ijodkorlari maʼmuriyat talabi ostida ishlashga majbur boʻldi. Meʼmorlikda baʼzi yangiliklar qatori qorishiq (eklektika), turli uslublar (rus, yevropa va boshqalar) kirib kelayotgan kapitalistik talablar bilan hamohang boʻldi.


Foydalanilgan adabiyotlar:


"Tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz" . Akbar Zamonov.
Toshkent. 2012.



1

Download 21,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish