Fors-tojik tilidagi manbalar



Download 35,4 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2022
Hajmi35,4 Kb.
#647573
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5235487012663857410

Fors-tojik tilidagi manbalar.


Maxmud ibn Vali. XVII asrda o‘tgan balxlik yirik qomu-siy olim. Otasi Mir Muhammad Vali asli farg‘onalik (kosonlik) bo‘lib, Shayboniylardan Pirmuhammadxon I (1546—1567 yy.) davrida Balxga borib qolgan. U o‘qimish-li va keng ma‘lumotli kishi bo‘lib, asosan fiqh ilmida zamonasining peshkadam kishilaridan hisoblangan. U Mir Xislat taxallusi bilan she‘rlar ham yozgan. Mahmud ibn Valining amakisi Muhammad Poyanda (1602 yili vafot etgan) Samarqand hokimi Boqi Muhammad (1603-1606 yillari Buxoro xoni) devonida xizmat qilgan. Akasi amir Abulboriy esa fiqh, tafsir va tibb ilmini yaxshi egal-lagan olim kishi bo‘lgan.
Mahmud ibn Vali 1596 yili tug‘ilgan. 19 yoshga borgan-da, ya‘ni 1614 yili u yirik fiqh va hadis olimi Mirak-shoh Husayniyning xizmatiga kiradi va qariyb 10 yil undan saboq oladi. Mirakshoh Husayniyning boy kutub-xonasi bo‘lib, unda, Mahmud ibn Valining so‘zlariga kara- ganda, tarix, geografiya, mumtoz adabiyot, fiqh, hadis va boshqa ilmlarga doir juda ko‘p kitoblar saklanar edi. Bu ilmga chanqoq yosh olim uchun bebaho xazina bo‘ldi, albatta. Keyinchal
Mahmud ibn Valining o‘zi kutubxonadagi ki-toblarni o‘qib ko‘p foyda topganini aytadi. Mirakshoh Husayniy vafot etgan (1624 yil 13 aprel kuni)dan keyin Mahmud ibn Vali kitobiy ilmini amaliy bilimlar bilan boyitish maqsadida boshqa mamlakatlarga sayohat qilish-ga qaror kildi va bir yillik tayyorgarlikdan keyin, 1625 yilning iyul oyida savdo karvoniga qo‘shilib Hindiston tomon yo‘l oldi. U Hindistonda qariyb yetti yil istiqomat kildi va uning Peshovar, Lohur, Dehli, Agra, Roj mahal, Haydarobod, Vijayanagar, Kalkutta, Bixar kabi bir kator yirik shahar va o‘lkalarini borib ko‘rdi va ular-ning aholisi, xalkining urf-odati, tarixi, madaniyati, va nihoyat, osori atiqalari hakida kimmatli ma‘lumotlar to‘pladi. Balxga qaytib kelgan (1631 yil 20 avgust)dan keyin Nadr Muhammadxon (1606-1642 yillari Balx, 1642-1645 yillari Buxoro xoni)ning xizmatiga kirdi va to umrining oxirigacha uning kutubxonasida kitobdor bo‘lib xizmat qildi. Mahmud ibn Valining kachon vafot etganligi ma‘lum emas.
Mahmud ibn Vali fanning juda ko‘p sohalarini: tarix, geografiya, ilmi nujum (astronomiya), ma‘danshunos-lik (mineralogiya), botanika va hokazolarni qamrab olgan «Baxr ul-asror fi manoqib ul-ahyor» («Olijanob kishi-larning jasorati hakida sirlar dengizi») nomli o‘ta kim-matli qomusiy asar muallifidir. Bundan boshka u «Ravoi-xi tayyiba» («Xushbo‘y islar»),
«Muhabbatnoma», «Najme soqib» («Yorug‘ yulduz»), «Risolayi Bihoriya» («Bihor [vi-loyati] hakida risola») va «Axloqi Husayniy» («Yaxshi xulklar») kabi bir kator ilmiy va adabiy asarlar ham yozgan. Lekin ularning «Bahr ul-asror»dan boshqasi biz-gacha yetib kelmagan.
«Baxr ul-asror» (1634—1640 yillar orasida yozilgan) mun-darijasida kurgapshshshcha, yetti jilddan iborat bulgan. Uning II—VII jildlari jahon tarixigs bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbe-kiston va u bilan qo‘shni mamlakatlarning kadim zamonlar-dan to 1640 yilgacha kechgan tarixidan bahs yuritadi. Asar-ning birinchi jildi ilmi nujum, geografiya, ma‘danshu-noslik va botanika fanlariga oid ma‘lumotlarni uz ichiga oladi. Afsuski, bu muhim va kimmatli asarning faqat I va VI jildlariginatopilgan, xolos.
Asarning birinchi jildida yetti ikdim mamlakatlari-ning, shuningdek, O‘zbekistonning o‘rta asrlardagi shahar va viloyatlarining geografik holati, xalqi va uning tur-mush tarzi haqida kimmatli ma‘lumotlar keltirilgan.
«Bahr ul-asror»ning VI jildi alohida qimmatga ega. Unda XIII—XVII asrning birinchi yarmida Chig‘atoy ulusi (O‘rta Osiyo, Mo‘g‘uliston va Shimoliy Afg‘oniston) tari-xi keng va atroflicha yoritilgan.
Mahmud ibn Vali va uning mazkur asari ilmiy jamo-atchilikka ko‘pdan (1902 y.) beri ma‘lum bo‘lsa-da, hali juda kam urganilgan. Asar to‘la ravishda biron Yevropa tiliga tarjima kilinmagan. Undan ayrim parchalar (ruscha tarjimasi) V. V. Bartold, B. A. Ahmedov va K. A. Pishulina tomonidan e‘lon qilingan. Asarning olti nafar nusxasi mavjud. To‘rttasi O‘zR FA Sharqshunoslik institutida (I jild va VI jildning 1—3-kismlari) ikki nusxa Angliya va Pokistonda (VI jildning 4- qismi) saklanmoqsa.

Download 35,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish