Mavzu: Xushnavo cholg`ularimiz
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga musiqa cholg`ularini tanishtirish
Tarbiyaviy maqsad: musiqa cholg’ulariga mehr bilan yondashish, ularni avaylash,.maktab jihozlarini asrash hissini singdirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning dunyoqarashi,mustaqil fikrlash, ijro qobiliyatini rivojlantirib boorish
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Metod: og`zaki, ijro,savol-javob
Darsning jihozi: mavzu asosida rasm ko`rgazmalar, kompyuter, fleshka, musiqa asbobl
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish nomi
|
Vaqti
|
1 – bosqich Tashkiliy qism
|
O`quvchilar bilan salomlashish,dars shiori va ularning diqqat e`tiborlarini bir joyga jamlash, Ovoz sozlash mashqlari Do – tuzugida
|
3
|
2 – bosqich
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
|
O`quvchilardan ijro turlari Yakkaxon, yakkanavoz, jo’rnavozlik qoidalarini so’rash, nota savodxonligi bo`yicha tezkor savollar
|
13
|
3 - bosqich
Yangi mavzu bayoni
|
fortepiano,rubob, hay cholg`ulari ijrosida musiqa tinglash. Tahlil.Turli cholg`ular bilan tanishtirish ,,O`ynaylik’’ qo`shig`ini o`rganish.
|
17
|
4 – bosqich
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
doira usullaridan chalish,o`quvchilarning ritmni his qilishlarini kuzatish
|
12
|
5 – bosqich baholash
|
Faol o’quvchilarni baholash
|
1
|
6 – bosqich
Uyga vazifa
|
Xalq cholg`u asboblarini rasmlarini chizish. Yangi qo`shiqni yod olish
|
1
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
O`quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kirishadi va joylarini egallashadi.
Dars shiori: Qo`shiq bilan yaralar olam , qo`shiq bilan yashaydi odam
O`qituvchi: Salom o`quvchilar
O`quvchilar: Odob salomning boshi
Salom elning sirdoshi
Tartib-intizom boshi
Assalomu –alaykum
O`quvchilar joylariga o`tirishadi.Navbatchi ahboroti.
O`qituvchi;Kelinglar o`quvchilar darsni boshlashdan oldin ovoz sozlash mashqini o`tkazamiz. O`quvchilar Do-tuzugida to`rt qator to`rtlik kuylashadi.
Maktab tomon boramiz
O`qib bilim olamiz
Vatanimiz ko`rkiga
Hissamizni qo`shamiz
O`qituvchi yil nomlanishini so`raydi. Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o`tadi. Shular qatorida til-dil kalitidir hikmatli so`zi haqida so`zlanadi.
O`qituvchi: Sizlar ham ingliz tilini o`rganib kelayapsiz. Qani aytingchi ingliz tilida hafta nomlarini ayta olasizmi?
II. O`tilgan ,,Yakkaxon’’ mavzusini mustahkamlash. O`quvchilar musiqa jo`rligida ingliz tilida hafta nomlarini kuylashadi. Kuylash jarayonida yetti xil rahgdagi gullarni kamalak shaklida doskaga yopishtirishadi.
O`quvchilar diqqati ob-havoga qaratiladi va o`rganilgan qo`shiqlardan “Kamalakjon” qo`shig`i o`qituvchi tomonidan fortepiano jo`rligida “yakkaxon” ijrosida mikrafon ushlab kuylanadi.
O`quvchi: Kamalakjon , kamalak
Bahordan berdihg darak.
Yomg`ir yog`adi chak-chak
Ko`kda qolding mo`ltillab
O`quvchilardan ijro turlaridan yakkaxonlik so`raladi. Musiqa savodxonligi boyicha savollar beriladi.
1.Aytingchi musiqada tovushlar nechta.
2. Tovushlarni biz nimalar deb aytamiz.
3. Notalar qayerga yoziladi
4.Notalarni tartib bilan ayta olasizmi
O`quvchi doskaga chiqib gullardan yasalgan kamalak so`zidagi nota nomlarini tartib bilan, chizilgan barglarga joylashtiradi va “Vatanim” so`zini hosil qiladi.
O`quvchilar musiqa jo`rligida xor bo`lib,o`rganilgan “Vatanjonim” qo`shig`ini kuylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |