Protestantlik yo’nalishidagi oqimlar
Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U XVI asrda Yevropada katoliklarga qarshi qaratilgan Reformatsiya harakati bilan bog’liq juda ko’p mustaqil cherkovlar va sektalarni o’z ichiga oladi. «Protestantizm» atamasi «protest» (norozilik) so’zidan kelib chiqqan.
Protestantizmning ilk shakllari: lyuterchilik, tsvinglichilik, kalьvinizm, unitarizm va sotsinchilik, anabaptizm, mennochilik va anglikanchilik edi. Hozirgi vaqtda protestantizm dunyoning barcha qit’alarida keng tarqalgan. Protestantizmning jahon markazi AQSHda, bu yerda baptist, adventist, Iegova shohidlari va boshqalarning qarorgohlari joylashgan.
Protestantizm xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon bo’lishi, jonning o’lmasligi, jannat va do’zax (katolitsizmdagi a’rofdan tashqari) haqidagi, vahiy va boshqalar to’g’picidagi umumxristian tasavvurlarini e’tirof etadi. Biroq, Lyuter katolik cherkovi bilan aloqani uzib, protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko’ra, inson Xudo bilan bevosita muloqot qilishi mumkin. Protestantizmning mohiyatiga ko’ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning ishtirokisiz in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro’y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protestantlik diniy marosimlarning ko’pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirish saqlanib qoldi.
O’lganlarga bag’ishlangan duo o’qish, aziz-avliyolarga sig’inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Ibodatlar faqatgina lotin tilida olib borilishi, Bibliyaning faqatgina ruhoniylar tomonidan sharhlanishi zarurligi shartlari inkor etildi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo’yning eng muhim burchi bo’lib qoldi. Aytadiki, Papa faqat o’zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. CHerkov hech qaysi samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun joriy qilinadi (belgilanadi). «Ruhlar uchun indulьgentsiya olgan shaxslarga tavbu-tazarru qilish talab qilinmaydi», degan ta’limot Iso ta’limoti emas. CHindan tavba qilgan kishilarni Xudo gunohlarini kechadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig’isiz ham bunday mag’firatdan umid qilishi mumkin. Bu yerda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a’rof ustidan hukmronligi rad etiladi.
Lyuter bir necha tezislarda ta’kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat chekkan xristian «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga samoviy jazo joriy etilmaydi».
Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog’i zarur. Najot yo’li ruxsatnoma yorlig’ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir.
1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tezislar shundan iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo’lib qoldi.
Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalьvin (1509-1564) edi.
Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko’rsatmalar» degan bosh asari, protestanizm ta’limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo’nalish - kalьvinizmning asosi bo’lib qoldi.
Dastlabki islohot arboblaridan farqli o’laroq, Kalьvin uchun diqqat markazi Injil emas Tavrot bo’lib qoladi. Kalьvin absolyut taqdir haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi.
Protestant cherkovining kalьvinistik yo’nalishdagi davomchilari (kalьvinistlar yoki reformatorlar) SHotlandiya, Gollandiya, SHimoliy Germaniya, Frantsiya, Angliyada keng obro’ga va ta’sirga ega edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |