Mavzu: Xotira
Reja:
1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari.
2. Xotiraning psixologik nazariyalari.
3 Xotira jarayonlari va turlari.
4. Xotirani o`rganish metodlari va amaliy tavsiyalar.
Hotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki hotirlash jarayonidir. Professor E.G’oziev tomonidan hotira tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. «Hotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ihtiyoriy va ihtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mehanik yo'l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psihik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo'naltirilgan mnemik faoliyatdir».
Do'stlaringiz bilan baham: |