Mavzu: Xorijiy valyutalar bozori Reja: Valyuta bozori va uning turlari



Download 330,08 Kb.
Sana16.12.2022
Hajmi330,08 Kb.
#889086
Bog'liq
Valyuta Bozori Tuqsonov.A


Mavzu: Xorijiy valyutalar bozori
Reja:

  1. Valyuta bozori va uning turlari

  2. Jahon valyuta bozorlarini asosiy qismini tashkil qiluvchi valyuta bozorlari.

  3. Valyuta operatsiyalari

  4. Xorijiy valyuta operatsiyalari va uning turlari

Valyuta bozorlari - bu talab va taklif asosida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlardir. Ya‘ni, valyuta bozori - bu chet el valyutasini oldisotdisini va chet el valyutasidagi qimmatbaho qog‘ozlarni, hamda valyutaviy kapitalni investitsiya qilish munosabatlarini amalga oshiruvchi iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiluvchi markaz hisoblanadi.


Har qanday mamlakatning iqtisodiyotini rivojlangan moliya-kredit bozorisiz tasavvur etish mumkin emas. Bu moliya bozorlarida sotuvchi va xaridorlar pulkredit mablag‘larini va investitsion qimmatliklarni iqtisodiy munosabatlar orqali ayirboshlash yuzaga kelishini, ya‘ni ulaniing tannarxini va iste‘mol qiymatini namoyon qiladi.
Valyuta bozori moliya bozorining muhim va asosiy qismini tashkil qiladi.
Valyuta bozorlari - jahon xo‘jaligining ajralmas bulagi bo‘lib hisoblanadi. Valyuta bozorlarida banklar va kompaniyalar valyuta operatsiyalarini, ya‘ni valyutalarning oldi-sotdisini amalga oshiradilar.
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo‘lib, tashqi savdo bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet el valyutasini oldi-sotdi qilish bilan bog‘liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari hisoblanadi.
Hozirgi zamon valyuta bozorlari asosan 1944 yildan keyin, ya‘ni BrettonVuds valyuta tizimidan keyin yuzaga kelgan. Bu valyuta bozorlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular zamonaviy elektron aloqalar orqali bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Turli mamlakatlarda joylashgan xalqaro valyuta bozorlari valyutalarni oldi-sotdi qilish jarayonida bir-biriga nisbatan doimiy ta‘sirda bo‘ladi. Jahon valyuta bozorlari asosan valyutaviy cheklashlar bo‘lmagan yoki zaif tarzda mavjud bo‘lgan mamlakatlarda joylashgan.

Valyuta bozorlarining, asosan, 3 turini ko‘rsatish mumkin



Valyuta bozorida sotib oluvchi sifatida - talab va sotuvchi sifatida - taklif, birbiri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida qatnashayotgan har qanday iqtisodiy sub‘ekt, ya‘ni davlat, xo‘jalik sub‘ekti yoki fukaro o‘zining moliyaviy kizikishlariga ega bo‘ladi. Bu moliyaviy kizikishlar bir-biri bilan mos kelishi ham, mos kelmasi ham mumkin. Manfaatlar bir-biri bilan mos kelgan taqdirda, valyuta qimmatliklarini oldi-sotdisi haqida bitim tuziladi. Shuning uchun, valyuta bozori valyuta qimmatliklarini sotuvchi va xaridorning kizikishlarini namoyon qiluvchi o‘ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi. Funktsional nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozorlari o‘z vaqtida xalqaro hisob-kitoblarni, valyuta risklarini sug‘urtalashni, valyuta zahiralarini diversifikatsiyalashni, valyuta interventsiyasini amalga oshiradigan va valyuta bozorida qatnashuvchilarning kurslari o‘rtasidagi farq natijasida keladigan daromadni o‘zida namoyon qiladi. Institutsional nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozorlari vakolatli banklarning, investitsion kompaniyalarning, birjalar, brokerlik idoralari, chet el banklari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o‘zida namoyon qiladi. Tashqiliy-texnik nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozori jahonning turli mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar va boshqa valyuta operatsiyalarini bir-birini o‘zaro bog‘lovchi telegraf, telefon, teleks, elektron aloqa vositalari va shu kabi kommunikatsiya tizimlari yig‘indisini o‘zida namoyon qiladi.



Valyuta bozorida sotuvchi va xaridor o‘rtasida chet el valyutasini oldi-sotdi qilishda dallol bo‘lib, faqatgina banklar qatnashadilar. Valyuta bulimining asosiy vazifasi bo‘lib, o‘zining mijozlariga ma‘lum bir valyutadagi aktiv va kapitallarini boshqa bir xorijiy valyutaga konvertirlashni ta‘minlash hisoblanadi. Bu jarayon «naqd bitim», ya‘ni spot operatsiyasi yoki «muddatli bitimlar», ya‘ni ularning keng tarqalgan shakli - forvard operatsiyalari shaklida bo‘lishi mumkin. Jahonning barcha moliya markazlarida ma‘lum bir valyutaga narxlarning o‘rnatilish diapozoni bir xil tartibda o‘rnatilishi an‘anaviy tus olganligi, banklar faoliyatini bu sohaga birlashuvining o‘rnatilishiga olib keladi. Ayni bir moliya markazida ma‘lum bir qisqa vaqt oralig‘ida bozor stavkasi o‘rtacha stavkadan sezilarli darajada farq kilsa, u holda turli narxlar natijasida foyda olish maqsadida jarayonni amalga oshiruvchi valyuta arbitraji orqali tartibga solinadi. Shu orqali valyuta biznesi pul tizimini muhim tartibga soluvchisi sifatida harakat qiladi. Odatda, umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan yirik banklar, shu jumladan, bir qator mahalliy banklar mahalliy biznesga xalqaro hisob-kitoblar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi malakali mutaxassislar bilan ta‘minlangan valyuta bulimiga ega bo‘ladilar. O‘z mijozining hisob-kitob bo‘yicha topshiriq-larini bajaradigan va o‘z mablag‘lari hisobiga katta operatsiyalami amalga oshirmaydigan kichik banklar valyuta bo‘yicha mutaxassisga ehtiyoj sezmaydi. Bunday holatda, bankka shu soha bo‘yicha umumiy bilimga ega bo‘lgan mutaxassisning o‘zi kifoya qiladi. Chunki, bunda uning roli mijozning topshirigini bajarishi uchun boshqa bank bilan hamkorlik qilishdagina namoyon bo‘ladi. Jahon valyuta bozorida valyuta oldi-sotdisi tunu-kun amalga oshiriladi. Bunga asosiy sabab, jahon hududiy valyuta bozorlarining turli soat millarida joylashganligi bilan bog‘liqdir.
Hozirgi vaqtda Osiyo - Tokio, Gonkong, Singapur, Melburndagi markazlari bilan, Yevropa - London, Frankfurt-na Mayne, Tsyurix, Amerika - Nyu-York, Chikago, Los-Andjeles valyuta bozorlari jahon valyuta bozorlarining asosiy qismini egallagan. Jahonning hududiy valyuta bozorlarida odatda barcha valyutalar katirovka qilinmaydi, balki faqatgina, ushbu bozorda qatnashayotganlarga kerakli bo‘lgan valyutalar, ya‘ni mahalliy pul belgilari va bir qator yetakchi erkin konvertirlanadigan valyutalar, birinchi navbatda, zahira valyutalar (AQSH dollari, Yaponiya ienasi, evro, Shveytsariya franki va shu kabi valyutalar)dan keng foydalaniladi. Bunda, tabiiy xolki, yetakchi, ya‘ni zahira valyutalar kursining o‘zgarishi natijasida turli bozorlarda, yoki bitta bozorda kotirovka qilinayotgan valyutalar, turli vaqtlarda bir xil narxni saqlasada, ularning kursida biroz tebranishni kuzatish mumkin. Valyuta kurslarining bunday tebranishlari valyuta bozorida valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi chayqovchilar daromadining manbasini tashkil qilishga xizmat qiladi.
Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun ob‘ektiv asos bo‘lib, tashqi savdo, kapitallar va kreditlaming harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga kelishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga asosiy sabab bo‘ladi.
Valyuta operatsiyalarining keng ko‘lamda rivojlanishi tijorat banklariga ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkoniyat tugdiradi.
Shuni alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi. Demak, mamlakatlar o‘rtasida eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta bozorlarining ahamiyati milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvida namoyon bo‘ladi.
1993 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunida, xorijiy valyutaga quyidagicha ta‘rif berilgan:
• xorij davlatlarida muomalada yuruvchi va qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadigan pul birliklari, shuningdek, muomaladan olinayotgan yoki olingan bo‘lsada, respublikamiz pul birliklariga ayirboshlanishi ko‘zda tutilgan banknotlar;
• chet el davlatlarining pul birliklari va xalqaro pul birliklarining hisobvaraqlardagi va depozitlardagi mablag‘lari.
Mazkur qonun, shuningdek, «valyuta qimmatliklari» va «valyuta operatsiyalari» tushunchalariga ham aniqliklar kiritadi. Unga muvofiq, valyuta qimmatliklari quyidagilardir:
xorijiy valyuta;
• xorijiy valyutadagi qimmatbaho qog‘ozlar - fond qimmatliklari (aktsiya, obligatsiya va boshqalar);
• xorijiy valyutadagi to‘lov hujjatlari (chek, veksel, akkreditiv va boshqalar);
• qimmatbaho metallar - oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy) har qanday ko‘rinishda, shuningdek, lorn kurinishida (xar xil yuvelir ko‘rinishidagilar bundan mustasno);
• tabiiy qimmatbaho toshlar - olmos, rubin, zumrad, sapfir va aleksandirtlar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy), hamda gavxarlar har qanday ko‘rinishda, shuningdek lorn ko‘rinishida (xar xil yuvelir ko‘rinishidagilar bundan mustasno).
«Valyuta operatsiyalari» esa, quyidagilardir:
• valyuta qimmatliklaridagi mulkka egalik huquqi bilan bog‘liq operatsiyalar, shu jumladan, xorijiy valyutadan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalar hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidan tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalar;
• xorijdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va junatilgan hamda O‘zbekiston Respublikasidan xorijga olib chiqilayotgan va junatilayotgan valyuta qimmatliklari;
• xalqaro pul o‘tkazmalari.
Yuqorida qayd etilgan valyuta operatsiyalarini tijorat banklaridan faqatgina «vakolatli banklar» nomini olganlari amalga oshiradilar. Vakolatli banklarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh litsenziyasini olgan hissadorlik-tijorat, tijorat, kooperativ va xususiy banklar, shu jumladan, chet el ishtirokidagi qo‘shma banklar (filiallar, vakolatxonalar) ham kirishi mumkin.
Xorijiy valyutadagi operatsiyalar ikki turga, ya‘ni joriy va kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga bo‘linadi.
Joriy valyuta operatsiyalari:
• tovarlarni (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) eksport va import qilish bo‘yicha hisob-kitoblar, valyuta qimmatliklarining oldi-sotdisi, intellektual mulkka egalik huquqini sotish, qarz mablag‘larini jalb qilish yoki taqdim etishni ko‘zda tutmagan, kechiktirilmaydigan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar;
• bank omonatlari, kredit, investitsiya va boshqa moliyaviy operatsiyalardan olingan xorijiy valyutadagi daromadlarni chet elga va chet eldan foiz, dividend va boshqa kurinishdagi o‘tkazmalar;
• nosavdo tusdagi (ish haqi, nafaka, meros va shu kabilarni) o‘tkazmalar, shuningdek, shunga o‘xshash boshqa operatsiyalar kiradi.
Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari:
• investitsiya, shu jumladan, chet eldan xarid qilingan va chet elga sotilgan qimmatbaho qog‘ozlar;
• berilgan va olingan xalqaro kreditlar;
• jalb qilingan va hisobvaraqlarga va jamgarmalarga joylashtirilgan mablag‘lar;
• valyuta qimmatliklarida to‘lovni amalga oshirish uchun moliyaviy operatsiyalar yoki ma‘lum vaqtdan so‘ng, ularning mulkiy egalik huquqi kiradi.
Xorijiy valyutadagi bitimlar dunyoning ko‘plab banklarida, taxminan, ertalab soat 9:00 da boshlanadi, birok, dilerlarning ish faoliyati bu bitimlarni tuzishdan kamida bir soat oldin boshlanadi. Har kuni ertalab, chet el valyutasi bo‘yicha mas‘ul xodim (bulim boshligi) o‘zining xodimlarini bitimlar tuzish bo‘yicha me‘yoriy hujjatlar, hamda zaruriy ma‘lumotlar va yangiliklar bilan ta‘minlaydi. U o‘zi yo‘nalishni qayta ko‘rib chiqadi (bozorni bir necha oy oldin tahlil qiladi) va quyidagi omillar asosida o‘z taktikasini aniqlaydi:
a) Flouting tizimida ayirboshlash stavkalarida aniqlovchi valyuta va foiz stavkalarining iqtisodiyotda o‘zgarishi asosiy omillardan bo‘lib qolmoqda. Bunda, ularbitimlar muddatini kursning tushishi bilan hisoblashish-masa, u holda xuddi shu bitimlar kursining oshishi bilan hisoblashishga majbur bo‘ladilar.
b) Siyosiy omillar. Mazkur omillarga ijtimoiy holat, hukumatning almashishi va shu kabi valyuta bozoriga ta‘sirini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Ko‘pchilik holatlarda, ushbu omillar bozor holatini belgilovchi eng muhim omil bo‘lishi mumkin.
v) Bankning chet el valyutasidagi o‘z pozitsiyasi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, kurs asosan, yirik banklar va yirik milliy hamda transmilliy kompaniya va korporatsiyalarning marketmeykerlari tomonidan, kutilayotgan talab va taklif o‘rtasidagi farqka bog‘liq holda o‘rnatiladi.
Market-meykerlar - bu turli valyutalarni bitimlar bo‘yicha sotib olish va sotish kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga oshiruvchi moliya muasassalari hisoblanadi. Bozorning passiv ishtirokchilari sezilarli darajadagi kapital bilan qatnashayotgan bo‘lsalarda, bozor holatiga kuchsiz ta‘sir ko‘rsatadilar va ularning faoliyati ochiq bozordagi kurslarni professionallar tomonidan tartibga solishga majbur qilishi mumkin. Albatta, market-meykerlar faqatgina chet el valyutalarini milliy valyuta bilan solishtirmaydilar, balki ular milliy valyutaga tegmagan holatda chet el valyutalarini o‘zlarini kotirovkalarini ham amalga oshirishlari mumkin. Umuman, ma‘lum bir valyutalarni emitenti bo‘lgan mamlakatlarda shu valyuta bo‘yicha market-meykerlar mazkur mamlakatda joylashgan bo‘ladi. Evro bo‘yicha yetakchi market-meykerlarni Germaniyadan, Shveytsariya franki bo‘yicha esa, Shveytsariyadan topish mumkin. Market-meykerlar o‘zi mutaxassis bo‘lib hisoblangan valyutani oldi-sotdi kursi kotirovkasini amalga oshiradi. Nisbatan kam banklar, butun dunyo bo‘yicha valyuta kotirovkasini beradilar, shunday bo‘lsada, Buyuk Britaniyaning keng tarmoqli kliring banklari kabilar o‘z mijozlariga keng ko‘lamda kotirovkalarini taklif etadi. Valyuta bozorida kam uchraydigan valyuta bilan bog‘liq operatsiyalarni tijorat banklarida diling bulimini o‘zi emas, balki qo‘shimcha bulimlar amalga oshiradilar. Kam uchraydigan valyutalar, asosan, valyuta bozori rivojlanmagan mamlakatlarda yoki chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalarga ma‘lum bir cheklovlar qo‘yilgan mamlakatlarda uchraydi. Albatta, bunday cheklovlar mamlakat hududiga valyuta kirib kelishiga emas, balki ko‘proq chiqib ketishiga joriy qilinishi keng qo‘llaniladi. Agar, banklar ushbu (kam qo‘llaniladigan) valyutalar bo‘yicha mijozlarning talablarini bajara olmasa, ular o‘zlarining flliallari yoki boshqa valyutalarda pul qabul qilish yoki to‘lovni amalga oshirish maqsadida vakillik banklardan foydalanadilar.
Tijorat banklanga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 28 martda 31-son bilan tasdiqlangan «Xorijiy valyuta operatsiyalarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga litsenziya berish tartibi»ga asosan, uch xil litsenziya berilishi ko‘zda tutilgan:
• Bosh litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo‘lgan vakolatli banklar O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijda barcha valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega;
• Ichki litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo‘lgan vakolatli banklar O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘liq yoki chegaralangan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega;
• Bir martalik litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo‘lgan vakolatli banklar xorijiy valyutada aniq bir operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega.
Iqtisodiyotning erkinlashuvi va xalqaro valyuta bozorlariga integratsiyaning kuchayishi natijasida, valyuta operatsiyalari, mamlakatimizda, tijorat banklarining yana bir daromad topish manbasini vujudga keltirmoqda.
Tijorat banklarining muddatli bitimlari deb, belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan keyin amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi.
Amaliyotda muddatli bitimlarning keng tarqalgan quyidagi turlari mavjud:
• forvard valyuta bitimlari;
• moliyaviy fyuchers bitimlari;
• valyuta optsioni;
• svop operatsiyalari.
Forvard valyuta bitimi - bu, valyuta bo‘yicha bitim imzolangan sanadan boshlab, ikki ish kunidan keyin amalga oshiriladigan to‘lovni nazarda to`tuvchi bitimdir. Bu bitim aniq bir sanada, yoki ikki sana orasida amalga oshirishni nazarda tutishi mumkin.
Quyidagilar ushbu bitimning ayrim o‘ziga xos bo‘lgan jihatlari mavjud:
a) bu voz kechib bo‘lmaydigan va majburiy shartnomadir. Bitim tuzilgandan keyin mijoz bitimdan voz kechishga xakki yo‘q. Mijoz shartnomada ko‘rsatilgan chet el valyutasini sotib olishi yoki sotishi shart.
b) bu bitim chet el valyutasidagi aniq bir summani tashkil etadi. Mijoz bitimda ko‘rsatilgan summadan ko‘proq valyutani sotib olishga ham, sotishga ham haqqi yo‘q.

v) bitim kelajakdagi aniq bir sanada bajarilishi shart (agar optsionli bitimlar bo‘lsa - ikkita aniq sananing orasida). Mijozda forvard bitimi bajarilish sanasini uzoqlashtirishga ham, yaqinlashtirishga ham vakolat yo‘q. Forvard valyuta bitimi tuzilgandan so‘ng, uning bajarilishi fyuchers bitimlari va valyuta optsionlaridan farqli ravishda majburiy hisoblanadi.


A
gar, bank mijozi bilan chet el valyutasini sotish va sotib olish haqida bitim tuzsa, u faqat mijozi bilan emas, balki tashqi valyuta bozori bilan ham aloqa qiladi. Bu shuni anglatadiki, bank mijozi yoki bir qancha mijozlari bilan tuzgan forvard bitimlari uchun, albatta, valyuta bozori orqali valyutani sotib olishi yoki sotilishi koplanishini ta‘minlashi kerak. Dilerning "pozitsiya"si har qanday ma‘lum kunning yoki davming oxirida doimo teng holda bo‘lishi shart. Ya‘ni, sotib olinayotgan va sotilayotgan valyutalar balanslashtiriladi. Agar mijoz qandaydir bir sabab bilan bitim shartlarini bajarolmay kolsa (bajarishni hohlamasa), u holda bank bozor bilan tuzgan bitimini bajarishi shart qilib belgilangan. Shuning uchun, bank mijozidan bitimda kelishilgan barcha shartlar bajarilishini talab qiladi. Shu orqali, forvard valyuta bitimining shartlari qattiq hisoblanadi, va agar mijoz uning shartlarini bajara olmasa, bank mijozning forvard valyuta bitimidagi majburiyatlarni bajarmasdan ketib qolishiga yo‘l quymaydi, balki bitimning muddatini "uzaytiradi" yoki "sundiradi" .Forvard valyuta bitimi qat‘iy belgilangan, yoki optsionli bo‘ladi.
a) qat‘iy belgilangan forvard valyuta bitimi - bu, kelajakdagi aniq bir sanada bajarilishi shart bo‘lgan bitimdir. Masalan, 1 sentyabrda tuzilgan qat‘iy belgilangan ikki oylik forvard valyuta bitimi, ya‘ni ikki oydan so‘ng amalga oshiriladigan bitim;
b) optsionli forvard bitimi - bu, mijozning xoxishiga ko‘ra, yoki bitim tuzilgan vaqtdan uning bajarilishigacha bo‘lgan davming ichida hohlagan vaqtda, yoki ikkita aniq sana davomida amalga oshiriladigan bitimdir.
Qayd etib o‘tish lozimki, forvard valyuta bitimi sof valyuta optsionlaridan farq qiladi. Valyuta optsioni mijozga kelishilgan bitim shartlarini bajarish va bajarmaslik huquqlarini beradi. Forvardli optsion esa, mijozga uni bajarmaslik huquqini bermaydi.

Toshkent Moliya Insitituti


Buxgalteriya va Audit fakulteti
Biznes Tahlil_80 guruh
Talabasi.
Bajardi: Tuqsonov Abdulhodiy

18.10.2022
Download 330,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish