Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilishning samarali yo’llari. Reja


-jadval  O`zbekistonnning xorijiy mamlakatlar bilan savdo munosabatlari 9



Download 232,34 Kb.
bet11/11
Sana01.01.2022
Hajmi232,34 Kb.
#293809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Radjapov Muhammad - Kurs ishi

3-jadval 
O`zbekistonnning xorijiy mamlakatlar bilan savdo munosabatlari 9


Mamlakatlar



Export (% da)



Import (% da)


2017

2018

2018

2019




Avstriya 





1,7 

1,6 




Belgiya 

0,3 

0,5

0,7 

0,6 




BuyukBritaniya

1,2 

1,9 

1,2 

1,1 




Germaniya 

0,5 

0,8 

11,5 

6,4 




Italiya 

0,2

0,3

2,6

1,9





Xitoy 

15,7

24,8

20,8

24,3





Koreya 

1,7

1,9

22,1

26,0





AQSh 

0,9

0,8

4,4

5,1





Turkiya 

11,0

14,5

4,1

4,7





Fransiya 

2,7

2,8

2,6

1,4





Shvetsariya 

0,2

0,3

1,5

1,1




Yaponiya 

0,2 

0,2 

2,2 

2,6 




3-jadval ma’lumotlariga ko`ra, O`zbekistonning asosiy xorijiy eksport hamkorlari ichida eng yirigi Xitoy bo`lib, 2019-yilda O`zbekiston eksportining 24,8%i unga tegishli, so`ngra Turkiya bo`lib, u 14,5% ulushga ega. Keyingi o`rinlarda 2,8% bilan Fransiya 1,9% bilan Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya turadi.

Import hamkorlari orasida esa Janubiy Koreya yetakchilik qiladi. Import qilinayotgan mahsulotning to`rtdan bir qismidan ko`prog`i Janubiy Koreya xissasiga to`g`ri keladi. Undan so`ng 24,3% Xitoyga tegishli bo`lsa, keyingi o`rinlarda 6,4% bilan Germaniya, 5,1% bilan AQSh, 4,7% bilan Turkiya, 2,6% bilan Yaponiya, 1,9% bilan Italiya, ulardan so`ng 1,1% bilan Buyuk Britaniya turadi.

2019-yildan eksport va import ko`rsatkichlari pasaygan.

Ko`rib chiqilgan 2 davlatning ham tashqi savdosida Buyuk Britaniya kam ulushga ega. Bunga sabab faqatgina mamlakatlarning uzoqligi bo`lmay, boshqa sabablar ham mavjud. Ulardan biri Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi a’zosi bo`li, Ittifoqda yagona boj tizimi, umumiy bozor rivojlangan, Markaziy Osiyo davlatlari esa Yevropa ittifoqi tarkibiga kirmaganligi uchun uning tarkibidagi mamlakatlar bilan tashqi savdoni kuchli yo`lga qo`ya olmaydi.

O’zbekiston tashqi savdo aylanmasini tahlil etish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 6 109 tani tashkil etib, ular tomonidan 9 323,3 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2019- yilning mos davriga nisbatan 25,7% ga kamaydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʻminlandi.



4-rasm. O’zbekiston Respublikasi eksport salmog’i(oylik)10
Oʻzbekiston Respublikasi eksporti dekabr oyida 930,4 mln. AQSh dollari qiymatida qayd etilib, oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan 673,5 mln. AQSh dollariga kamaydi.

Hududlar kesimida respublika eksporti tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 19,5% ulush bilan 2 954,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Respublika eksporti tarkibida eng quyi ulushni Jizzax viloyati 0,8% ulush bilan 124,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

2020- yilning yanvar-dekabr oylarida import hajmi 21 171,5 mln. AQSh dollarini va 2019- yilga nisbatan 87,2% ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,6%), sanoat tovarlari (16,9%) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (13,7%) hisobiga toʻgʻri keldi.

Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2020- yilning yanvar-dekabrida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 911,3 mln. AQSh dollariga kamaydi va 19 955,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 1 216,4 mln. AQSh dollariga yetdi.

2020- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 147 davlatdan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirildi. Yetti yirik hamkor davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Qozogʻiston, Turkiya, Germaniya va Chexiya Respublikasi) jami importning 71,9% ulushini tashkil qildi, bu 15 228,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

2019-yil yakunlariga ko’ra O’zbekiston eksport tarkibida elektroenergiya va neft mahsulotlari 31,1% bilan jami eksportning eng katta ulushini tashkil etdi. Keying o’rinlarda xizmatlar 16,2%, oziq-ovqat mahsulotlari 9,8%, paxta tolasi 7,7%, qora va rangli metallurgiya 6,3%, mashina va asbob uskunalar 5,5%, kimyo mahsulotlari 4% ulushni tashkil etdi. Mamlakatimiz eksportida hom ashyo mahsulotlaridan ko’ra tayyor mahsulot ulushi keying yillarda oshib bordi va umumiy eksportning 70 %dan ko’prog’ini tashkil etmoqda. Buning asosiy sababi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investitsiya siyosati va ularning ko`payishi, buning natijasida modernizatsiya, diversifikatsiya va lokalizatsiya dasturlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishidir.

Buyuk Britaniya bilan savdo aloqalarini rivojlantirish uchun ularda mavjud bo`lmagan yoki unga nisbatan ishlab chiqarishda ustunlikka ega bo`lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va taqdim etish zarur.

O`zbekiston hamda boshqa Markaziy Osiyo davlatlari Buyuk Britaniyaga asosan xomashyo import qiladi, chunki bu davlatlar asosan mehnat resurslariga ixtisoslashgan, Buyuk Britaniya esa kapitalga ixtisoslashgan. Mutlaq ustunlik nazariyasiga ko`ra kapitalga mehnat resurslariga boy davlat mehnat talab qiladigan maxsulotlarni eksport qiladi, kaitalga ixtisoslahgan dvlat esa uni eksport qiladi, shunda xalqaro savdo rivojlanadi. Bu nazariya o`z tasdig`ini topgan holda, mehnat resurslariga va tabiiy resurslarga boy bo`lgan rivojlanayotgan davlatlar rivojlangan davlatlarga qazib olish, yetishtirish qiyin, ko`p mehnat talab qiladigan xomashyo yoki maxsulotlarni eksport qiladi ko`proq. Ulardan esa o`zlarida ishlab chiqarish ko`p xarajat talab qiladigan tayyor maxsulotlarni va ishlab chiqarishda zarur bo`lgan mashina va asbob uskunalarni sotib oladi.

O`zbekiston ham Buyuk Britaniyadan ko`proq ishlab chiqarish vositalari import qiladi. Shuningdek, kundalik hayotimizda ishlatiladigan ko`plab maishiy texnika vositalari ham Buyuk Britaniyadan import qilingan.

O`zbekiston paxtasining asosiy qismi ham London birjalarida sotiladi.

Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniya o`rtasida savdo munosabatlari keng yo`lga qo`yilmaganligining asosiy sababi ularning o`zaro savdosi ko`p xarajat talab qiladi. 

Xulosa

Har bir mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarning, jumladan, chet el investitsiyalarining ahamiyati kattadir. Har qanday davlat jahon tajribalarini o'rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan, dunyodan ajralgan holda rivojlanishi mumkin emas. O'zbekiston iqtisodiyotida chuqur iqtisodiy islohotlar, tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilar ekan, uni chet el investitsiyalari rivojisiz tasavvur etib bo'lmaydi.

Xorijiy investitsiyalar har bir davlatning iqtisodiy o'sishi uchun katta ahamiyatga ega bo'lsada shu bilan birga ularning samaradorligi jiddiy muammolar bilan bog`liq. Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligining dastlabki yillarida inflyatsiya darajasining katta bo'lishi tufayli kapital asosan savdo sohasida ishtirok etdi. Bu holat ishlab chiqarish sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun hokimiyat tomonidan keskin choralar ko'rishni talab etadi.

Umuman, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarni (TTXI) va yuqori texnologiyalarni, boshqaruv ko'nikmalarini jalb qilish milliy firmalarning ishlab chiqarish usullariga muayyan o'zgarishlarni olib kiradi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan TTXI oqimini rag`batlantirish kerak.

Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari uchun yangi tarmoqlarni qaror toptirgan bir qancha yirik loyihalar amalga oshirildi. Biroq, uzoq muddatli istiqbollar imkoniyatlari hali tugaganicha yo'q. Iqtisodiyotni kompleks tarzda tarkiban qayta qurishga qaratilgan muhim investitsiya dasturlarini amalga oshirish davom etmoqda.Bunday loyihalarning O'zbekiston uchun ahamiyati – import o'rnini bosadigan va jahon bozorida raqobatlasha oladigan, yuqori darajada qayta ishlanadigan va pirovard iste'molchiga tayyor holatga etkazib beriladigan mahsulot ishlab chiqarishning asosiy qismini lokallashtirishga qodir bo'lgan amalda tayyor texnologik zanjirlarni nisbatan qisqa vaqt ichida barpo etishdir. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to'g`ridan – to'g`ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ul ardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o'rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlantirishni ta'minlash maqsadida qabul qilingan investitsiya dasturlariga muvofiq farmatsevtika, tekstil, kimyo, neft va gaz sohalarida yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratishga qaratilgan yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatini rag`batlantirish, investorlarni axborot bilan ta'minlovchi yagona tizim

barpo etish bilan bog`liq, ishlarni tartibga soluvchi qonun xujjatlarni amalga oshirish mexanizmlari yanada takomillashtirilishi ancha katta ahamiyatga ega. Investorlar O'zbekistondagi iqtisodiy islohotlar qanday borayotgani va uning yo'nalishlari, jamiyatimiz taraqqiyotining makroiqtisodiy ko'rsatgichlari, qonun va me'yoriy xujjatlar, shuningdek yo'riqnoma hamda axborot-bildiruv tusidagi materiallar to'g`risida to'liq va operativ ma'lumotlarga muxtoj bo'lib turibdilar. Shu munosabat bilan respublikada hisob yuritish va hisobot tizimi samaradorligi oshirilishi zarurligiga e'tiborni qaratish muhim deb hisoblaymiz. Statistika hisobotlari kechikishi, ko'p hollarda esa e'lon qilinmasligi natijasida ma'lumotlarni taqqoslashning iloji yo'q. Bu esa, xorijiy investorlar qaror qabul qilishiga jiddiy to'siq bo'lmoqda. Mohiyatan xorijiy sarmoyalar shaxsiy milliy sarmoyaviy qiymatini boshqasinikiga almashtiradi. Xavfsizlik, daromadlilik, likvidlilik va kapitalizatsiya bilan birga xorijiy sarmoyalarning ajralib turuvchi tomoni xorijiy sarmoyadorlar tomonidan aniq maqsadlarni ko'zlash hisoblanadi. Ularning jalb qiluvchi iqtisodi o'z maqsadlariga erishishga harakat qilishadi. 

Bu maqsadlar:

-samaradorlik;

-ishlab chiqarish o'sishi;

-bozorga kirish;

-iqtisodiy xarakterda bo'lmagan vazifalar.

Shuning uchun o'zaro manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar amalga oshirish shartlarini hisobga olishning barchasi sarmoyalarni mamlakat ichida joylashtirishning asosiy ko'rsatgichlari hisoblanadi. Xorijiy sarmoyalarni ishlab chiqarishga kiritish bir tomondan ishlab chiqarish intensifikatsiyasiga turtki bo'ladi, alohida tarmoqlar rivojlanishini rag`batlantiradi. Xorijiy investitsiyalar jalb etilishi samaradorligiga ta'sir ko'rsatuvchi yuqorida aytilgan va boshqa muammolar hal etilsa, shak shubhasiz, milliy iqtisodiyot o'sishi hamda u jahon xo'jaligiga silliq kirib borishi uchun qo'shimcha rag`batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish imkoniyati yaratiladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, respublika iqtisodiyotiga bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishini ta'minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarga nisbatan ochiqeshiklar siyosatini o'tkazish, mablag`larni mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlovchi ustuvor yo'nalishlarda hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog`liq yo'nalishlarda mujassam qilish respublikada o'tkazilayotgan investitsiya siyosatining asosiy tamoyillaridir.

O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning barcha shakllarini faol jalb qilishda amalga oshirilishi lozim bo'lgan tadbirlar quyidagilardan iborat:

- mamlakatning hududiy va tarmoq tizimini takomillashtirish nuqtai nazaridan investitsiyalashga ta'sir etuvchi omillarni muvofiqlashtirgan holda qulay investitsion muhitni yaratish;

- guruhlangan omillar natijasida, nafaqat, hududlarning balki barcha mikrobosqichlarda chet el investitsiyasini jalb etish bo'yicha reyting ko'rsatgichlarini hisobga olish;

- chet el investitsiyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tova eksport qilishni ko'paytiruvchi korxonalar uchun imtiyozlarni kengaytirish;

- ayrim tarmoqlar va mintaqalarda (jumladan, erkin iqtisodiy zonalar) xorijiy

investorlar uchun real amal qilishi uchun imtiyozlar tizimini yaratish;

- investitsiya loyihalarini iqtisodiyotning makro va mikro darajasidagi ehtiyoj va imkoniyatlarni hisobga olib, ishlab chiqarish asosida xalqaro moliya institutlarining respublikamizda ochgan kredit liniyalaridan to'la-to'kis foydalanishni ta'minlash;

- chet el investitsiyalarini tez qaror qabul qilishlari uchun hisob va hisobot tizimi samaradorligini oshirish kabi qo'shimcha tadbirlarni amalga oshirish zarur;

- xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, yuqori turuvchi organlar va mahalliy xokimiyatlar o'rtasida vakolatni aniq chegaralab qo'yish;

- barqaror iqtisodiy tashqi savdo qonunchiligini, shu jumladan, erkin iqtisodiy zonalar va kontsessiyalar bo'yicha me'yoriy bazani yaratish;

- soliqlarni kamaytirish va soliq tuzilmasini soddalashtirishs;

- xorijiy investitsiyalarni sug`urtalashning samarali mexanizmini yaratish;

- iqtisodiyot tarmoqlarini monopoliyadan chiqarish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish;

- iqtisodiyotning ba'zaviy tarmoqlarini individual loyihalar bo'yicha xususiylashtirish;

- birja bozorlarida va boshqa bozorlarda aktsiyanerlik jamiyatlari aktsiyalari paketlarining bir qismini xorijiy investorlarga sotish.

Bozor munosabatlarini rivojlantirish va qonunlarga rioya qilish ham muhim vazifa bo'lib qolmoqda. Chunki, qonun ustunligi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar modelining yetakchi tamoyili bo'lib, u har qanday huquqiy davlatning asosiy mezonlaridan biridir.

Bundan tashqari, strategik tarmoqlarning katta sanoat ob'ektlarini xorijiy investorga xususiylashtirish va sotish orqali ham mamlakatga to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar oqimini kengaytirish mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1.1. O'zbekiston Respublikasining ―Investitsiya faoliyati to'g`risidagi 1998 yil 24 dekabrdagi qonuni. № 719-1 O'zbekistonning yangi qonunlari, 1998.

1.2. O'zbekiston Respublikasining ―Chet el investitsiyalari to'g`risidagi 1998 yil 30 apreldagi qonuni. O'zbekistonning yangi qonunlari, 1998.

1.3.O'zbekiston Respublikasining ―Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g`risidagi 1998 yil 30 apreldagi qonuni. O'zbekistonning yangi qonunlari, 1998.

1.4. O'zbekiston Respublikasining ―Tashqi iqtisodiy faoliyati to'g`risidagi qonuni (yangi tahriri) 2000 y.

1.5. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri. O'zbekiston

Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 yil 12 dekabr 52/1 -son. 

2.1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi «To'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag`batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g`risida»gi Farmoni.

2.2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 noyabrda ―O'zbekiston Respublikasining 2013 yilga mo'ljallangan investitsion dasturi to'g`risida‖gi 1855-sonli qarori.

2.3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 dekabrda ―O'zbekiston Respublikasining 2012 yilga mo'ljallangan investitsion dasturi to'g`risida‖gi 1668-sonli qarori.

2.4. 2011-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g`risida‖gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi Ph–1442–sonli qarori. 
3.4. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. //Xalq so'zi.2010 yil, 13 noyabr.

4.1. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2013 yilning asosiy yakunlari va 2014 yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag`ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi.

4.2. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilga mo'ljallangan eng muhim ustuvor yo'nalishlarga bahishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ―Bosh maqsadimiz – keng ko'lamli islohotlar va modernizatsiya yo'lini qat'iyat bilan davom ettirish‖

mavzusidagi ma'ruzasini o'rganish bo'yicha o'quv qo'llanma. – T.: ―O’qituvchi‖

NMIU. 2013

4.5. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ―Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini

oshirishga xizmat qiladi‖ mavzusidagi ma'ruzasini o'rganish bo'yicha o'quv-uslubiy

majmua. – T.: Iqtisodiyot. – 2011.

4.6. Xodiev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G`afurov U.V. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma'ruzalarini o'rganish bo'yicha o'quv qo'llanma – T.: Iqtisodiyot. - 2010.

4.7. Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G.―Xorijiy investitsiyalar‖-T ―Moliya‖, 2010 y.

4.8. Mahmudov N.M, Madjidov Sh.A. Investitsiyalarni tashkil etish va

moliyalashtirish. O'quv qo'llanma. – T.: TDIU, 2010.

4.9. Юлдашев Р.З. Инвестиционное обеспечение приватизированных

предприятий в Узбекистане: управленческий аспект. Монография. Т.: Иктисодиёт, 2009. — 93 с.

Vahobov A. va boshqalar. Xalqaro moliya munosabatlari: Darslik. – T.:

Vahobov A. va boshqalar. Jahon iqtisodi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.O`quv qo`llanma. T.:Iqtisod-moliya, 2014.

5.4. To’xliyev N.N. O’zbek modeli: taraqqiyot tamoyillari. T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti”- 2014

6.1. Mamatov M. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari. //Iqtisodiyot va ta'lim. 2011 yil, 4-son, 38-b.

6.2. Sobirov A. O'zbekiston Respublikasiga xorijlik investorlarni jalb qilish shakllari. /Iqtisodiyot va ta'lim, 2011 y., 5-son.

6.3. Chet el investitsiyalarini jalb etishning istiqbolli yo'nalishlari.

//Hamkor.Uz.2008, № 17.

6.4. Экономическое обозрение. Деверюкс Д. и Робертс Б., Прямые

иностранные инвестиции и благосостояние в странах с переходной экономикой: на примере Централной Азии. 1998, 3 том, 49 стр.

6.5. O'zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi. 2018., 2019.

6.6. World Economic Outlook. IMF.

6.7. UNIDO Industrial Development Report.

6.8. IMF.World Economic Outlook. 

VII. Internet saytlar

www.gov.uz

www.press-service.uz

www.mfer.uz

www.UzA.Uz

www.economist.com



www.stat.uz



1 114-son 20.03.1996. “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish to’g’risida”gi qonun

2 Shavkat Mirziyoyev. Xalq so’zi gazetasi fevral soni. “Tashqaridan investitsiya kirmasa, mamlakat rivojlanmaydi”

3 www.stat.uz Davlat statistika qo’mitasi

4 www.stat.uz Davlat statistika qo’mitasi

5 Xalqaro moliya munosabatlari. Vahobov A. va boshqalar Toshkent 2003 332 bet

6 Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari

7 www.stat.uz

8 O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi

9 O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi ma`lumotlari

10 www.stat.uz


Download 232,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish