Mavzu: Xorijiy fermer xo‘jaliklarining mexnat resurslaridan foydalanish



Download 22,59 Kb.
bet1/3
Sana03.07.2022
Hajmi22,59 Kb.
#735038
  1   2   3
Bog'liq
14- AMALIY X.F


  1. Mavzu: Xorijiy fermer xo‘jaliklarining mexnat resurslaridan foydalanish

1.Mehnat resurslari
2. Mehnat resurslarining unumdorligi
1. Mehnat resurslari
Hozirgi kunda jahonda 2,5 mlrd. nafar ishchi kuchi bo‘lib, 2005 yilga borib, bu ko‘rsatkichning yana 1,2 mlrd. nafarga ko‘payadi. Dunyoda 120 mln. nafar ishsiz bo‘lib, u er yuzidagi ishga layoqatli aholining 5%ini tashkil etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda 61% ishchi kuchi qishloq xo‘jaligida mehnat qilsa, rivojlangan mamlakatlarda 3-4%ni tashkil qiladi.
Dunyo aholisining 72%dan ko‘prog‘i aholi jon boshiga o‘rtacha daromad kam bo‘lgan mamlakatlarda va faqat 28%i daromad yuqoriroq bo‘lgan mamlakatlarda istiqomat qiladi. Bu o‘rinda ayrim sinflar va aholi tabaqalarining daromadi va xarid quvvati sohasidagi tafovutlar masalasiga to‘xtalmasdan, shuni aytish kerakki, aholi jon boshiga kam daromad to‘g‘ri keladigan mamlakatlarda dunyo aholisining ko‘p qismi yashashi bu mamlakatlarning qishloq xo‘jaligini yuksaltirishga mone’lik qiladigan jiddiy omillardan biridir, chunki daromadning aholi jon boshiga bu darajada kamligi oziq-ovqat iste’moli darajasinigina emas, balki mamlakat qishloq xo‘jaligini yuksaltirish uchun ko‘proq kapital mablag‘lar ajratish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan barcha mamlakatlarning qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholi soni bir o‘n yillik ichida qariyb 20 mln. nafarga kamaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda va Osiyodagi sotsialistik mamlakatlarda esa qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholi soni qariyb 50 mln. nafarga ko‘paydi. SHu bilan birga iqtisodiy jihatdan faol butun aholi orasida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining ulushi barcha guruhlardagi mamlakatlarda xiyla kamaydi. O‘sib etilgan aholining faqat bir qismigina qishloq xo‘jaligida band bo‘ldi. Rivojlangan mamlakatlarda bu hol aniq mahalliy iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarga qarab turli darajada ro‘y berdi.
Rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining salmog‘i nisbatan past bo‘lib, yanada pasayib bormoqda. Bu esa, shu mamlakatlarning ko‘pchiligi iqtisodiyotida sanoatning katta o‘rin tutishi hamda qishloq xo‘jaligida fan-texnika yutuqlarining keng qo‘llanilishi oqibatidir. Bu sharoitda mayda xo‘jaliklar yo‘qoladi va qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholi soni qisqaradi. Masalan, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholi salmog‘i 10 yil ichida YAponiyada 12%ga, Fransiyada 8%ga, Italiyada 10%ga kamaydi.
SHuni ham unutmaslik kerakki, iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligining sanoat bilan integratsiyasi ro‘y berayotgan sharoitda qishloq xo‘jalik jarayonlariga xizmat ko‘rsatadigan bir qancha operatsiyalar, jumladan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha bir qancha operatsiyalar sanoat qo‘liga o‘tadi va shunday qilib, qishloq xo‘jaligi doirasi va undagi ishlar hajmi, bu ishlarda band bo‘lgan ishchi kuchi qisqaradi. CHunonchi, mineral o‘g‘it, xususan, suyuq o‘g‘it solish, broylerlar etishtirish, maxsus zavodlarda moy va sut mahsulotlarini sanoat negizida ishlab chiqarish shular jumlasidandir.
Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar bir qismining qishloq joylarda joylashishi, qishloq xo‘jaligi infratuzilmasining asta-sekin murakkablashishi va boshqa sabablar shunga olib keladiki, ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan, rivojlangan mamlakatlarda va rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy faol qishloq aholisi tarkibida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholi salmog‘i kamaya boradi. CHunonchi, 1950-1970 yillarda bu ulush AQSHda 37%dan 12%ga, YAponiyada 1960 yildan 1970 yilgacha 54%dan 38%ga, Indoneziyada 1956 yildan 1960 yilgacha 81%dan 72%ga, Ruminiyada 88%dan 79%ga tushib qoldi va hokazo. SHu bilan birga shahar aholisining bir qismi qishloq xo‘jaligida ishlamoqda. Bu miqdor yuksak darajada rivojlangan mamlakatlarda juda kam (AQSHda 1%, GFRda 4%), rivojlanayotgan mamlakatlarda esa ancha yuqori (Jazoirda 27%, Salvadorda 19%, Filippinda 16%, Hindistonda 13%). Bu ulush asta-sekin kamayib bormoqda.
Agar mehnat bilan bandlik qishloq xo‘jaligida 1990 yilda O‘zbekistonda 40% bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib u 80%ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich Belgiyada – 3%, Angliyada – 2%, Gollandiyada – 5%, Fransiya – 6%, Germaniyada – 3% bo‘lgan.
Belgiyada jon boshiga 2000 yilda 140 kg. etishtirilgan bo‘lsa, bu boradagi ko‘rsatkich Buyuk Britaniyada 64 kg., Germaniyada – 87 kg., O‘zbekistonda – 23 kg.ni tashkil etgan. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan 2 mln. nafar aholining – 6%i oliy, 13%i o‘rta ma’lumotga ega.
Mehnat unumdorligiga quyidagi omillar kiradi: texnika taraqqiyoti, fond bilan qurollanish darajasi, ishchi kuchlarining sifati. Mehnat unumdorligini aniqlashda natural, qiymat sarflar hisobga olinadi.
Jahonda 1,5 mlrd. aholi kaloriyasi kam oziq-ovqat iste’imol qiladi. FAO tashkiloti ma’lumoti bo‘yicha, jahondagi aholini 780 mln. och holatda, shu jumladan, Afrika mamlakatlarida 175 mln. aholi, oziq-ovqat etishmaydigan sharoitida yashaydi.
Aholini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish hajmini ham ko‘paytirib borish lozim. CHunonchi, aholi yiliga 1,6%dan o‘sib borsa, iste’mol etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari hajmini 1,8% o‘stirish talab qilinadi.
Jahonda hozir 6 mlrd. nafardan ziyod aholi yashaydi. Har yili aholi soni 92-93 mln. nafarga o‘sib bormoqda. 2030 yilga borib aholi soni 8-11 mlrd. ga etadi.
Aholi o‘sgan sari, uni mahsulot bilan ta’minlash masalasi ham hal etilishi zarur. Jon boshiga jahonda 1950 yili 247 kg., 1985 yilda – 346 kg. va 2000 yilda – 350 kg.dan oziq-ovqat mahsulotlari etishtirilgan.
Aholi turmush darajasini u oladigan daromad belgilaydi. Daromad nominal va real bo‘lishi mumkin.
Umumlashgan turmush darajasi ko‘rtsatkichini ifodalovchi ko‘rsatkich iste’mol narxlari indeksi yoki turmush kechirish qiymati hisoblanadi. AQSHda bir yillik minimal hayot kechirish qiymati mintaqalar bo‘yicha bir-biridan farq qiladi va bu ko‘rsatkich o‘rtacha 10-13ming dollarni tashkil qiladi. Masalan, agar oila 4 nafardan iborat bo‘lsa, 2000 yilda hayot kechirish uchun ularga 48 000 dollar talab etilgan. Minimal hayot kechirish darajasi davlatning aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq siyosatini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Sobiq sotsialistik respublikalarda aholining real daromadlari pasayib bormoqda. Bunga sabab – ishlab chiqarish unumdorligining pasayib, baholar va har xil soliqlarning o‘sib borishidir.
Hamdo‘stlik davlatlari tomonidan minimal ish haqi va nafaqalar oshirib borilishiga qaramasdan, aholining real daromadlari pasayib bormoqda.
Turmush darajasini belgilashda qiymat ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda natural ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkichlar orqali alohida shaxs, oila va ijtimoiy guruhlarning turmush darajalari belgilanadi (shahar, qishloq aholisi, yosh va qariyalar, erkaklar va ayollar, ishlovchilar va shlamaydiganlar va hokazo).
Ushbu ko‘rsatkich yordamida aholi tomonidan iste’mol qilinadigan oziq-ovqat (go‘sht, tuxum, sut, meva) va nooziq-ovqat mahsulotlari (kiyim-kechak, poyabzal, uy-joy, mebel va hokazolar) aniqlanadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining asosiy iste’molchilari aholi hisoblanadi. SHu sababli dunyo aholisining ko‘payishi (kamayishi), hududlar bo‘yicha taqsimlanishi, daromadlari o‘zgarishini juda jiddiy o‘rganish talab etiladi. Keyingi 60 yil ichida aholining juda tez ko‘payishi jahon iqtsodiyoti oldiga ko‘plab muammolarni qo‘ymoqda. Bularning eng asosiyslari ko‘payib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash, borgan sari oziq- ovqatning balanslashgan, sifatli bo‘lishga erishish, ularni uy-joy bilan ta’minlash masalalaridir. Bu masalalarni resurslar cheklangan, ayrim hollarda kamayib, ekologik vaziyat yomonlashib borayotgan sharoitda hal etish taqozo qilinmoqda.
Bugungi kunda dunyo aholisining ko‘payish tendensiyasi turli materik va davlatlarda turlichadir. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlangan davlatlarda aholining o‘sishi keyingi 40 yil ichida 0,5-0,6%ni tashkil etdi. evropaning ayrim davlatlarida (Fransiya, Angliya, Germaniya, Belgiya, SHvetsiya) bu ko‘rsatkich bundan ham past.
Jahon aholisi Osiyoning (Xitoy, SHimoliy va Janubiy Koreya, Hindiston, Vetnam), Lotin Amerikasining Meksika, Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Peru, Venesuela, Afrikaning Aljir, Misr, Iroq, Mozambik, Janubiy Afrika Respublikasi, Gvineya, Angola kabi davlatlari hisobiga tez ko‘paymoqda. Umuman, er yuzi aholisi keyingi 40 yil ichida o‘rtacha 2%dan ko‘payib bormoqda. Bu, o‘z navbatida, oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish ko‘paytirilishini, ayniqsa, qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat mahsulotlari etishtiradigan tarmoqlariga e’tibor kuchaytirilishini talab qiladi.
Oziq-ovqat muammosining keskinlashishiga tobora avj olayotgan ekologik qiyinchiliklar – cho‘llashish jarayonining kuchayishi, ko‘plab haydaladigan rayonlarda eroziyaning avj olishi, chuchuk suvning tanqisligi natijasida irrigatsiya ishlarining sekinlashishi ham sabab bo‘moqda.
Oziq-ovqat masalasi, ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarga oziq-ovqat yordami ko‘rsatish zarurligi bir qancha xalqaro anjumanlarda ham, matbuotda ham muhokama qilindi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘pgina davlatlar yordam tarzida oziq-ovqat (g‘alla, un, o‘simlik moyi, baliq, konserva va boshqalar) etkazib bermoqda. SHu bilan birga, ayrim imperialistik davlatlar bunday yordamdan o‘zlarining siyosiy va iqtisodiy maqsadlari yo‘lida foydalanishga harakat qilmoqda.

Download 22,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish