Miya qutisining toliq qopqogi skeletning suyakka aylanishi, qoplagich (teri), suyak (peshana, tepa) hosil bolishi hisobiga hosil boladi. Visseral skelet miya qutisiga bogliq bolmagan holda filogenetik rivojlangan. Dastlab visseral skelet nafas olish apparatini saqlab turish vazifasini bajaruvchi jabra yoriqlari orasida joylashgan bir xil shakldagi juda kop yoylar sifatida paydo bolgan. Keyinchalik yoylarning soni kamayadi. Togayli baliqlarda oldingi bir juftining rudimenti lab togaylari sifatida saqlanib qolgan. Uchinchi yoy jag apparatiga, tortinchi yoy til osti apparatiga aylangan. Baliqlarda keyingi (4-7) yoylar jabra apparati skeletiga aylangan. Erda yashovchi umurtqalilarda boshqacha ozgargan. Ular haqida quyida tanishamiz. Birinchi (umumiy hisobda uchinchi) visseral yoy har tomondan bir juft togaydan tashkil topgan. Togayli baliqlarda ustki togay yuqorigi jag vazifasini bajaradi. Bu tanglay-kvadrat togayi. Jag yoyining ostki yarmi pastki jag ham juft Mekkel togayidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |