Ostki yoylarning uchlari faqat dum qismida ozaro tutashadi (baliqlarda). Gemal kanal ana shunday hosil boladi. Bu kanal orqali orqa aorta va dum venasi otadi. Ostki va ustki yoylarning ichki uchlari tutashishi natijasida umurtqaning tanasi hosil bolib, uning ichida malum darajada xorda saqlanishi mumkin. Miya qutisi bosh miya boshlangichi ostida ikki juft togay shaklida hosil boladi. Ularning orqa jufti paraxordalilar xordaning oldingi qismi yon tomonida, oldingi jufti trabekulalar ulardan oldinda joylashgan. Paraxordalilar va trabekulalar osishi va ozaro qoshilishi natijasida bosh miyani ostidan qoplovchi asosiy plastinka hosil boladi. SHu bilan bir vaqtda hosil bolayotgan sezgi (hidlash, eshitish) organlari atrofida togay kapsula hosil boladi. Ular miya qutisining asosiy plastinkasidan balandroq joylashib, bosh miyani yon tomonidan berkitadi. Keyin sezish kapsulalari rivojlanib ozaro birlashadi (togarak ogizlilarda) yoki miyaning asosiy plastinkasi bilan qoshilib osadi. Miya qutisi qopqogʻiteshiklar fontanelalar parda bilan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |