MAVZU: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni moliyaviy isloh qilish - Ma’ruzachi: k.o’q. Safarova N.A.
REJA: - Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni isloh qilish va ular moliyaviy xo’jaligini qayta qurishning zarurligi.
- Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar moliyasi.
- Notijorat tashkilotlari moliyasining xususiyatlari.
-
- Xo’jalik subyektlari moliyasi
- Davlatning byudjetdan tashqari maqsadli
- jamg’armalari
- Davlat korxonalari moliyasi
- Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalar moliyasi
- Notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi muassasa va tashkilotlar moliyasi
- Jamoat tashkilotlari moliyasi
- Xo'jalik yurituvchi sub'ekt
- xususiy, davlat va boshqa korxonalar, shuningdek ularning filiallari va vakolatxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa shirkatlar, uyushmalar, assotsiatsiyalar, konsernlar, tarmoqlararo, mintaqaviy va boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, banklar, tovar va fond birjalari, investitsiya, pensiya va boshqa fondlar, boshqa birlashmalar va mustaqil tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi fuqarolar.
- Moliya tizimining ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir oqibatda davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini shakllantiradi.
- Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasi
- Moliya tizimining bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo‘g‘inlardan tashkil topadi.
- Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik qilish, o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga egadir.
- Tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi
- Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘zlarining faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar
- Ularning xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan qoplanishi kerak
- Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va sosial rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi
- real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega
- mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi
- o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra foydadan foydalanadilar
- moliyaviy bozorning resurslaridan – bank kreditlari, obligasiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va moliyaviy bozorning boshqa instrumentlari – foydalangan holda investisiyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni qidirib topadilar
- ishlab chiqarish va sosial fondlarni shakllantiradilar
- Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyasi, moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, YaIM qiymatini yaratish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarini qamrab oladi. Ular, asosan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan, moddiy ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadilar.
- Tijorat tashkilotlari va korxonalari tadbirkorlik faoliyatini olib borishida ishlab chiarishni tashkil etish va mahsulot realizatsiyasi, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish, o‘z moliyaviy resursalirini shakllantirish va moliyalashtirishning tashqi manbalarini jalb qilish, ularni taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Moliyaviy munosabatlarning moddiy asosi pul hisoblanadi.
- Moliyaviy munosabatlar – pul munosabatlarining bir qismi va faqatgina pul mablag‘larining real harakatida yuzaga keladi, xususiy kapitalni, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllanishi va ishlatilishi bilan kuzatiladi.
- Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyasi – bu xususiy kapitalni, maqsadli pul fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va ishlatish jarayonidagi tadbirkorlik
- faoliyatini olib borishda yuzaga keladigan pul munosabatlari.
- Tijorat tashkilotlari va korxonalari moliyasining funksiyalari
Do'stlaringiz bilan baham: |