Xlor (IV) oksid – ClO2. O ‘tkir hidli, sarg‘ish-rangli, saqlansa o‘z-o‘zidan portlaydigan gaz (qaynash harorati 110 С , qotish harorati -59°C). ClO2 ga to‘g‘ri keladigan kislota yo‘q. Agar ClO2 suvda eritilsa, xlorit va xlorat kislotalar aralashmasi hosil bo‘ladi:
2ClO2 + H2O = HClO2 + HClO3 Ishqorlar ishtirokida ClO2 ni erishidan xloritlar va xloratlar hosil bo‘ladi:
2ClO2+ 2NaOH= NaClO2 + NaClO3+H2O
ClO2 ni olish uchun natriy xloratga sulfat kislota ishtirokida oltingugurt (IV) oksidi ta’sir cttiriladi:
2NaClO3 + SO2 + H2SO4 = 2NaHSO4 + 2ClO2 ClO2 kuchli oksidlovchi bo'lgani uchun gazlamalarni oqartirishda ishlatiladi.
Xlorat kislota parchalanganda CIO2 hosil bo'ladi:
3HClO4= 2ClO2 + H2O+ HClO4 ClO2 — juda kuchli oksidlovchi, masalan, fosforni ortofosfat kislotagacha oksidlaydi:
P + CIO2 + 2H2O = H3PO4 + HCl
NaCIO2 — oqartiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Kiryuvish kukunlariga qo'shiladi. Og'ir metallarning xloritlari urilganda yoki qizdirilganda portlaydi.
Xlorit kislotaga to'g'ri keladigan angidridi Cl2O3 mavjud emas. HClO2 faqat suvdagi eritmalarda mavjud. Bu kislota beqaror va kuchsiz kislotadir (K=5•10-3). Xlor trioksidi — ClO3, Xloroksid xona sharoitida qoramtir qizil rangli suyuqlik ( qaynash harorati 203°C, qotish harorati 3,5°C). Xlor trioksidning bug’ holatda tarkibi ClO3 ligi, suyuq holatda bo'lsa, Cl2O6 ekanligi aniqlangan. Xlor trioksid olish uchun past haroratda CIO2 ga ozon yuboriladi:
2ClO2 + 2O2 = 2CIO3 + 2O2 Xlor trioksidning suvda crishidan xlorat va perxlorat kislota hosil bo'ladi:
Cl2O6 + H2O= HClO4 + HClO3 CIO3 portlaydi: 4CIO3 = 2ClO3 + Cl3 + 4O2 Xlor(V) oksid olinmagan. Bu oksidga to'g'ri keladigan kislota xlorat kislota ham erkin holda olinmagan. Lekin xlorat kislota suvdagi eritmada 40 % gacha konsentratsiyada mavjuddir. Xlorat kislota kuchli kislotalar qatoriga kiradi. Uning 1 n eritmasi uchun dissotsilanish darajasi 79% hisoblanadi. 50% dan ortiq konsentratsiyali HClO3 o‘z-o‘zidan portlaydi.
Xlorat kislota uning tuzlariga kuchli kislotalar ta’sir ettirib olinadi:
Ba(ClO3)2 + H2SO4 = BaS04 + 2HClO3 Xlorat kislota tuzlari rangsiz, qattiq moddalar, xona haroratida barqaror va suvda yaxshi eriydi. Uning tuzlaridan KClO3 bertole tuzi katalizator ishtirokida(MnO2) kislorod hosil qilib parchalanadi:
2KClO3 = 2KCl + 3O2 Agar bertole tuzi katalizatorsiz qizdirilganda parchalansa perxlorat kislota tuzlari va kaliy xlorid hosil qiladi:
4KClO3 = 3KClO4 + KCl
Xloratlarni olish uchun 60—70°C da ishqorlar eritmasiga gaz holatdagi xlor yuboriladi:
3Cl2 + 6KOH = КClO3 + 5KCl + 3H2O
KClO3 past haroratda suvda yomon erigani uchun eritmani sovitish orqali oson KCl dan ajratiladi.
KClO3 rangsiz yaltiroq tuz, uning suyuqlanish harorati 258°C ga teng. 0°C da 100 g suvda 3,3 g KClO3 eriydi, 100°C da boisa 100 g suvda 56,2 g KClO3 eriydi.
Gugurt ishlab chiqarish, Bengal olovi va portlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi.
Bertole tuziga oltingugurt aralashtirilib chinni havonchada aralashtirilsa kuchsiz portlash ro‘y beradi:
3S + 2KClO3---------------->2KCl + 3SO2 Kushsiz portlash bertole tuziga fosfor va ko‘mir qo‘shilganda ham ro‘y beradi:
6P + 5KClO3 = 3P2O5 + 5KCl
3C + 2KClO3= 3CO2 + 2KCl
Shakarni juda sekin bertole tuzi bilan aralashtirib va bir tomchi konsentrlangan sulfat kislota qo‘shilsa, yorug' alanga berib yonadi:
C12H22O11 + 8КClO3 = 12CO2 + 8KCl + 11H2O
Ana shunda hosil bo‘lgan olov Bengal olovi deyiladi.
Xlor (VII) oksidi — Cl2O7 toza holda moysimon rangsiz suyuqlik( qaynash harorati 830C). Qattiq chayqatilsa yoki 120°C gacha qizdirilsa portlaydi ( Cl2O7 suvda eriganida perxlorat kislota hosil bo'ladi:
Cl2O7+H2O=2HClO4 Perxlorat kislota rangsiz suyuqlik (suyuqlanish harorati -102°C) oz-ozidan portlash xosassiga ega. Eng kuchli kislotalardan (K= 109 ) biridir. KCIO4 ga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirilib olinadi:
KClO4+H2SO4=KHSO4+HClO4 Xlor (VII) oksidini olish uchun perxlorat kislotaga fosfor (V) oksidi ta’sir ettiriladi:
P2O5 + 6HClO4 = 2H3PO4 + 3Cl2O7 Perxloratlar portlovchi moddalar olishda ishlatiladi va ayniqsa raketa texnikasida keng qo‘llaniladi.
Xlorning kislorodli kislotalari qatorida chapdan o‘ngga kislota kuchi, barqarorlik va xlor atomlarining oksidlanish darajasi ortadi. Bu birikmalarning barchasida markaziy atom sp3 gibridlangan:
O’ngdan chapga qarab bo’lsa oksidlovchilik xossalari ortib boradi. Gipoxloritlar qanday muhitda oksidlovchi:
NaClO + 2KJ + H2O = J2 + NaCl +2KOH
Xlorallarning oksidlovchilik xossasi ko‘proq qattiq holda kuchliroq ko'rinadi:
KClO3 + 3MnO2 + 6KOH = KCl + 3K2MnO4 + 3H2O