Mavzu: Xizmat xatlarining turlari va ularni rasmiylashtirish tartibi. Da’vo xati va da’vo arizasi. Kafolat xatlari Bajardi


Da’vo arizasi hamda uning shakli va mazmuni haqida tushunchalar



Download 21,18 Kb.
bet6/6
Sana09.07.2022
Hajmi21,18 Kb.
#765310
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5258074550616202001

Da’vo arizasi hamda uning shakli va mazmuni haqida tushunchalar
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XOʻJALIK PROSESSUAL KODEKSIDAN:
15-BOB. DA’VO TAQDIM ETISh
112-modda. Da’vo arizasining shakli va mazmuni
Da’vo arizasi xoʻjalik sudiga yozma shaklda beriladi. U da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Da’vo arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan xoʻjalik sudining nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, ularning pochta manzillari;
3) agar da’vo baholanishi lozim boʻlsa, da’voning bahosi;
4) da’vo talablariga asos boʻlgan holatlar;
5) da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) undiriladigan yoki nizolashilayotgan summaning hisob-kitobi;
7) da’vogarning qonun hujjatlarini dalil qilib keltirgan talablari, da’vo bir necha javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa — ularning har biriga qoʻyilgan talablar;
8) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
9) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Da’vo arizasida da’vogarning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
Da’vo arizasida, agar nizoni toʻgʻri hal qilish uchun zarur boʻlsa, boshqa ma’lumotlar ham, shuningdek da’vogarda mavjud iltimosnomalar koʻrsatiladi.
113-modda. Da’vo arizasining va unga ilova qilinadigan hujjatlarning nusxalarini yuborish
Da’vogar da’vo taqdim etganda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga da’vo arizasining va unga ilova qilingan, bu shaxslarda boʻlmagan hujjatlarning nusxalarini yuborishi shart.
114-modda. Da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Da’vo arizasiga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini (agar da’vogarning manfaatlarini koʻzlab adliya organlari, prokuratura organlari hamda hududiy savdo-sanoat palatalari sudga ariza bilan murojjat qilsa, u holda davlat boji undirilmaydi);
2) da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari yuborilganligini;
3) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
4) da’vo talablariga asos boʻlgan holatlarni.
Agar da’vo arizasi da’vogarning vakili tomonidan imzolangan boʻlsa, uning da’vo taqdim etishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Shartnoma tuzishga majbur etganlik toʻgʻrisidagi arizaga shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
115-modda. Bir nechta da’vo talabini birlashtirish va ajratish
Da’vogar oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha talabni bitta da’vo arizasida birlashtirishga haqli.
Xoʻjalik sudi ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir necha ishni bitta ish yuritishga birlashtirishga haqli.
Xoʻjalik sudi bir yoki bir necha birlashtirilgan talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli.
Xoʻjalik sudi ishlarni birlashtirish va talablarni alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. – Toshkent, 2000.
2. Mahmudov N. va bosh. Ish yuritish asoslari. – Toshkent: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
3. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2015.
4. To‘xliyev N. Ish yuritish. – Toshkent, 2017.
5.www.lex.uz sayti


Download 21,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish