Mavzu: Xiva xonligida davlat boshqaruv tizimi,kengash faoliyati va ijtimoiy-iqtisodiy hayot Kirish I. Xiva xonligi tarixining mahalliy tarixchilar va xorijlik olimlar tomonidan tomonidan o‘rganilishi,davlat boshqaruv tizimini va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti Mahalliy tarixchilar asarlari xonlikning manbasi sifatida.
Xiva xonligi tarixiga oid xorij olimlarining asarlari.
Xiva xonligida davlat boshqaruvi.
.Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
II. Xiva xonligi tarixining Sovet va Mustaqillik yillaridao‘rganilishi Xonlik tarixining sovet tadqiqotchilari tomonidan o`rganilishi.
Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag`ishlangan asarlar tahlili.
Xulosa. Ilova
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Kirish
Mustaqillik yillarida mavzuning yoritilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoliga oid asosiy ma'lumotlarni chuqur o‘rganish, yangicha qarash va yondashuvlarni umumlashtirish imkoniyati vujudga keldi.
Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr 20-30 yillari tarixshunosligini o‘rganishning dolzarbligi shu bilan belgilanadiki, bunday tadqiqot vatan olimlari tomonidan muammoni o‘rganishning manbalarini aniqlash, sovet va xorij tarixchilari tomonidan uni o‘rganish bosqichlarini tavsiflash, XXI asrda Xiva xonligini o‘rganish tarixining dolzarb yo‘nalishlarini ta’riflashga imkon beradi. Shunday qilib, XIX – XXI asrning boshlarida ushbu muammoni kompleks tadqiq etish va qayta baholash tahlillarning yangi yo‘nalishlarini belgilab, mustaqil O‘zbekiston davlatchiligining ko‘p jildli tarixini yaratish maqsadlariga xizmat qiladi.
Xiva tarixi manbalarini o‘rganishda xorijlik sharqshunos olimYu.Bregel tadqiqotlari muhim o‘rin egallaydi.Tadqiqotchi Ogahiylarning “Firdavs ul- iqbol” asarining tanqidiy matni nashr qilingan. Asarning so‘z boshisida mavzu tarixshunosligi berilgan bo‘lib,muallif asarning qay darajada o‘rganilganligiga asosiy e'tiborini qaratgan15. Ushbu asarning ingliz tiliga tarjima qilinishi xori Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va harakatlarga oid O.Qo‘shjonov va N. Polvonov monografiyasining birinchi bobida Xiva xonligi tarixining so‘nggi davri manbashunosligi va tarixshunosligi xususida so‘z yuritilgan24.
XIX – XX asr boshlaridagi Xiva xonligining tarixiga oid ma'lumotlar nomzodlik dissertatsiyalarida ham keng o‘rin olgan. Jumladan,O. Masalieva tadqiqotida e'tiborini Xiva xonligi tarixining XX asr xorijiy tarixshunosligida o‘rganilishiga qaratsa25, U.A. Abdurasulov tadqiqotida Xiva xonligidagi yer munosabatlari masalalarining o‘rganilish darajasi ilmiy tahlil etilgan.