Mavzu: Xiva xonligida davlat boshqaruv tizimi,kengash faoliyati va ijtimoiy-iqtisodiy hayot Kirish


Xonlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot.Yer egaligi



Download 177,74 Kb.
bet4/8
Sana13.05.2022
Hajmi177,74 Kb.
#603089
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5434110231988672578

1.4 Xonlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot.Yer egaligi. Dehqonchilik va chorvachilik. Butun Oʻrta Osiyo hududida
Boʻlgani kabi Xiva xonligida ham yer egaligining quyidagi shakllari
Hukmronlik qilgan: davlatga qarashli yerlar yoki podsholik yerlari; xususiy
Shaxslarga qarashli yerlar; diniy muassasalarga qarashli yerlar, yoki vaqf
Yerlari.
Podsholik yerlari bevosita davlatga, xonga tegishli boʻlib, avloddan
Avlodga meros boʻlib oʻtgan. Davlat yerlariga doimiy sugʻoriladigan ekinbop
Yerlardan tashqari tashlandiq yerlar, qumlik, adirlar va yaylovlar, koʻl va
Toʻqayzorlar ham kirgan. Davlat yerlari bosib olingan hududlar, xonga qarshi
Mulkdorlarning musodara qilingan yerlari, yangi yerlarning oʻzlashtirilishi
Hisobiga ham kengayib borgan. Davlat yerlari xon tomonidan mulkdorlarga va
İjarachi dehqonlarga, bevatan (yersizlar)larga foydalanish uchun boʻlib
Berilgan.
Bunday yerlardan davlatga olingan hosilning 40-50 foizigacha mahsulot
Yoki pul koʻrinishida soliq undirilgan. Davlat yerlari xonlik xazinasining
Asosiy manbai hisoblangan. Xon oʻziga xolis xizmat qilgan amaldorlarga,
Yaqin qarindoshlariga, sodiq xizmat qilgan navkarlarga va dindorlarga
Davlat yerlaridan in’om qilib bergan. Bunday yerlar soliqlardan ozod
Etilgan.
Xususiy (mulk) yerlar
Xonning shaxsan oʻziga, uning yaqin
Qarindoshlariga, yirik boylarga, saroy amaldorlariga, harbiylarga va boshqa
Zodagonlarga tegishli yerlar boʻlgan. Xonlikning suvga yaqin boʻlgan oʻtroq
Markaziy tumanlaridagi unumdor va serhosil yerlarning asosiy qismi
Mulkdorlar qoʻlida edi. XIХ asr birinchi yarmiga oid ma’lumotlarga koʻra,
Mulk egalariga tegishli yerlar xonlikdagi barcha sugʻoriladigan yerlarning
Yarmidan koʻprogʻini tashkil etgan. Manbalarning ma’lumot berishicha, ayrim
Mulkdorlar ixtiyorida ikki-uch ming tanobdan oʻnlab ming tanobgacha yer
Boʻlgan. Misol uchun, Pitnak, Xazorasi va Shoʻroxon shaharlari hamda ularga
Tutash boʻlgan qishloqlar amir ul-umaroga tegishli boʻlgan.
Muhammadaminxon oʻgʻli Abdulla toʻraga 20 ming tanobdan ortiq yerni in’om
Qilgan va hokazo.
Vaqf yerlariga diniy muassasalarga, masjid, madrasa, qabriston,
Xonaqolarga qarashli yer-mulklar kirgan. Bu mulklar diniy muassasalarga
Xon, amaldorlar va ayrim shaxslar tomonidan vaqf qilib berilgan. Bunday
Yerlardan kelgan daromad diniy muassasalar ehtiyoji uchun sarf etilgan.
Ma’lumotlarga koʻra, (A. Boltayev) ХIХ asr oʻrtalarida xonlikdagi vaqf
Mulkining umumiy hajmi 170-175 ming tanobni tashkil etgan.
Xiva xonligidagi kam yerli va umuman yersiz, ot-ulovsiz dehqonlar
Koʻpchilikni tashkil etgan boʻlib, ular davlat, mulk hamda vaqf yerlarida
İjaraga ishlaganlar. Ijaradorlar ijaraga olgan yer miqdoriga qarab davlatga soliq toʻlaganlar. Ular kimning yerida xizmat qilishlariga qarab bevatan, koranda va vaqfkor degan qatlamlarga boʻlingan. Davlat yerlarini ijaraga olgan yersiz va kamquvvat dehqonlar bevatanlar, mulk yerlaridagi ijarakorlar koranda, vaqf yerlari ijarakorlari esa vaqfkor deb atalgan. Dehqonchilik va chorvachilik Xiva xonligi iqtisodiy hayotining asoslaridan hisoblangan. Dehqonchilikda Amudaryo quyi oqimidan olingan koʻplab kanallar va ariqlar muhim oʻrin egallagan. Ta’kidlash lozimki, Xiva xonligida suv manbalarining yetarli boʻlishiga qaramasdan, dehqonchilik taraqqiyoti qoʻshni Buxoro xonligidagidek yuksak darajada rivoj topmagan edi. Xonlikda donli ekinlardan bugʻdoy yetishtirish nisbatan keng rivojlangan boʻlib, bugʻdoy Pitnakdan Shohabbozgacha boʻlgan hududlarda ayniqsa koʻp eqilgan. Sugʻoriladigan yerlarga bugʻdoyning saranchi navi koʻp yetishtirilgan. Bugʻdoy yigʻib olingan dalalarga qovun, tarvuz, mosh, joʻxori kabi ekinlar ekilgan. Paxta yetishtirish asosan Gurlan, Yangi Urganch, Xiva, Xonqa, Shohabbozda rivojlangan. Paxta chigitidan yogʻ olinib, tolasi mahalliy hunarmandlar ehtiyoji va tashqi bozorga chiqarilgan. Suv koʻp talab qilmaydigan (Hazorasp, Qoʻngʻirot, Toshhovuz, Ilonli, Gʻazovat, Mangʻit va Gurlan) kunjut, noʻxat, mosh, arpa va boshqa ekinlar ekilgan. Sabzovot – poliz ekinlari koʻplab yetishtirilgan. Xorazm qovunlari qoʻshni hududlarda ham mashhur boʻlgan. Bogʻdorchilik ham ancha taraqqiy etgan. Ammo, ipakchilik kam miqdorda rivojlangan. Xonlikning oʻtroq dehqonchilik tumanlarida chorvachilik yaxshi rivoj topmagan. Vohalarida yirik hayvonlar dehqonchilikda (yer haydash, hosilni yanchish, suv chiqarish va boshq.) foydalanish, goʻsht va sut mahsuloti uchungina boqilgan. Xonlik aholising goʻshtga boʻlgan talabini koʻchmanchi turkman va qozoq qabilalari qondirganlar. Koʻchmanchilar qoʻy, yilqi, tuya yetishtirib aholining goʻsht, sut, teri, jun bilan toʻla ta’minlab turgan. Soliq siyosati. Xova xonligida qoʻshni davlatlarda boʻlgani kabi xiroj, zakot, boj, jiz’ya kabi soliqlar mavjud boʻlgan. Muhammad Rahimxon I amalga oshirgan iqtisodiy islohot tufayli xonlikdagi soliq siyosatiga oʻzgartirishlar kiritiladi. Xususan, ilgari mahsulot koʻrinishida yigʻib olinadigan xiroj oʻrniga pul soligʻi solgʻit (solgʻut) joriy etildi. Bunga koʻra, 10 tanobdan ortiq yeri boʻlganlar yiliga 3 tillo (54 tanga), 5-10 tanob yeri boʻlganlar 2 tillo (36 tanga), 5 tanobgacha yeri boʻlgan dehqonlar 1 tillo (18 tanga) miqdorda soliq toʻlaganlar. 15 tanobgacha yerni ijaraga olgan ijarakorlar yiliga davlat xazinasiga 34 tanga, 10 tanobgacha yerni ijaraga olganlar 22.6 tanga, 5 tanobgacha yerni ijaraga olganlar 11.3 tanga miqdorda soliq toʻlaganlar. Ijarakor dehqonlar davlat xazinasiga soliq toʻlashdan tashqari, ijaraga yer bergan xoʻjayinga pul yoki mahsulot bilan haq toʻlashi yoxud ishlab berishi lozim boʻlgan. Xonlikdagi yarim oʻtroq va chorvador aholi ham davlat xazinasiga belgilangan miqdorda xiroj va zakot toʻlaganlar. XIX asr boshlaridan boshlab ulardagi xiroj soligʻi soliq kesma deb atala boshlagan. Bunga koʻra, qoraqalpoqlar va qoʻngʻirotlilar ekin maydoni va hosil miqdoridan qat’iy nazar davlat xazinasiga har yili 24.5 ming kichik tillo miqdorida soliq toʻlab turganlar. Qoraqalpoqlar va qozoqlardagi yersiz va ot-ulovsiz dehqonlar, xon, uning qarindoshlari va saroy amaldorlarining shaxsiy yerlarida ijarakor boʻlsalar hosilning har 4 yoki 5 botmoni hisobidan ikki botmon miqdorida davlat xazinasiga soliq toʻlaganlar. Chorvador aholi xon xazinasiga zakot soligʻi toʻlagan. ХIХ asr boshlariga qadar bu soliq natura koʻrinishida, 40 bosh chorva hisobidan bir bosh undirilgan boʻlsa, keyingi davrlarda zakotni undirishga oʻtilgan. Endilikda chorvadorlar yirik chorva uchun 40 bosh chorvadan 5 tillo, mayda chorvaning har 40 boshiga 10 abbos (10 abbos – 25 kumush tanga) miqdorida soliq toʻlaganlar. Yuqoridagilardan tashqari xonlikning barcha oʻtroq, yarim oʻtroq va koʻchmanchi aholisi qazuv, begor, qochuv, otlanuv, boj puli, miltiq soligʻi, ulov tutuv, qoʻnalgʻa, chopar puli, tarozi haqi, mirobona, darvozabon, mir tuman haqi, afanak ruli kabi qoʻshimcha toʻlov hamda majburiyatlarni ham bajarganlar. Ular orasida eng ogʻiri qazuv, qochuv va begor boʻlib, bu davlat qurilishi, ariqlarni va daryodagi dambalarni ta’mirlash, qal’a, saroy, shahar devorlari, yoʻl va koʻpriklar qurilishi hamda ta’mirlanishi uchun har yili 12 kun bepul ishlab berish majburiyati boʻlgan.



Download 177,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish