Mavzu: Xitridiyasimonlar sinfining umumiy xarakteristika kо‘payish usullari, miksoxitridiy, mikoxitridiy
REJA;
Xitridiyasimonlar sinfining umumiy xarakteristikasi
Ularning ko`payish usullari
Miksoxitridiyalar
Mikoxitridiyalar
Bu zamburug'larning tallomi ko'pincha bir hujayrali, ayrimlari hujayra qobig'isiz yoki kuchsiz rivojlangan mitseliyga ega; jinssiz ko'payganda orqa tomonida joylashgan, bitta qamchinsimon xivchinli zoospora hosil qiladi; jinsiy ko'payish gametagamiya yoki xologamiya; hujayra qobig'ida xitin va glyukan hosil bo'ladi. Uning yashash tarzi suv muhitiga bog'liq bo'lib, ozroq qismi suvdagi o'simlik va hayvon qoldiqlarida saprofit holda, ko'pchilik qismi esa suvo'tlari, suvdagi yuksak o'simliklarda, umurtqasiz hayvonlarda va quruqlikdagi yuksak o'simliklarning ildizida parazit holda hayot kechiradi. Ushbu sinf vakillari ichida hayvonlarning xitin qoplamini substrat sifatida ishlatib hayot kechiruvchilari ham bor. Parazit holda yashovchi vakillarining ko'pchiligi tirik organizmlarning hujayrasi ichida shilimshiqlarning plazmodiysi singari joylashgan bo'lib, butun yuzasi bilan oziqa moddalarni so'rib oladi (osmotrof oziqlanish).
Jinssiz ko‘payishi odatda zoosporalar yordamida amalga oshadi. Jinssiz ko‘payish turli usullar bilan am alga oshishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, k o ‘pchilik turlarida jinsiy ko'payish aniqlanmagan yoki to`la isbotlanmagan. Bu zamburuglarda izogamiya, geterogam iya va oogamiya hamda gametangiylarni qo'shilishi va xatto samotogamiya ham ro ‘y beradi.
1.Rasm; Synchytrium endobiotikumning ko`payishi (kartoshka raki)
Xitridiyamitsetlar sinfini ikita qabilaga bulish mumkin: 1) Miksoxitridiyalar (Myxochytridiales); 2) Mikoxitridiyalar (Mycocnytridiales). Birinchi tartib vakillarida vegetativ tana ozik beradigan usimlik xujayrasi ichidan joy olgan yalangoch protoplazma massasi kurinishida buladi va mitselliy xosil kilmaydi. Ikkinchi tartib vakillarining tanasi pust bilan uralgan bulib, murtak xolda buladigan mitselliy paydo kiladi.
Miksoxitridiyalar tartibiga vakil kilib, Olpidium (Olpidium ) ni olish mumkin. Olpidium turlaridan— Olpidium brassicae — kupincha karam kuchatida uchraydi va ildiz buynini zararlab, uning korayishiga va kurib kolishiga sabab buladi. Bu kasallik „ildiz korayishi“ deb ataladi. Zararlangan joydagi xujayralarda bir yadroli yalangoch parazit tanalarini kursa buladi. Keyinchalik bu tanalar pust bilan uralib, sporangiylarga aylanadi. Sporangiylar usib, tashkariga chikib tushdigan uzun buyincha xosil kiladi, va u buynchalardan talaygina bir xivchinli zoosporalarni tashkariga chikaradi. Bu turda kalin pustli sistalar xam xosil bulishi maʼlum. Bu sistalar, aftidan jinsiy yul bilan yuzaga kelsa kerak, chunki yoshligida yadrosi ikkitadan buladi.
Boshka miksoxitridiyalar ichida, sinxitrium –(Cynchytrium ) avlodi hammadan katta aham iyatga ega. Uning eng muhim vakili kartoshkada , rak kasalligini vujudga keltiradigan S.endobioticum dir. Bu kasallik G`arbiy Yevropa bilan Amerikada keng tarkalgan bulib, bizda uchramaydi xamda karantin muassasalari tomonidan kattik nazorat kilib turiladi. Kasallik kartoshka tuganaklarida dumbok-dumbok usmalar paydo bulishidan iborat, parazitning sistalari usha usmalarning hujayralarida joylashgan buladi. Zararlangan kartoshka tuganaklari tez irib ketadi, shunga kura kartoshka xosilining anchagina kismi dalada nobud buladi.
Miksoxitridiyalarning birmuncha kattarok boshka gruppasiga rizofidium (Rhizophidium ) vakil bula oladi. Bu avlodning Rhizophidium pollinis degan bir turi kupincha karagayning suvga tushgan changida usadi. Uning bir xivchinli zoosporasi chang ustiga utirib oladi va shu yerda (pust) bilan uralib, chang ichiga shoxlangan rizoidlar kurinishidagi juda ingichka usimtalar yozadi. Ularni garchi uz yadrosi xali bulmasa xam murtak xolidagi mitselliy deb karash mumkin. Avvalgi zoospora chang xisobiga oziklanib kattalashadi va bir kancha zoosporalar bilan sporangiyga aylanadi Shu tartibning polifagus (Plyphagus euglenae) degan boshka vakili evglenalarda parazitlik kiladi
201-guruh talabasi Rustamov Sanjar
Do'stlaringiz bilan baham: |