Mavzu: Xavotirlanish: kelib chiqish sabablari simptomlari va profilaktikasi Bajardi



Download 41,33 Kb.
bet3/9
Sana04.02.2022
Hajmi41,33 Kb.
#429108
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (Mamitaliyeva)

Ishning tuzilishi: Mazkur kurs ishi ikki bob, xulosa adabiyotlar ro’yxati kabi qismlardan iborat.

I-BOB. PSIXOLOGIYADA XAVOTIRLANISH MASALALARINI
YORITILISHI
1.1. Xavotirlanish psixologik fenomen sifatida
Shaxsdagi xavotirlanish va qo’rquv holatlari orqali insonda turli xil hissiy kechinmalar namoyon bo’lishi mumkin, hamda bu holat shaxs psixik salomatligi va kamolotiga ta’sir etadi. Bu boradagi g’oyalar sharq allomalari tomonidan ham ilgari surilgan bo’lib, shaxsning hissiy-kechinmalari, xavotirlanish va qo’rquv kabi tuyg’ularning namoyon bo’lishi holatlari haqidagi fikrlarini o’z asarlarida bayon etganlar.
Psixik holat sifatidagi havotirlanish tushunchasi ko’p qirralidir. Shu sababli turli tadqiqotchilar xavotir tushunchasini turli ma’noda qo’llaydilar. Ko’pincha xavotir termini noxush, ichki emotsional tusdagi holatdir. Bu holat zo’riqish, bezovtalik, g’amginlikni his qilish kabi fiziologik jihatdan avtonom nerv sistemasining faollashuvi sifatida tavsiflanadi. Xavotirlanish holati inson muayyan qo’zg’atuvchini xavf, tazyiq, ziyon elementlari sifatida idrok qilish natijasida kelib chiqadi. Insonda xavotirlik holatini vujudga keltirishi mumkin bo’lgan stress darajasi o’z intensivligi bo’yicha o’zgarib boradi.
Shaxs xislati sifatidagi shaxsiy xavotirlanish qanchalik tez-tez va intensiv tarzda yuzaga kelishiga qarab aniqlanishi mumkin. Xavotirlanish holati yorqin ifodalangan shaxs atrofimizni o’rab turgan dunyoni xavf-xatar, qo’rqinch va tahlika tariqasida idrok qilishga moyil bo’ladi. Aksariyat chet ellik psixolog olimlar xavotirlanishga shaxs holati sifatida qaraganlar va shu mazmunda bir qator nazariyalarni yaratganlar.
Filips, Marlin va Mayers o’z tadqiqotlari natijasida xavotirlanish stressning turli shakllari natijasida hosil bo’lishi mumkin degan fikrga keldilar. Filips va uning ham
fikrlarining ta’kidlashlaricha, emotsional holatga xavotirlanish bilan shaxsning nisbatan barqaror xislati sifatidagi havotirlanish o’rtasida konseptual farq mavjud. Bunday fikrni Kettel va Shreyer ham o’z tadqiqotlarida aniqlab bergan edilar. Hozirgi davrgacha muammoning ushbu tomoniga yanada ko’proq e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu muammo I.G.Serazan ishlarida ham markaziy o’rinlaridan birini egallaydi. Bekning ta’kidlashicha, xavotirlanish holati psixofiziologik buzilishlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Demak, ko’pchilik tadqiqotchilar aynan stress xavotirlanish holatini yuzaga keltiradi deb hisoblaydilar. Bundan tashqari xavotir va boshqa emotsional holatlarning faollashuvida kognitiv omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ba’zi tadqiqotchilar xavotirlanish turli tuman tarkibiy qismlardan tuzilgan murakkab jarayon deb qaraydilar.

Xavotirlanishni shaxs xususiyati va holati sifatida ajratish uni jarayon sifatida tushunishni talab qiladi. Ushbu yondashuvga binoan xavotirlanish kognitiv, effektiv va xulq-atvor reaksiyalarini izchilligi bo’lib, ular stressning turli shakllari ta’siri natijasida faollashadi. Xavfni kognitiv baholash xavotirlanish holatini vujudga kelishiga olib keladi yoki bu holat intensivligi darajasini oshirib yuboradi. Shunday qilib xavotirlanish holati umumiy xavotirlanish jarayoni tarkibiga kiradi.


Vujudga kelgan xavotirlanish stress vaziyatlarni baholash jarayoni bilan kechadi. Vaziyatni baholash esa stress kechimalarini yumshatish imkonini beruvchi muayyan mexanizmlarni tanlashga yordam beradi. Shuningdek, u xavotirlanishni hosil qiluvchi shaxsda vaziyat chegarasidan tashqariga chiqish, undan qochish mexanizmlarini faollashtiradi.
Agar stressdan qochish yoki uni bartaraf etish imkoni mavjud bo’lmasa xavotirlanishni kamaytirish vazifasini bajaruvchi psixologik himoya mexanizmlari ishga tushadi. Bu mexanizmning tarkibiy qismini yengish, inkor etish tashkil etadi.
Z. Freyd bo’yicha shaxsiy xavotir tushunchasi o’z ichiga tashqi dunyodagi xavfning real vazifasini qamrab oladi. Bu vaziyat shaxs tomonidan tahlika xavf- hatardek idrok etiladi. Xavfni idrok etish esa, emotsional reaksiya hosil qiladi. Nevrotik xavotir xavf-hatar manbai, tashqi dunyoda emas, balki shaxsning o’zida uning ichki dunyosida mavjud bo’lishi bilan farq qiladi.
V.V. Davidov, Yu.L. Xamil ta’kidlashicha, “xavotirli holat” atamasini biror bir vaziyatda, obyektiv xavf mavjud yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar insonda vaziyatni xavfli, tahlikalidek idrok qilish natijasida yuzaga keluvchi emotsional holatlar yoki reaksiyalar majmuyini aks ettirish uchun qo’lanilishi kerak. Agar inson vaziyatni xavflidek baholasa, unda u xavotir holatining kuchayib borayotganini his qiladi. Bu holat esa salbiy emotsional holat bo’lib zo’riqish xavfsirash, notinchlik hislarini o’z ichiga oladi hamda nerv sistemasining faoliyatini oshishi bilan birga kechadi. Xavotirlanish holatini uning tashkil etuvchi
reaksiyalar xususiyatlari asosida to’laqonli batafsil aniqlanish mumkin.
Xavotirlanish holati ko’proq mehnatning u yoki bu turlariga insoning yaroqliligini muayyan taraflarida ko’rinadigan bir omil hisoblanadi va uni qurshagan atrof voqeliklari tez o’zgaruvchan sharoitlarga moslashishda katta rol o’ynaydi. K. K. Platonov xavotirlanish namoyon bo’lishini turli xavfga emotsional ta’sirining bir shakli sifatida yozadi. G. Shumkov hali Yapon-Rus urushi vaqtida havotirlanish va qo’rqinch tushunchalarini ajratgan edi. “Xavotir- deb ko’rsatadi u, bu ham kutish ammo bizni qiziqtiradigan o’zining oxirida bu yoqimlimi yoki yoqimsiz bo’ladimi, biz uchun ma’lum bo’lmagan, qo’zg’atadigan, hayajonlantiradigan hodisani kuzatilishi sifatida ko’rsatiladi. Xavotirlanish tushunchasining har xil izohlanishiga qaramasdan barcha mualliflar uni o’rganishga diqqatini qaratadi. Xavotirlanish holatini o’rganishda ekstroversiya- introversiya va kuch – asab tiziminig holsizligi singari shaxsning integral tavsifnomasi simptomlariga diqqatni qaratish kerak. Yuqorida keltirilganlardan, shunday xulosa chiqarish mumkinki, xavotirlanish holatini tadqiq etish shaxsni o’rganishda ham muhim jihat hisoblanadi.



Download 41,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish