Xatti Boburiy
Temuriy shahzodalar (Ibrohim bin Shohruh, Boysung`ur Mirzo, Badiuzzamon Mirzo va boshqalar) ham xattotlikka homiylik qilish bilan birga o’zlari bu san’at turi bilan shug`ullangan. Kitobat san’ati bilan bir qatorda binolarning kitobalari, qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda xattot ishlari keng qo’llanilgan.
Munis Xorazmiy xattotlik san’ati haqida “Savodi ta’lim” nomli risola yozdi va Alisher Navoiyning “Xamsa”sini nihoyatda chiroyli xat bilan ko’chirdi. Muqimiy ham juda mayda nasta’liq va shikasta xati uslubida bayoz1 ko’chirgan. Bularning hammasi shuni ko’rsatadiki, (O’rta Osiyoda nafis kitob yaratish texnikasi ixtiro etilmagan bir davrda kotiblikka talab nihoyatda kuchli bo’lgan. Qo’l yozmalarni kitob holiga keltirishda bir necha mutaxassislar ishtirok etganlar. Bu jarayonda qog`ozrez (qog`oz quyuvchi), xattot, (muzahhib (oltin suv bilan bezak beruvchi), lavoh (lavha chizuvchi), musavvir va sahhof (muqovqchi) ishtirok etadi. Shu yo‘sinda tayyorlangan nafis kitoblar shohlar, buyuk olimlar va shoirlar kutubxonalarida saqlanar edi.
O’rta Osiyo ustalari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro ustalari qog`oz ishlashda katta shuhrat qozongan edilar. Ularning qog`ozlari pishiq va silliq edi. Xattot uchun esa ana shunday sifatli qog`ozlar kerak bo’lar edi. Qog`ozlar kustar holda turli usullarda tayorlangan.
Xattotning asar ko’chirish qurollari: “siyoh”, “qamish qalam”, “mistar” (transporant), qalamning uchini chiqarib turish uchun “qalamtarosh”, qamish qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka - “qalam qat”dan iborat bolgan. Qamish qalam xattotning asosiy yozuv quroli hisoblangan. Uni tayyorlash ham alohida san’at talab etilgan. Qamish qalamdan qog`ozga siyoh tommaslik uchun hamda qalamda doim etarli darajada siyoh bo’lishi uchun siyohdon (dovot) ga tolguncha ipak los solingan. Siyohga bo’ktirilgan ipak loslar qalamning yetarli miqdorda siyoh bilan ta’minlanishiga yordam beradi.
Xattotlar texnik vazifalardan tashqari. o’z yozuv uslublarini ham ishlab chiqishga intilganlar. Masalan, XII asrdan boshlab xattotlar hayotida ko‘fiy xati uslubi keng o’rin oldi. Bu uslub asosida arab yozuvining quyidagi olti xil asosiy uslublari maydonga keladi:
1. Suls xati - bu xatning to’rt bahrasi tekis, ikki bahrasi yumaloq shaklda yoziladi.
Suls xati. Suls xati - bir narsaning uchdan bir hissasi yoki uchinchi hissasi demakdir. Ibn Bavvob birinchi bo`lib suls xati harflarining shaklini nuqta o`lchovlariga asoslagan va suls xatining grafik asoslarini ixtiro etgan.
2. Nasx xati - bu xatning ixtirochisi mashhur xattot Ibn Muqla’ hisoblanadi.
Bu xat yuzaga chiqib, shuhrat qozongandan keyin boshqa xatlarning barchasi ishlatishdan qoldirildi. Ilmiy adabiyot va qo`lyozmalarda ko`p uchraydigan g`ubor xati nasx xatining mayda qalamda yozilishidir. Matnlar raqamlarga o`xshab juda mayda qilib yozilgani uchun g`ubor deb aytilgan. G`ubor xatining ixtirochisi - Said Qosim.
Do'stlaringiz bilan baham: |