SHu nuqtai nazardan ishlab chiqarish korxonalari asosiy faoliyati bo’yicha xarajatlarni guruhlashni quyidagi chizma orqali ko’rgazmali bayon etish mumkin: Korxonalarning asosiy faoliyati mahsulot ishlab chiqarishdan iborat bo’lganligi tufayli, birinchi navbatda, shu ishlab chiqarishdagi xarajatlar tarkibi va ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqish lozim. Ishlab chiqarish xarajatlari deb mahsulotni tayyorlash uchun jonli va moddiylashtirilgan mehnat sarflarining pul shaklidagi ifodasiga aytiladi.

Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari
Ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan uchta asosiy xarajat elementini ajratish mumkin:
To’g’ri material xarajatlari
To’g’ri mehnat xarajatlari
Ustama ishlab chiqarish xarajatlari
To’g’ri material xarajatlari
To’g’ri material xarajatlariga ishlab chiqarilgan konkret mahsulotgacha kuzatish mumkin bo’lgan material xarajatlar kiritiladi. Ko’pchilik hollarda bu asosiy materiallar bo’yicha xarajatlardir. Asosiy materiallar deb bevosita konkret mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan moddiy ishlab chiqarish xarajatlariga aytiladi. Masalan, stol ishlab chiqarish uchun ishlatilgan yog’och yoki taxta asosiy material deb tasniflanadi. Turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlaydigan uskunalarni ta’mirlash uchun ishlatilgan materiallar esa yordamchi materiallar deb tasniflanadi.
To’g’ri mehnat xarajatlari
To’g’ri (asosiy) mehnat xarajatlari tarkibiga konkret ishlab chiqarilgan mahsulot uchun hisoblanishi mumkin bo’lgan asosiy ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi xarajatlari kiradi. Bunga misol tariqasida ko’ylakni tikkan chevarning yoki mahsulotni yig’ishda ishtirok etgan yig’uv tsexi ishchisining ish haqini keltirish mumkin. Bunga qarama-qarshi holda ombor xodimi yoki xizmat ko’rsatuvchi boshqa bir shtatdagi xodimning ish haqini alohida mahsulot tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri olib borib bo’lmaydi. Bunday ish haqi xarajatlari ham yordamchi materiallar kabi ustama ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida hisobga olinadi.