Mavzu: Xalqaro valyuta fondini isloh qilishning yo’nalish va istiqbollari.
Mundarija Kirish……………………………………………………………………………….. 3 I.BOB. Xalqaro valyuta siyosati. 1.1.Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimining mohiyati va tarkibi…………………………………………………………………………………5
1.2.Xalqaro valyuta-kredit tizimining rivojlanish bosqichlari………………………..13
1.3.Xalqaro valyuta-kursining turlari…………………………………………………28
II.Xalqaro valyuta kredit tizimi va moliya bozorlari. 2.1.Yevropa valyuta-kredit tizimi…………………………………………………....36
2.2.Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari………………………………………40
Xulosa…………………………………….…………………………………………..47 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………...49
Kirish Mustaqillik yillari davrida respublikamiz iqtisodiyotida katta tuzilmaviy o'zgarishlar ro'y berib, mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan rivojlangan, sanoati va qishloq xo'jaligi eksportga yo’naltirilgan davlatga aylandi. O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida jahonga tanilgan birinchi kunidanoq tashqi iqtisodiy aloqalarga katta e'tibor berib kelindi. Hech bir davlat tashqi iqtisodiy aloqalarsiz mukammal rivojlana olmaydi. Shu sababli xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, qo'shma korxonalarni barpo etish va iqtisodiyotga chet el sarmoyalarini jalb etish uchun O’zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo'yildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi "Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida"gi PF-2564 raqamli Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 24 martdagi "Bank tizimini isloh qilishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi 104-raqamli qaroriga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalar ko'lami o'sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar mustaqil sub’ektlar sifatida tashqi iqtisodiy aloqalarga kira oladigan bo'ldi. Bunday sharoitda tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish masalalari, ayniqsa Xalqaro valyuta-kredit, milliy va xorijiy valyutalar ayirboshlanishi bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari - bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko'pchilik omillar ta'sirida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari murakkablashib bordi va zamonaviy sharoitda o'zining o'ta barqarorsizligi bilan xususiyatlidir. Bugungi kunda davlat va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valyuta bozori, undagi valyuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu sababli xorijiy valyutalar bilan bog’liq jahon tajribasini o'rganish O’zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanib borayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning birinchi kunidanoq ushbu masala Respublika Prezidenti va Hukumatining diqqat e'tiborida bo'ldi. Dastlab O’zbekiston Respublikasi milliy pul birligi "so'm"ni muomalaga kiritish va hozirgi kun orasidagi davr mobaynida respublikada valyuta tizimini barpo etish, uni rivojlantirish bilan bog’liq bir talay ishlar amalga oshirildi. Natijada Respublikamizda valyuta birjasi shakllandi va u valyutalar oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalarni muvafaqqiyatli amalga oshirib bormoqda. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga asta-sekin integratsiyalashuvi, Xalqaro Valyuta Fondi hamda Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish Bankiga a'zo bo'lib kirishi jahonning valyuta, kredit, qimmatli qog’ozlar hamda oltin bozorlarida o'zini tutishning umumqabul qilingan zamonaviy kodeksini bilishni talab etadi. "Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari" kursida ushbu munosabatlarning iqtisodiy kategoriyalari, rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari va tashkil etish shakllari o'rganiladi.